Bozorboshi – 1. Bozorning asosiy bosh maydoni., 2. Bozor boshlig`i.
Bozorbon – 1. Bozor qorovuli., 2. Bozor boshlig`i.
Burgut – 1. Yirtqich qush nomi., 2. 10 dollar qiymatga ega Amerika oltin tangasi.
Paronim marketing terminlari mavjud emas, lekin istisno tariqasida quyidagi terminlarni ko`rishimiz mumkin:
Kompaniya yuridik shaxslarning turli iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlashishi.
Kampaniya marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo`naltirilgan izchil va mufassal tuzilgan sxema.
Terminlarda antonimlik hodisasi aynan kuzatilmaydi, lekin istisno tariqasida ayrim terminlarni ko`rishimiz mumkin. Bekvordeyshn - mavjud tovarga belgilangan narx ma`lum muddatga tuzilgan bitimdagi narxdan yuqori, yaqin muddatda yetkazib beriladigan tovarning narxi esa yetkazib berishning uzoq istiqboldagi narxidan yuqori bo`ladigan bir vaziyat. Ushbu terminning antonimi esa kontango terminidir. Qo`shimcha tarzda o`z qatlamga oid quyidagi terminlarni ham ko`rishimiz mumkin: daromad – buromad, sarf, xarajat; foyda – zarar, kirim – chiqim, eksport – import.
Aslini olganda, terminlar monosemantik xususiyatga ega bo`lishi bilan boshqa birliklardan farqlidir. Lekin o`z qatlamga oid ayrim marketing terminlari borki, ularda polisemantik xususiyatlar mavjud. O`zbek tilshunosligida so`z ma`nosining o`zgarishi ma`noning ko`chishi, polisemantik so`zlarning ba`zi ma`nolari orasidagi bog`lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so`zning hosil bo`lishi semantik yoki leksik-semantik yo`l bilan yasash deb yuritiladi. Ma`lumki, tilde so`zlarning ma`nolari har xil usullar bilan ko`chishi mumkin. Chunonchi so`z semantikasidagi o`zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro`y beradi. Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda semantic usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o`ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so`zlarning biror xususiyatini, masalan, shakl o`xshashligini, rang-tusdagi bir xillikni asos qilib olish yo`li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.
Marketing termini onomastik birlikka aylangan bo`lib, “Marketing” – Buyuk Britaniyada nashr qilinuvchi asosiy haftalik gazeta. Professional marketologlar hamda tovarlar va xiamatlar marketing sohasida ishlovchilar uchun mo`ljallangan.
Aqcha – pul so`zining ayrim shevalardagi ko`rinishi. Aqcham tugadi.
"Ko`ki", "qog`oz" – AQSH dollarining o`zbek shevalaridagi varianti. Asosan, metafora usulida ma`no ko`chishi orqali vujudga kelgan, natijada, yangi so`z is`temolga kirgan. Ammo rasmiy hujjatlarda hamda diplomatik munosabatlarda dollar shaklida qo`llanadi.
O`zbek tili marketing terminlarining semantic yoki semantic-sintaktik usul bilan yasalishi sof o`zbekcha yoki o`zbek tilida avvaldan ishlatib kelingan arabcha, fors-tojikcha so`zlarni yangi ma`noda qo`llashdan iborat. O`zbek tilida nashr etilgan darslik va o`quv qo`llanmalarda, terminologik va izohli lug`atlarda n to`plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o`zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar iqtisodiy terminlarga aylanganligining guvohi bo`lamiz. Bu o`rinda mazkur so`zlarning ma`nosi o`zgargan yoki ko`chma ma`noda qo`llanga. O`zbek marketing terminlarining ma`lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo`lganidek, tushunchalarni mantiqan to`g`ri, mazmunan va grammatik jihatdan to`g`ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati katta. To`plangan materiallardan shu narsa ayon bo`ldiki, marketing terminologiyasida butun nomini anglatuvchi terminlarga qaraganda uning qismlarini anglatuvchi terminlar kamroq ekan.
2.2. O`zbek tili marketing terminlarining tarixiy-etimologik manbalari
Qadimgi marketing terminlarining miqdori ancha cheklangan bo`lsa, hozirgi yangi davr, ya`ni bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida marketing terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan beqiyos boyib bormoqda. Tilni o`z qatlamiga mansub so`zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o`rin tutganini, tilning lug`at tarkibi esa xalq nima to`g`risida fikr yuritganini ko`rsatib turadi. Boshqa tillarda bo`lganidek, o`zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli, atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug`aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari boshqa sohalarda bo`lganidek iqtisodiyotda ham yangidan yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi. Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o`ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo`ldi. Demak, marketing terminologiyasi hozirgi holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichni bosib o`tdi:
XX asr boshlarigacha bo`lgan davr: sarmoya, savdogar, baqqol, baqollik, aqcha, attor, bazzoz, rasta, baho, narx, qiymat, foyda, mablag`, mol-mahsulot kabilar.
XX asrning 20-90-yillardagi taraqqiyoti: veksel, kredit, tovar, blanka, kapital, listovka, bank, arenda.
Istiqloldan keyingi davr: market, menejment, biznes, audit, ivestitsiya, bankomat, diler, bonus, brend, trend.
Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit-turk” asarida , Alisher Navoiy hamda Bobur asarlarida ham bir qator terminlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, “Devonu lug`atit-turk” dagi ayrim terminlar hozirda ham iste`molda mavjud: oldi-sotdi, savdo-sotiq kabilar. Ayrimlari esa iste`moldan chiqib, arxaizmlarga aylangan: berg`o – qarz, o`ronch – pora, yomg`a – mollarni saqlovchi va ularni yig`uvchi amaldor, sart – savdogar, terchi, muzd – ish haqi oluvchi, asig` - foyda, alim – olinadigan narsa, alimchi – qarz beruvchi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” dostonida ham savdo-sotiqqa oid bir qator terminlarni uchratish mumkin: tavar – mol, narsa; satiy – savdo-sotiq; sart – savdogar, jarmaq – pul, alim-berim – oldi-berdi; kebit – do`kon; darb – hisob; saqish – hisob-kitob kabilar uchraydi.29
Keltirilgan dalillardan ijtimoiy-siyosiy hayotning, bilish jarayonining xilma-xil sohalariga oid ko`pdan-kop` terminlarning qayd etilgani va ulardan ayrimlarining ham o`sha davrdagi ma`nolari bilan qo`llanayotganligi ayon. Bundan ularning hozirgi kungacha yetib kelishida turli davrlarda tuzilgan lug`atlarning ham ahamiyati beqiyos ekan, degan xulosaga kelish qiyin emas. Marketing terminlari o`z ifodasini topgan lug`atlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin: “Badoyi ul-lug`at”, L. Budagov, V.V. Radlov tomonidan jonli turkiy tillar va lahjalar hamda turkiy yozma yodgorliklar materiallardan foydalanib tuzilgan lug`atlar va boshqalar.
O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning asarlarida umumturkiy marketing terminlar qo`llangan. Aslida, o`z qatlamga oid terminlar faqat turkcha emas, balki, arabcha, forscha terminlarni ham o`z ichiga oladi. Masalan, savdopisha, savdogar, savdogarchilik; sarmoya, mablag`; bay`ona, baho, qiymat, bay puli; manfaat, foyda, daromad; dastmoya, farmoya, naqd pul, naqdina; narx, baho; nafaqa, maosh kabilar.
O`z qatlamga oid terminlarning muhim xususiyati shuki, turkcha, arabcha-forscha terminlardan iborat bo`lishidir. Keyingi davrlarda esa ruscha va inglizcha terminlar kirib kela boshlagani bilan terminologik sinonimiya vujudga kelgan.
Ma`lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o`zbek tiliga rus tilidan yangi terminlar kirib kela boshladi. Bunda siyosiy jarayon muhim rol o`ynadi. Rus tilining o`zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta`siri bu tildan faqat so`zlar olishdangina iborat bo`lmay, lug`at boyligining oshishiga, so`z yasashning ayrim jihatlariga va semantic tizimning kengayishiga ham ta`sir ko`rsatdi.
1950-yillardan marketing terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Fan bilimdonlari va tilshunoslarning sa`y-harakatlari tufayli bo`ldi. 90-yillarda bozor iqtisodiyoti rivojlanib, terminologiyaning takomillashuviga sabab bo`ldi. O`zbekistonning bugungi iqtisodiy hayoti o`sishda davom etmoqda. Prezident Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarga mo`ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da, undan avval joriy etilgan “O`zbek modeli”da iqtisodni siyosatdan ajratish chora-tadbirlarining ko`rilganligi ham har bir jabhaga, shuningdek, marketing sohasi rivojlanishida bosh ekstralingvistik omil sifatida qayd etsak mubolag`a bo`lmaydi.
Tilshunoslar olimlarning tadqiqotlari hozirgi kunda terminning qisqa va lo`nda yaratilish qoidalari ham tuzilganki, u uch jihatni o`z ichiga oladi:
1) termin yagona ma`no bildirishi;
2) sinonimlardan holi bo`lishi;
3) talaffuzi qulay bo`lishi kabilar.
Ushbu qolip asosida terminologiya tartibga keltirilsa va bu lug`atlarda amaliy jihatdan o`z ifodasini topa olsa nur ustiga a`lo nur bo`ladi. Terminlarni tarixiy-etimologik tadqiq qilish ularning qaysi tilga mansubligini, semantik taraqqiyoti va ifoda jihatidagi o`zgarishlarni aniqlash, o`z va o`zlashma qatlamga oid terminlarni farqlash, o`zlashma terminlarning esa davriy ketma-ketligini tuzish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |