ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA HISOB VAZIFALARI
Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilmaydigan obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan kor- xonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo‘ladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to‘rt xil baholanadi: (5-BHMA 11–14-bandlari).
Dastlabki qiymati.
Tiklash qiymati.
Qoldiq qiymati.
Tugatish qiymati.
Obyektlarning dastlabki qiymati – bu asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Bunga to‘langan soliqlar, to‘lovlar, keltirish va montaj qilish, o‘rnatish, foyda- lanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |