bet 55/65 Sana 27.01.2022 Hajmi 0,65 Mb. #413111
Bog'liq
3.53.06.01–Payvandlovchi(elektrgazpayvandlovchi)
О‘zlashtirish (о‘qitish) natijalari
Ishlab chiqarish korxona tuzilmasi ishlash rejimi va tartib intizomiga rioya qiladi ;
ishlab chiqarish korxonada xavfsizlik texnikasi, yong‘in va elektr xavsizligiga rioya qiladi;
texnik xujjatlar bilan ishlaydi;
ish vaqtini rejalaydi;
bajariladigan payvandlash ishlari va konstruksiyalarga bo‘lgan talablarni biladi ;
murakkab bо‘lmagan konstruksiyalarni eriydigan va erimaydigan elektrod bilan qо‘lda yoyli payvandlaydi, qoplaydi;
eriydigan elektrod bilan qо‘lda yoyli metallarni kesadi, qoplaydi;
murakkab bо‘lmagan konstruksiyalarni gaz alangasida payvandlaydi va kesadi ;
murakkab bо‘lmagan konstruksiyalarni avtomatik va yarim avtomatik mashinalarida himoya gaz muhitida, kukunli sim va flyus ostida payvandlaydi va qoplaydi;;
payvand choklar va birikmalarni nazorat qiladi;
jamoa bilan ishlay oladi
Bilimlar
Ishlab chiqarish korxona tuzilmasi ishlash rejimi va tartib intizomi ;
ishlab chiqarish korxonada xavfsizlik texnikasi, yong‘in va elektr xavsizligi qoidalari;
ish joyidagi bo‘lgan talab va ishlab chiqarish tartib intizomi;
sex yoki uchastkadagi payvandlash texnologiyasi va usullarini;
ish joyidagi mexanizmlar turi ;
jihozlarning tuzilishini, ishlash prinsipi;
jihozlar nosozligini aniqlash usullari
sex va uchastkalarda bajariladigan payvandlash , kesish va qoplash ishlari hamda konstruksiyalarga bo‘lgan talablarni ;
payvandlashda qo‘llanadigan ilg‘or usullarni;
payvand birikma va choklarni nazorat qilish ishlari;
jamoadagi munosabat va odatlari.
Kо‘nikmalar
Ishlab chiqarish korxonada tartib-intizomga rioya qilish;
Ishlab chiqarish korxonada xavfsizlik texnikasi, yong‘in va elektr xavsizligiga rioya qilish ;
Ish joyidagi bo‘lgan talab va ishlab chiqarish tartib intizomga rioya qilish;
texnik xujjatlar bilan ishlash;
ish vaqtini rejalashtirish;
shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanaolish;
nazorat ostida mexanizmlarni ishlatish (yuk ko‘tarish mexanizmlardan tashqari);
texnologik jarayon talablariga asosan tajribali ishchining nazorati ostida murakkab bo‘lmagan payvandlash, kesish va qoplash ishlarini bajarish;
payvand chok nuqsonlarini tuzatish;
tajribali ishchining nazorati ostida payvandlash, kesish va qoplash ilg‘or usullarni qo‘llash;
metallarni payvandlashga tayyorlash va payvandlangandan so‘ng choklarni tozalash;
nazorat ostida payvand birikma va choklarni nazorat qilish ;
jamoa bo‘lib ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: