О‘quv dasturi umumiy talablari.
Dastur nomi
|
Chilangarlik ishi
|
Ajratilgan soat
|
90
|
Mavzular soni
|
15
|
Dasturning maqsadi
|
О‘quvchilarda payvandlash ishlarini bajarish uchun tayyorgarlik kо‘rishda detallar va zagotovkalarga chilangarlik asboblari bilan ishlov berish, yuzalarni tozalash hamda detallar, qismlar va mexanizmlarni yig‘ib payvandlashga tayyorlash, rezbali, yelimli, parchinli birikmalarni yig‘ish uchun bilim va
ko‘nikmalarini shakllantirish
|
О‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
O‘quvchilar chilangarlik kasbi va ishi turlari, ish joyidagi jihozlar, ish joyini xavfsizlik texnikasiga rioya qilib tashkil etish, chilangarlik ishlarida qo‘llaniladigan ishlov berish va o‘lchash asboblari, detallarga chilangarlik ishlov berish texnologiyasi to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi;
O‘lchash, rejalash, ishlov berish asboblaridan foydalanadi hamda rejalash usullarini bajara oladi;
Metall list, prutok va quvurlarni egish, to‘g‘irlash bo‘yicha ishlarni bajara oladi.
Metallarga kesish va qirqish usullari bilan bo‘laklarga ajratadi.
Metall yuzasi va qirralariga qo‘lda va mexanizasiyalashga asbobda ishlov beradi.
Parmalash ishlarini bajaradi
Rezbani kesadi va rezbali birikma yig‘adi;
Kavsharlash, qoviyalash va yelimlab biriktirish ishlarini bajaradi;
Chilangarlik asboblarini sozlaydi.
|
Bilimlar
|
chilangarlik ishi turlari, mehnat madaniyati, mahsulot sifati, texnika, elektr va yong‘in havfsizligi, sanitariya- gigiyena qoidalari;
o‘lchash asoslari, o‘lchash asboblari, o‘lchash qoidalari;
tekislikda va fazoviy rejalash qoidalari;
metallarni kesish texnologiyasi;
metallarni qirqish texnologiyasi;
metallarni to‘g‘rilash texnologiyasi;
metallarni egish texnologiyasi;
egovlash texnologiyasi;
parmalash texnologiyasi;
parchinlash texnologiyasi;
kavsharlash, qoviyalash va yelimlab biriktirish texnologiyasi;
rezba kesish texnologiyasi;
chilangarlik asboblarini sozlash talablarini.
|
Ko‘nikmalar
|
Chilangarlik ishi turlari, mehnat madaniyati, mahsulot sifati, texnika, elektr va yong‘in havfsizligi, sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya qilib ish joyini tashkil qilish;
o‘lchash asboblaridan foydalanish;
qoidalar bo‘yicha tekislikda va fazoviy rejalash;
texnologiyaga rioya qilib metallarni dastki va mexanizatsiyalashgan asboblar bilan kesish;
texnologiyaga rioya qilib metallarni dastki va mexanizatsiyalashgan asboblar bilan qirqish;
texnologiyaga rioya qilib metallarni to‘g‘irlash;
texnologiyaga rioya qilib metallarni egish;
texnologiyaga rioya qilib metallarni parmalash;
texnologiyaga rioya qilib parchinlash;
texnologiyaga rioya qilib kavsharlash, qoviyalash va yelimlab biriktirish;
texnologiyaga rioya qilib rezba kesish;
chilangarlik asboblarini sozlash.
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |