SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo`nalishari.
Bir jinsli sohalar yorug`ligi farqini o`zgartirish.
Halaqitlarni yo`qotish.
Gistogramma ko`rinishini o`zgartirish.
Chegaralarni kuchaytirish.
Shtrixli tasvir uchun kvantlashtirish.
Ko`rinmas chiziqlar va sohalarni yo`qotish algoritmlari.
Ko`rinmas yoqlarni ajratish
Har yoqlari uchun tashqi birlik narmal vektori n berilgan ko`p yoqlikni ko`ramiz. Agar yoqning narmal vektori n va proektsiyalash yo`nalishini beruvchi vektor l o`rtasidagi burchak o`tmas bo`lsa u holda qaralayotgan yoq ko`rinmaydi va ko`rinmas yoq deb ataladi. Agar mos bo`lgan burchak o`tkir bo`lsa u holda qaralayotgan yoq ko`rinadigan yoq deyiladi. Parallel proektsiyalashda burchakka quyiladigan shartni quyidagicha yozish mumkin:
(n,l)=(n1l1+n2l2+n3l3) ≤ 0
(5.2.1)
Ushbu shart bajarilsa yoq ko`rinmas. Yoqning ixtiyoriy R nuqtasini markazi S
nuqtada joylashgan markaziy proektsiyalashning yo`nalish vektori quydagicha topiladi:
L=C-P
Shundan so`ng yoqning ixtiyoriy R nuqtasi uchun shart tekshiriladi.
(n,l)≤ 0.
(5.2.2)
(5.2.3)
5.4-chizma. Ko`rinmas chiziqlarni chiqarib yuborish Robert algaritimi.
Kavrik ko`pburchaklardan tuzilgan obyektning ko`rinmas qirralarinini chiqarib yuborish algoritimi Robert algaritimi bo`ladi. Ushbu algoritimni keltiramiz. Dastlab ikkita aniqlovchi yoqlarni ko`rinmaydigan bo`lgan qirralar chiqarib yuboriladi. Keyingi qadamlarda qolgan qirralar har bir yoqlar bilan yopiqlikka tekshiriladi. Uchta holat mavjud va tekshiriladi:
Yoq qirrani yopmaydi, bu holda qirra chiqarib tashlanmaydi.
Yoq qirrani to`liq yopadi, bu holda qirra qirra chiqarib yuboriladi.
Yoq qirrani qisman yopadi, bu holda qirra bir necha bo`laklarga bo`linadi.
5.5-chizma. Ko`rinmas yoqlarni chiqarib yuborish. Z bufer usuli.
Ko`rinmas chiziq va sirtlarni chiqarib yuborish algoritimlaridan biri bu Z buffer usuli bo`ladi. Bu usul 1 yondoshishga to`g`ri keladi va har bir nuqta bilan ishlaydi. Tasvir tekisligidagi har bir nuqtaga (pikselga) (x,u) rangdan tashqari u xotirada saqlanadi. Dastlab uni (chuqurlik) +∞ teng deb hisoblaymiz. Ixtiyoriy yoqni tasvir tekisligiga tasvirlash uchun uning har bir pikseli uchun Z chuqurligi hisoblanadi. Agar u dastlabki chuqurligidan kichik bo`lsa bu qiymat Z buferi kiritiladi va eski qiymati chiqarilib yuboriladi. Shundan so`ng Z buferidagi piksellar ekranda chiqariladi. Qo`shni piksellarni Z chukurligini hisoblashdi butun qiymati Brezensheyim algoritimidan foydalanish tavsiya etiladi. Aytish joizki Z koordinatsiya qiymati obyektlarning yorug`ligini berishda yoki ularni umuman chiqarib yuborishda keng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |