Mahsulot tayyorlash. Arpabodiyon o‘simligini urug‘larini pishib yetilish davri uzoq cho‘ziladi (avgust-oktabr). SHuning uchun birinchi urug‘ yig‘ish qo‘lda, tanlab olib boriladi. Ikkinchi galgi urug‘ yig‘ish mexanizatsiya yordamida o‘tkaziladi, poyalarning yuqori qismlari mexanizm yordamida yoki qo‘lda o‘riladi.
So‘ng bog‘-bog‘ qilib, xirmonga to‘planadi. Urug‘ni quritish va yetiltirish 1—1,5 hafta davom etadi. Undan keyin g‘alla yanchadigan mashinada urug‘lar yanchiladi, g‘alvirlarda tozalanadi. Urug‘ni saqlash muddati 3 yil. Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilsa sug‘oriladigan yerlarga ekilgan arpabodiyonning har gektaridan 10—15 sentner urug‘ yig‘ib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |