O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,71 Mb.
bet196/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Geografik tarqalishi. Aholi yashaydigan joylarda, yo‘l yoqalarida, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida, suv bo‘ylarida va ekinzorlarda begona o‘t sifatida o‘sadi. Ayniqsa, Rossiyaning YEvropa qismida (shimoliy tumanlardan tashqari), Moldova, Ukraina, Belorus respublikalarida, Kavkaz, o‘arbiy Sibir, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda ko‘p bo‘ladi.
Mahsulot asosan Ukraina, Moldova, Krasnodar o‘lkasi, Rossiyaning YEvropa qismida tayyorlanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot achchiq shuvoqning ayrim yer ustki qismi va ayrim ildizoldi barglaridan iborat.
YEr ustki qismi butun yoki qisman maydalangan, bo‘yi 25 sm dan uzun va yo‘g‘on poyalar bo‘lmagan, serbargli va gulli poyalar uchidan tashkil topgan. Poyalari bir oz qirrali, yuqori tomoni mayda, diametri 2,5—4 mm li sharsimon savatchali shoxchalardan iborat murakkab va yoyiq ro‘vak bilan tamomlanadi. Savatchalar pastga qarab osilgan, bitta yoki ikkitadan lansetsimon qoplovchi barglar qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan bo‘lib, cherepitsasimon joylashgan, ustki tomoni sertukli chiziqsimon o‘rama barglar bilan qoplangan. Gullari mayda, savatcha chetidagilari naychasimon, bir jinsli (onalik gullar), o‘rtadagilari — voronkasimon, ikki jinsli. Yuqoridagi guloldi barglari bandsiz, cho‘ziqsimon, tekis qirrali, pastkilari uch bo‘lakli, ba’zan ikki-uch marta patsimon ajralgan. Mahsulotda gul hosil qilmaydigan serbargli poyalar bo‘lishi mumkin.
Poyalari yashil-kulrang, barglari — yuqoridan kulrang-yashil, pastki tomoni kumushsimon-kulrang, gullari sariq rangli bo‘lib, kuchli, o‘ziga xos yoqimli hid va xushbo‘y achchiq mazaga ega.
Barglari uzun bandli, uchburchak-dumaloq shaklli, ikki-uch marta patsimon ajralgan yoki bandsiz uch bo‘lakli va patsimon ajralgan. Barg bo‘lakchalari ipsimon-cho‘ziq shaklli, o‘tmas uchli, tekis qirrali, uzunligi 10 sm gacha bo‘lib, ikki tomonidan tuklar bilan qoplangan.
Barglarining yuqori tomoni — kulrang-yashil, pastki tomoni kumushsimon-kulrang bo‘lib, kuchli o‘ziga xos xushbo‘y hid va achchiq mazaga ega.
Mahsulotning achchiqlik ko‘rsatkichi 1 : 10000 ga teng.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 13%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3% (barglar uchun 4%, qoraygan qismlar 3%, diametri 3 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poyalar (er ustki qismi uchun) 3%, teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik bo‘laklar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10%, teshigining diametri 0,5 mm (qirqilgan barglar uchun) yoki 0,310 mm (qirqilgan yer ustki qismi uchun) elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 10%, organik aralashmalar 2% (barglar uchun 1%) va mineral aralashmalar 1,5% (barglar uchun 1%) dan ortiq hamda 70% li spirtda erib ajralib chiqadigan ekstraktiv moddalar miqdori 20% (barglar uchun 25%) dan kam bo‘lmasligi kerak. Mahsulotga oddiy shuvoq — Artemisia vulgaris L. o‘simligining qismlari aralashmasligi lozim. Bu o‘simlikning barglari faqat pastki tomoni kumush, ustki tomoni to‘q yashil, quritilgandan so‘ng esa qora rangda bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish