Internet manbalari
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
– Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari) kasbi bо‘yicha
Qо‘lda yoyli payvandlash ishlari о‘quv amaliyotining О‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
Elektrogazpayvandlovchi.
|
О‘quv rejadagi tartib raqami:
|
3.1.6
|
Ajratilgan soat:
|
180
|
Toshkent – 2021
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yo`nalishlari bo`yicha o`quv-metodik sining 2021-yil 23-avgustdagi 4 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Elektrgazpayvandlovchi kasbining № F.043.060.0036/B-20 professional standarti hamda Worldskills №10 Payvandlash texnologiyalari kompetensiyasi (Worldskills Standard Specification) talablari о‘quv fani doirasida dasturga kiritilgan.
Tuzuvchi:
|
B.Xaydarov
|
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagogik kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
katta о‘qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
|
|
Abralov M.M.
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti
|
Karimov Q.F.
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti, “Sovutish va kriogen texnikasi” kafedrasi mudiri
|
О‘quv dasturi umumiy talablari.
Dastur nomi
|
Qо‘lda yoyli payvandlash ishlari
|
Ajratilgan soat
|
180
|
Mavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
O’quvchilarning qо‘lda yoyli eriydigan va erimaydigan elektrod bilan payvandlash bо‘yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, xavfsizlik texnikasiga asoslanib ishlarni tashkil qilish va bajarish, uglerodli va legirlangan pо‘latlarni, rangli metall va ularning qotishmalarini, quvurlar, armaturalarni payvandlashga tayyorlash hamda ularni barcha fazoviy holatda (ship holatidan tashqari) payvanlash kо‘nikma
va malakalarini shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Payvandchi ish joyini texnika xavfsizligi va sanitariya gigiyena talablariga asosan tashkil etadi;
payvandlash apparatini elektr tarmog‘iga elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilib ulaydi, uni ishga tushiradi va so’zlaydi;
zagotovkalarni payvandlashga tayyorlaydi;
payvandlash rejimini hisoblaydi va о‘rnatadi;
uglerodli va legirlangan pо‘latlarni uchma-uch, ustma-ust, burchaklar ostida biriktirib har xil fazoviy holat daturli usullar bilan payvandlaydi;
rangli metallar va ularning qotishmalarini uchma-uch, ustma-ust, burchaklar ostida biriktirib har xil fazoviy holatda turli usullar bilan payvandlaydi;
armaturalarni turli xil holatda payvandlaydi;
quvurlarni uchma-uch, har xil diametrdagi va “vrezka” qilib payvandalydi;
chо‘yanlarni sovuq va qizdirib payvandlaydi; 10.ish joyini tartib qoidalarga rioya qilib saqlaydi.
|
Bilimlar
|
Payvandlash apparatini elektr tarmog‘iga ulash qoidalarini, uni ishga tushirish va sozlash tartibi;
kabellarni payvandlash apparati, elektrod tutgichga va o‘zaro ulanishi talablari;
ko‘lda yoyli payvandlash ish joyini tartibga keltirish talablari;
elektrod uchini siljitish texnikasi, og‘ish burchaklari va elektrodni harakatlanish tezligining chok hosil bo‘lishiga ta’siri;
har qanday fazoviy holatida bir tomonlama uchma–uch payvandlashda valikni shakllanish usullari;
payvandlashning har qanday fazoviy holatida tavrli hamda burchakli birikmalarni payvandlash usullari;
payvandlash jarayonini nuqsonsiz davom etish usullari;
uglerodli va konstruksion po‘latlarni barcha fazoviy holatda (ship va vertikal payvandlashda yuqoridan pastga holatdan tashqari) eriydigan va eriymaydigan bilan qo‘lda yoyli payvandlash uslub va usullari;
rangli metal va qotishmalardan tayorlangan detallarni barcha fazoviy holatda (ship holatdan tashqari) eriydigan va eriymaydigan elektrod bilan qo‘lda yoyli payvandlash uslub va
|
|
usullari;
to‘ldiruvchi va qoplama qatlamlarini tayyorlash usullari (o‘tishlar, valiklar);
metallarni yoyyordamida kesish texnikasi va texnologiyasi;
payvandlash ishlaridan so‘ng payvandlash jihozlarini tekshirish talabi.
|
Ko‘nikmalar
|
Payvandlash apparatini elektr tarmog‘iga elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilib ulash, uni ishga tushirish va sozlash;
kabellarni payvandlash apparati, elektrod tutgichga va o‘zaro ulanish talabi darajasida ulash;
mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi, sanitariya gigiyena, yong‘in, portlash va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilib ishdan oldin ish vaqtida va ishdan so‘ng ish joyini tartibga keltirish;
elektrod uchini siljitish texnikasi, og‘ish burchaklarini va elektrodni harakatlanish tezligini boshqarish;
metall yuzasida turli valiklarni hamda har qanday fazoviy holatida bir tomonlama uchma–uch payvandlashda valikni shakllantirish;
payvandlashning har qanday fazoviy holatida tavrli hamda burchakli birikmalarni texnologiyaga asosan eriydigan va eriymaydigan bilan payvandlashni bajarish;
payvandlash jarayonini nuqsonsiz davom etish;
uglerodli va konstruksion po‘latlarni barcha fazoviy holatda (ship holatdan tashqari) eriydigan va eriymaydigan elektrod bilan qo‘lda yoyli payvandlash;
rangli metal va qotishmalardan tayorlangan detallarni barcha fazoviy holatda (ship holatdan tashqari) eriydigan va eriymaydigan elektrod bilan qo‘lda yoyli payvandlash;
to‘ldiruvchi va qoplama qatlamlarini bajarish;
metallarni yoyyordamida kesish texnikasi va texnologiyasiga asosan kesish;
ish joyini tartibga keltirish, jihozlarni nazoratdan o‘tkazish.
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |