O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

м
н

gacha 
bo‘lganda ishlatiladi. 
U-simon 
qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta‘sirida trubalarning uzayishidagi 
kompensastiyani truba qurilmalarining o‘zi bajaradi. 
24.3-rasm. Temperatura yuqori bo‘lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi 
qobiq-trubali isitkichlar: 
a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali. 
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi qurilmalar stilindrsimon qobiq ichida 
joylashgan spiralsimon zmeevikdan iborat. Bunda zmeevik asosan 25-75 mm li trubalardan 
tayyorlanadi. Zmeevik trubalaridan gaz yoki bug‘ harakatlanadi (24.3- rasm). 
24.4- rasm. Zmeevikli isitkich 
Suyuqlik bilan to‘ldirilgan idishning hajmi katta bo‘lgani va idish ichidagi suyuqlikning 
tezligi juda kichik bo‘lgani uchun zmeevikning tashqi devori tomonidagi bug‘ bilan suyuqlik orasida 
issiqlik berish koeffistienti ham kichik bo‘ladi. Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning 
tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga o‘xshash idish joylashtiriladi. 
Agar issiqlik tashuvchinig miqdori katta bo‘lsa, bir necha parallel sekstiyalardan iborat 
bo‘lgan zmeeviklar o‘rnatiladi. Sekstiyalar bunday parallel ulanganda, muhitning tezligi va harakat 
yo‘li kamayishi natijasida qurilmaning gidravlik qarshiligi ham kam bo‘ladi. Bu qurilmalarda 
isitilayotgan suyuqlik asosan kichik tezlikda harakatlanganligi sababli zmeevik devoridan issiqlik 
erkin konvekstiya usulida o‘tkaziladi. Ularning kamchiligi shundaki, issiqlik almashinish yuzasi va 
issiqlik berish koeffistienti nisbatan kichik, lekin ularni ta‘mirlash oson.
"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmai. Bu turdagi qurilmalar bir-biri 
bilan konstentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashqil topgan. Bularda isitilayotgan yoki 
sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo‘shliqdan esa yuzani 
ifloslantirmaydigan issiqlik tashuvchi yuboriladi.
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchilarnig sarfi kam bo‘lganda ham 
ishlaydi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni tayyorlash oson. Kamchiligi: issiqlik 
almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri 
bilan kalach va patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha sekstiyali qilib 
tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi 24.4 - rasmda 
keltirilgan bo‘lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3 va birlashtiruvchi patrubka 4 dan 
iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar).


83 
Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalar yupqa metall listlardan 
tayyorlangan bir necha qator parallel gofrirlangan plastinalardan tuzilgan. Plastinalar orasida hosil 
qilingan kanallar ikki guruxga bo‘linadi: Birinchi gurux kanallardan issiqlik tashuvchi, ikkinchisidan 
esa issiqlik qabul qiluvchi agent harakat qiladi. Plastinalar qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas plitalar 
orasida vintlar yordamida siqiladi. Ushbu qurilmaning afzallik tomoni shundaki, plastina yupqa (d=1-
1,5mm) listdan tayyorlanganligi, oqimlar tezligining kattaligi sababli issiqlik o‘tkazish koeffistienti 
katta qiymatga ega.
24.5- rasm. «Truba ichida truba» tipidagi isitkich: 
I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - ichki truba; 2 - tashqi truba; 3 - kalach; 4 - 
birlashtiruvchi patrubka. 
Nazorat savollari: 
1.Issiqlik almashinish qurilmalari turlari 
2.Trubali isitkichlarning afzalliklari 
3.Truba ichida truba tipidagi isitkichlarning ishlash prinsipi 
25-MAVZU. ISSIQLIK ALMAShINISh QURILMALARI VA KONDENSATORLARINI 
TANLASh 
Reja: 
25.1. Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash prinsipi va tuzilishi 
25.2. Kondensatorlar 
25.3.Qurilmalarni tanlash 
25.4.Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 
Gorizontal issiqlik almashinish qurilmalarida ushbu segment to‗siqlar truba o‗rami uchun 
oraliq tayanchlar vazifasini ham bajaradi. Odatda gorizontal qurilmalar ko‗p yo‗lli qilib yasaladi va 
ularda suyuqliklar tezligi yuqori bo‗ladi. Bunday qilishdan maqsad, temperatura va zichliklar farqi 
ostida suyuqliklarning qatlamlarga ajralib, hamda harakatsiz zonalar hosil qilmasligini ta‘minlashdir. 
25.1-rasm. Ko‗p yo‗lli issiqlik almashinish 
qurilmasi (truba bo‗shligi bo‗yicha). 
1-qobiq; 2-isituvchi truba; 3-qopqoq; 4-to‗siq. 
25.2-rasm. Ko‗p yo‗lli issiqlik almashinish 
qurilmasi (trubalararo bo‗shliq bo‗yicha). 
1-qobiq; 2-to‗siq; 3-isituvchi truba; 4-
qopqoq. 


84 
Agar, issiqlik almashinish qurilmasi qo‗zg‗almas teshik panjara tuzilishi, qobiq va trubalar 
temperaturala rining o‗rtacha farqi 50°S dan katta bo‗lsa, qobiq va trubalar uzayishi har xil bo‗ladi. 
Bu hol o‗z navbatida teshikli panjarada katta kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar 
zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yo‗l qo‗yib bo‗lmaydigan issiqlik eltkichlar aralashishiga 
olib keladi. Shuning uchun, temperaturalar farqi katta bo‗lganda, temperatura ta‘sirida uzayini 
kompensatsiya qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstruksiyalari qo‗llaniladi. 
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar 
temperatura farqi katta bo‗lganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformatsiyasini 
bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo bo‗shliqlari bosimlar R 

6

106 N/m2 
bo‗lganda ishlatiladi (25.1-rasm). 
Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalar qobig‗iga payvandlab qo‗yiladi va u 
elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. 
Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar ko‗p joy egallamaydi. 
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda bitta teshikli truba 
panjarasi bo‗lib, U-simon trubaning ikkala uchi unga mahkamlanadi. Shuni alohida aytish kerakki, 
trubalarning o‗zi kompensatsiyalovchi moslama funksiyasini bajaradi (25.3-rasm). Qurilma tuzilishi 
sodda va trubalarning tashqi yuzasini tozalash oson. Undan tashqari, ikki va undan ortiq yo‗lli 
bo‗lgani uchun issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo‗ladi. Trubalarning ichki yuzasini tozalash 
qiyin va teshikli panjarada ko‗p miqdorda trubalar joylashtirish murakkab. 
Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashini qurilmasi. Truba va qobiqning katta siljishini 
ta‘minlash zarur bo‗lgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan 
foydalaniladi (25.4-rasm). 
Qurilmaning pastki teshikli truba panjarasi harakatchan bo‗lganligi uchun butun trubalar 
o‗rami qo‗zg‗almas qobig‗ga nisbatan mustaqil, erkin harakat qila oladi. Bu esa havfli bo‗lgan 
trubalar temperatura deformatsiyasi, ularning teshikli panjara bilan zichlanishining buzilishi oldini 
olish imkoniyatini beradi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, temperatura ta‘sirida uzayishi 
kompensatsiya qilish, qurilmani murakkablashishi va og‗irlashishi hisobiga erishiladi. 
25.3-rasm. Temperatura kuchlanishlarini 
kompensatsiya qiluvchi issiqlik almashinish 
qurilmalarining tuzilishi. 
A - linza kompensatorli: 1 - qobiq; 2-isituvchi 
truba; 3- linzali kompensator. 
B - U-simon trubali: 1- qopqoq; 2-qobiq; 3-U-
simon isituvchi trubalar. 
25.4-rasm. Harakatchan qalpoqchali issiqlik 
almashinish qurilmasi. 
1 - qobiq; 2 - isituvchi trubalar; 
3 - harakatchan qalpoqcha. 
Qo‗shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Qurilmaning bir tomonida ikkita teshikli 
truba panjarasi o‗rnatilgan bo‗ladi (25.5-rasm). 
Teshikli panjara 1 da kichik diametrli ikkala uchi ochiq trubalar o‗rami 2 mahkamlansa, 
panjara 3 da esa, katta diametrli chap uchi yopiq trubalar mahkamlanadi. Ichki truba tashqi trubaning 
o‗rtasida joylashishi shart. Muhitlardan biri I qurilmaning ichki 2 va tashqi 4 trubalari hosil qilgan 
halqasimon bo‗shliq orqali harakatlanib, truba 2 orqali trubalararo bo‗shliqdan chiqarib yuboriladi. 


85 
Ikkinchi muhit II esa, yuqoridan pastga qarab qurilmaning trubalararo bo‗shlig‗idan harakat qiladi va 
truba 4 ning tashqi yuzasini yuvib chiqib ketadi. 
Bunday qurilmalarda temperatura ta‘sirida trubalar bir-biridan bevosita istalgan miqdorda 
uzayishi mumkin. 
25.5-rasm. Qo‗shaloq trubali qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasi. 1, 3-teshikli 
panjara; 2-ichki truba; 4-tashqi truba. 
Qo‗shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: sodda, trubalararo 
bo‗shliqda yuqori bosimlarni qo‗llash mumkin va qarama-qarshi yo‗nalishli qobiq-trubali qurilmaga 
o‗xshab ishlaydi. 
Kamchiliklari: oddiy qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasiga nisbatan o‗lchami katta va 
narxi qimmat. 
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari suyuqlik va kondensatsiyalanayotgan bug‗ 
orasida issiqlik almashinish uchun qo‗llaniladi. Odatda suyuq faza trubalar ichiga yo‗naltiriladi, bug‗ 
esa - trubalararo bo‗shliqqa. 
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: ixcham, metall sarfi kam, U-
simon trubali qurilmadan tashqari hamma qurilmalardagi trubalar ichini tozalash nisbatan oson. 
Kamchiliklari: issiqlik eltkichlar tezligini oshirish murakkab (ko‗p yo‗lli qurilmalardan 
tashqari); trubalararo bo‗shliqni tozalash qiyin; trubalararo bo‗shliqni kuzatish va ta‘mirlash uchun 
imkoniyatlar chegaranlangan; razvalsovka va payvandlashga moyil bo‗lmagan materiallardan, bu 
turdagi qurilmalarni yasash murakkab. 
―Truba ichida truba‖ tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi bir nechta elementlardan tarkib 
topgan bo‗ladi (25.6-rasm). 
25.6-rasm. ―Truba ichida truba‖ tipidagi ajralmas, bir oqimli issiqlik almashinish qurilmasi. 1-
tashqi truba; 2-ichki truba; 3-kalach; 4-patrubka. I, II – issiqlik eltkichlar. 
Har bir element katta diametrli tashqi truba 1 (odatda 25...159 mm) va konsentrik 
joylashtirilgan ichki truba 2 (odatda 57...219 mm) lardan tashkil topgan. Sovuqlik eltkich I truba 
ichida harakatlansa, issiqlik eltkich II trubalararo bo‗shliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki 
trubaning devori orqali amalga oshadi. 
Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo bo‗shlig‗ida yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) 
erishsa bo‗ladi. Agar, katta yuzalar zarur bo‗lsa, bir necha seksiyalardan batareya hosil qilish oson va 
mumkin. 
Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik- suyuqlik», «suyuqlik-bug‗» 
sistemalarida issiqlik almashinish uchun qo‗llaniladi. 


86 
―Truba ichida truba‖ issiqlik almashinish qurilmaning afzalliklari: tuzilishi va yasalishi sodda; 
suyuqliklar tezliklari katta bo‗lgani uchun issiqlik o‗tkazish koeffisienti yuqori. 
Kamchiliklari: qo‗pol; metall sarfi ko‗p, trubalararo bo‗shliqni tozalash qiyin. 
Ajraluvchan konstruksiyali ―truba ichida truba‖ tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarida, 
temperatura ortishi bilan tashqi trubalarga bog‗liq bo‗lmagan holda, ichki trubalar uzayishi mumkin 
(25.6a,v-rasm). Kurilmaning konstruksiyasi issiqlik almashinish trubalarining ichki yuzasini ifloslik 
va quyqalardan muntazam ravishda mexanik tozalab turish imkonini beradi. Undan tashqari, bu 
qurilmalarda trubalarni almashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ularni yechib olish oson va 
tashqi yuzasini tozalash mumkin. 
Ko‗p oqimli issiqlik almashinish qurilmalaridagi (25.6 b-rasm) taqsimlash kamerasi 1 
oqimlarni truba 6 larga bo‗lib beradi. Truba-qobiq 4 va truba 2 larning teshikli panjarasi orasida 
taqsimlash kamerasi 3 joylashgan. Ushbu kamera trubalararo bo‗shliqda harakatlanayotgan muhit 
uchun mo‗ljallangan. Ko‗p oqimli qurilmalarning ichki va tashqi trubalari ikkita yo‗lli bo‗ladi. 
Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning harakat tezligi qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda 
ancha yuqori. Shu sababli issiqlik o‗tkazish koeffisienti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta 
bo‗ladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo‗nalishda harakat 
qilishini tashkil etish oson. 
25.4.Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 
Issiqlik almashinish qurilmalarining konstruksiyasini tanlashda quyidagilarni inobatga olish 
kerak: qurilma texnologik jarayonga mos bo‗lishi zarur; yuqori samarali, tejamkor va ishlash paytida 
ishonchli, hamda metall sarfi kam bo‗lishi zarur; ishchi muhitlarda qurilma materiali yemirilishga 
bardoshli bo‗lish kerak. 
Issiqlik eltkichlar qurilma orqali katta tezlikda o‗tsa, issiqlik o‗tkazish koeffisientining yuqori 
qiymatlariga erishsa bo‗ladi. Bunday yuqori qiymatlarni olish uchun issiqlik almashinish yuzasi toza 
bo‗lishi kerak. 
Agar, suyuqliklar birortasining tezligi oshirilsa, ikkinchi suyuqlik tomonidagi issiqlik berish 
koeffisienti ko‗payadi. Lekin, issiqlik o‗tkazish koeffisientining sezilarli darajada ko‗payishi uchun 
devor va undagi iflosliklarning termik qarshiligi kichik bo‗lishi kerak. Masalan, agar trubalararo 
bo‗shliqdagi issiqlik berish koeffisienti trubalar bo‗shlig‗inikidan juda past bo‗lsa, trubalar ichida 
oqayotgan suyuqlik tezligining o‗sishi issiqlik o‗tkazish koeffisientiga uncha ta‘sir qilmaydi. Bu 
holda trubalararo bo‗shliqdagi issiqlik berish koeffisientini oshirish zarur, ya‘ni u yerga segment 
to‗siqlar o‗rnatish maqsadga muvofiqdir. 
Qaysi muhitni truba ichiga, qaysi birini trubalararo bo‗shliqqa yo‗naltirish muammosini hal 
etishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
-yuqori issiqlik o‗tkazish koeffisientiga erishish uchun issiqlik berish koeffisienti kichik 
bo‗lgan muhitni truba ichiga yo‗naltirish zarur; 
-kimyoviy faol, korrozion muhitlarni truba ichiga yuborish zarur, chunki bunda faqat truba, 
teshikli panjara va qopqoqlar tegishli legirlangan metalldan yasaladi, ya‘ni qobiq, segment to‗siq va 
boshqalar oddiy, uglerodli po‗latdan tayyorlanishi mumkin; 
-atrof muhitga issiqlik yo‗qotilishini kamaytirish uchun temperaturasi yuqori muhitni truba 
ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir; 
-cho‗kma hosil qiladigan muhitlarni trubalar yuzasi oson tozalanadigan bo‗shliqqa 
yo‗naltirish tavsiya etiladi; 
-bosimi yuqori bo‗lgan muhitni truba ichiga yo‗naltirish zarur, chunki qobiqdan ko‗ra trubalar 
bosimni yaxshi ushlaydi. 
Issiqlik almashinish qurilmasining konstruksiyasi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida 
tanlanadi. Bunda, tayyorlash uchun ketgan asosiy (kapital) va yillik ekspluatasion sarflar 
taqqoslanadi. Ayrim hollarda, ekspluatasion sarflar tejalishi hisobiga sarflar tez qoplansa, asosiy 
sarflarni ko‗paytirish ham mumkin. 
Texnologik jarayonlar uchun issiqlik almashinish qurilmasi 
loyihalanayotganida, 
hisoblashning asosiy maqsadi, qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi va gabarit o‗lchamlarini 
aniqlashdir. 


87 
Hisoblash, birinchi navbatda qurilmaning issiqlik balansini tuzishdan boshlanadi. So‗ng, 
issiqlik balansidan uzatilgan issiqlik miqdori topiladi. Masalan, suv bug‗i yordamida biror muhit t
b
dan t
ox
temperaturagacha isitilayotgan bo‗lsa, issiqlik balans ushbu ko‗rinishda yoziladi (25.7-rasm). 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish