BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
Tayyor mahsulot deb qanday mahsulotga aytiladi?
Sotuvga chiqarilgan mahsulot
Davlat standartiga xos mahsulot
Barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor holga keltirilgan davlat stan- dartiga javob beradigan mahsulot
Texnik talablarga javob beradigan mahsulot
Tayyor mahsulotlarning analitik hisobi nechanchi jurnal orderda yuritiladi?
13- jurnal orderda
11- jurnal orderda
14- jurnal orderda
16- jurnal orderda
Korxonaning xo‘jalik mahsulotlarini o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvi qanday shartnomada belgilanadi?
Hamkorlik shartnomasida
Xo‘jalik shartnomasida
Mehnat shartnomasida
Olib-sotish shartnomasida
Tayyor mahsulot nechanchi sonli BHMAga asosan tartibga solinadi?
10-sonli BHMA
4-sonli BHMA
5-sonli BHMA
20-sonli BHMA
Omborda mahsulot harakati hisobvaraqlarda qanday yuritiladi?
Natura ko‘rsatkichlarida
Ulgurji bahosida
Miqdor ko‘rsatkichlarida
Chakana bahosida yuritiladi
Tayyor mahsulotlar analitik hisobi:
10-qaydnomada
16-qaydnomada
12-qaydnomada
11-qaydnomada yuritiladi
Sotish xarajatlari moliyaviy natijalarga o‘tkazilganda qanday provodka beriladi?
A. D 9010 K 2010
B. D 9900 K 9410
C. D 9110 K 2810
D. D 9210 K 2810
Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS hisoblanganda qanday provodka beriladi?
A. D 6410 K 9220
B. D 6410 K 2810
C. D 6410 K 2010
D. D 4010 K 6410
QQS summasi budjetga o‘tkazilib berilganda qanday provodka beriladi?
A. D 4010 K 5110
B. D 6010 K 5110
C. D 5110 K 6410
D. D 6410 K 5110
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakati qaysi qaydnomada yuritiladi?
16-qaydnomada
12- qaydnomada
10- qaydnomada
1- qaydnomada
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT
1- t o p s h i r i q.
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboriga 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar qabul qilindi:
1.3-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan 865 dona sirlangan kastrulka qabul qilindi. Ularning 1 donasining tannarxi 1785 so‘mni tashkil qildi.
2.7-yanvarda 2-sexdan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan 10890 dona metall qoshiq tayyor mahsulotlar omboriga topshirildi. Ularning 1 donasining tannarxi 188 so‘m.
3.14-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan oshxona pichoqlari yig‘indisi 540 komplekt tayyor mahsulotlar omborga topshirildi. 1 ta komplektning tannarxi 1986 so‘mni tashkil qildi.
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboridan 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar xaridorlarga sotildi:
1.10-yanvarda 364-sonli yuk xati asosida 500 dona sirlangan kastryulka
«Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 1865 so‘mdan berildi.
2.10-yanvarda 364 – sonli yuk xati asosida 4500 dona metall qoshiq
«Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 192 so‘mdan berildi.
3. 21-yanvarda 453-sonli yuk xati asosida 320 komplekt oshxona pichoqlari yig‘indisi «Chorsu» universal do‘koniga 2036 so‘mdan berildi.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Hisobot davri davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushishiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Xaridorlarga tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganligiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
2-t o p s h i r i q.
«Bunyod» savdo markaziga «Malika» fabrikasidan quyidagi tovarlar olingan:
1. Katta yumshoq ayiq
|
16 ta
|
8600 so‘m
|
2. Mayda quyonchalar
|
82 ta
|
718 so‘m
|
3. Yumshoq bezakli yostiq
|
38 ta
|
3440 so‘m.
|
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Schyot-faktura / yuk xatini rasmiylashtirish.
Boshlang‘ich ma’lumotlar asosida QQS ni hisoblash.
Xo‘jalik muomalasiga buxgalteriya aloqasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |