O‘zbekiston respublikasi oliy



Download 0,5 Mb.
bet35/204
Sana27.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#412528
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI


  1. Materiallar . . .

    1. O‘z qiymatini to‘laligicha xomashyoga o‘tkazadi

    2. O‘z qiymatini o‘zida saqlab turadi

    3. O‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi

    4. O‘z qiymatini tiklashga sarflaydi

  2. Materiallar nimalarga turkumlanadi?

    1. Xomashyoga

    2. Yordamchi xomashyoga

    3. Xomashyo, asosiy va yordamchi materiallarga

    4. Tayyor mahsulotga

  3. Mol yetkazib beruvchilardan materiallar qaysi hujjatlarga asoslanib kelib tushadi.

    1. Shartnoma, talabnoma

    2. Kirim orderi, chek

    3. Schyot-faktura, yuk xati

    4. Dalolatnoma, chiqim orderi

  4. Materiallar omborda ishlab chiqarishga qaysi hujjatlar asosida chiqariladi?

    1. Reyestr, talabnoma

    2. Yuk xati, chiqim orderi

    3. Kirim orderi, chek

    4. Limit zabor kartasi, topshiriqmona

  5. Mol yetkazib beruvchilardan materiallar, yoqilg‘i sotib olindi va schyotlar akseptlandi. Buxgalteriya provodkasini aniqlang.

A. D-t 4510 K-t 6010

B. D-t 1090 K-t 6010

C. D-t 1010, 1030 K-t 6010

D. D-t 1060, 1010 K-t 6010



  1. Boshqa shaharlarga materiallar tekinga berildi.

A. D-t 9010 K-t 1010

B. D-t 9220 K-t 1010

C. D-t 1090 K-t 1010

D. D-t 4510 K-t 1010



  1. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan material va yoqlig‘i kamomadi moddiy javobgar shaxslar hisobiga yozildi.

A. D-t 4630 K-t 1010, 1030

B. D-t 4210 K-t 1010, 1090

C. D-t 9410 K-t 1010, 1060

D. D-t 9220 K-t 1010, 1040


BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT

1-t o p s h i r i q.

Tovar-moddiy zaxiralarning oy boshiga qoldiq ma’lumotlari


Schyot

Nomi

Summa

1010

Xomashyo va materiallar

54100

1030

Yoqilg‘i

39800

1050

Qurilish materiallari

192560

1020

Yarim tayyor mahsulot va butlovchi qismlar

45810

1080

Inventar va xo‘jalik anjomlari

74300

May oyida xo‘jalikda amalga oshirilgan muomalalar


t.r

Muomalalar mazmuni

Summa

D-t

K-t

1

Mol yetkazib beruvchilardan xomashyo va materiallar olindi


478000







2

Kamolot qurilish tashkilotiga Qorasaroy savdo marka- zidan qurilish materiallari sotib olindi


2800000







3

Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi

300000







4

Qurilish materiallari uchun Qorasaroy savdo markaziga pul o‘tkazildi


2800000







5

Umumxo‘jalik ehtiyoji uchun yoqilg‘i sotib olindi

150000







6

Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyoji uchun xo‘jalik inventarlari va jihozlari berildi


70000







7

Ishlab chiqarish bo‘limida buzilgan mashinani tuzatish uchun ehtiyot qismlar sarflandi


25000







8

Umumxo‘jalik ehtiyoji uchun yoqilg‘i sarflandi

55000







9

Bo‘linma binosini joriy ta’mirlash uchun qurilish mate- riallari sarflandi


250000







10

Asosiy ishlab chiqarishga qurilish materiallari sarflandi

2000000






Quyidagilarni bajarish talab etiladi:



  1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.

  2. 1000 – «Materiallar» schyoti bo‘yicha aylanma va qoldiq summalarni aniqlang.


2-t o p s h i r i q.
Toshkent traktor zavodining 1-sonli bo‘limi omborida 2009-yil aprel oyining boshiga nisbatan mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar


Materiallar nomi

Nomenklatura raqami

O‘lchov birligi

Miqdori

Narxi

Summa

Akkumulator

04101

Dona

60

42600




Rele

04102

Dona

84

14700




Termos

04103

Dona

98

8250




Jami:















Toshkent traktor zavodining 1-sonli sex omborida 2009-yil aprel oyida amalga oshirilgan muomalalar.



t.r

Hujjat nomi

Muomalalar mazmuni

Summa

D-t

K-t

45

Kirim orderi, akt

Akkumulator ishlab chiqarish zavo- didan sex omboriga akkumulator keltirildi, 14 dona*42600 so‘m










46

Kirim orderi, akt

Bazadan bo‘lim omboriga quyidagi materiallar olib kelindi:

  1. Rele 20 dona *14700so‘m

  2. Termos 30 dona*8250 so‘m










51

Yuk xati, limit zabor kartasi

Ombordan ishlab chiqarishga quyidagi materiallar berildi:

a) akkumulator 14*42600

b) rele 60*14700

c) termos 86*8250











Quyidagilarni bajarish talab etiladi:



  1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.

  2. Sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha aylanma va qoldiqlarni aniqlang.
    1. BO‘lIM




ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI




    1. ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI



Asosiy vositalar – deb, o‘zining tabiiy ko‘rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o‘tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi.

Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la- digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo‘ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlarni asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS) asosida tartibga solinadi.



Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi:

      1. Sanoat

      2. Qishloq xo‘jaligi

      3. Transport

      4. Aloqa

      5. Qurilish

      6. Savdo va hokazolar

Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Yer va uni obodonlashtirish

  2. Binolar

  3. Inshootlar

  4. Uzatuvchi moslamalar

  5. Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan:

  1. kuch mashinalari va asbob-uskunalar;

  2. ish mashinalari va asbob-uskunalar;

  1. o‘lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari;

  2. hisoblash texnikasi;

  1. Buxgalteriya hisobi 65

d) boshqa mashina va asbob-uskunalar;

  1. Transport vositalari

  2. Instrumentlar

  3. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari

  4. Xo‘jalik inventarlari

  5. Ish va mahsuldor hayvonlar

  6. Ko‘p yillik o‘simliklar

  7. Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari)

  8. Boshqa asosiy vositalar

Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.

Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.

Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maq- sadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.

Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazi- falarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.

Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.

Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:

  • kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvi- gatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;

  • ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;

  • o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsat- kich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;

  • hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;

  • boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temiryo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.

Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.

Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengil- lashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.

Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.

Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.

Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.

Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.

    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish