Geografik tarqalishi. Uzun tolali zig‘ir Ukraina, Belorus, Rossiyaning YEvropa qismi Markaziy va o‘arbiy viloyatlarida, sershox zig‘ir esa janubiy tumanlarda, o‘arbiy Sibir va SHimoliy Kavkaz hamda O‘rta Osiyoda o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yassi, tuxumsimon urug‘dan iborat. Urug‘ning bir uchi ingichka, ikkinchi tomoni esa enli va yumaloq, usti silliq, yaltiroq va sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Agar urug‘ning ustki ko‘rinishi yaltiroq bo‘lmasa, u pishmagan — sifatsiz hisoblanadi. Mahsulot hidsiz, shilliq, yog‘ga o‘xshagan mazali bo‘lib, suvga solganda usti shilliqlanadi va suv tagiga cho‘kadi.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 6%, o‘simlikning boshqa qismlari (ko‘sakcha, meva bo‘lakchalari, meva bandi ezilgan mevalar) 1% dan, organik aralashmalar 2% dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |