O‘zbekiston respublikasi oliy



Download 0,5 Mb.
bet12/204
Sana27.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#412528
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI


  1. Xojalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilishga umumiy rahbarlik kim tomonidan amalga oshiriladi?

    1. Korxona rahbari

    2. Moliya vazirligi

    3. Bosh buxgalter

    4. Ta’sischilar

  2. Hisob yuritish siyosati deb…

    1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobiga aytiladi

    2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotiga aytiladi

    3. Buxgalterya xodimining malaka darajasiga aytiladi

    4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuiga aytiladi

  3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati BHMA ning…

    1. 2-son andoza tamoyillariga

    2. 1-son ando2za tamoyillariga

    3. 4-son andoza tamoyillariga

    4. 7-son andoza tamoyillariga asosan aniqlanishi mumkin.

  4. Korxona buxgalteriya hisobining funksiyalari quyidagilardan iborat:

    1. Nazorat, reja, axborot, tahlil, hisob

    2. Hisobot, nazorat, sotish, xarid qilish

    3. Tahlil, boshqarish, sifat, tekshirish

    4. Axborot, tejash, sotish, hisobdan chiqarish

  5. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi:

    1. 1992-yil 30-avgust

    2. 1997-yil 30-avgust

    3. 1996-yil 30-avgust

    4. 1998-yil 30-avgust

  6. Korxona rahbari nimalarni ta’minlashi shart?

    1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri va aniq yuritilishini

    2. Xom-ashyolarni yetkazib berishni

    3. Hisobotlarni tuzishni

    4. Ishchi-xizmatchilar bilan ta’minlashni

  7. «Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom qachon tasdiqlangan?

    1. 1998-yil 6-fevral

    2. 1999-yil 5-fevral

    3. 1996-yil 6-avgust

    4. 1997-yil 5-avgust

  8. Buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarish tizimi necha darajali:

    1. Uch darajali

    2. To‘rt darajali

    3. Ikki darajali

    4. Besh darajali

  9. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga qaysi omillar ta’sir etadi?

    1. Ta’sischilarning qarori

    2. Korxona rahbarining mablag‘lari

    3. Ishchi va xodimlarning malaka darajasi

    4. Mulkchilik shakli va faoliyat turi

  10. Korxonaning choraklik va yillik moliyaviy hisobotiga kim imzo chekadi?

  1. Bosh buxgalter

  2. Korxona rahbari

  3. Moddiy javobgar shaxs

  4. Bosh buxgalter va korxona rahbari

    1. BO‘LIM




PUL MABLAG‘LARI BILAN HISOBLASHUVLAR VA KREDIT MUOMALALARINING HISOBI




    1. KORXONA KASSASIDAGI PUL MABLAG‘LARINING HISOBGA OLINISHI

Kassa muomalalarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMA- ga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan belgilangan uncha katta bo‘lmagan miqdoridagi qismi naqd pul sifatida kassada saqlanadi.

Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan so‘ng korxona rahbari uni kassa muo- malalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik al- mashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishni tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga o‘tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi. Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan zarur sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi.

Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga

ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.

Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO–1 shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi.

Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. Kvitansiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga qo‘shib qo‘yiladi.

Pulning kassadan berilishi KO–2 shakldagi chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Kassadan pul ish haqi, mukofot, nafaqa, stipendiyalar berilganda «To‘lov vedomosti»da rasmiylashtiriladi. Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.

Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi.

Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo‘yadi hamda oluvchining tilxatini oladi.

Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart.

Korxonaning ro‘yxati tarkibida bo‘lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.

Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chek- tirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha» deb yozib qo‘yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o‘tirmasdan beriladi. To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varag‘iga pul berishga ruxsat haqida yozuv qayd etiladi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko‘rsatiladi.

Agarda xodimlar ushbu pullarni o‘z vaqtida (ya’ni 3 kun ichida), olmasa, ular deponentga o‘tkaziladi.

Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi. Kassa orderiga hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi.

Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi. Kassa jarayonlari kassirning kassa daftarida ro‘yxatga olinadi. Kunning oxirida kassa daftarida pul qoldig‘i hisoblanib, varaqning bir nusxasi dastlabki hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi. Korxona kassasidagi pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, markalar, talonlar bir oyda bir marta yo‘qlama qilish yo‘li bilan ro‘yxatga olinadi. Kassa muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda

aks ettiriladi:


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish