mashq. O‘qing. Antonim so‘zlarni juftlang va ular ishtirokida gap tuzing.
Yaxshi, urush, xafa, avval, yo‘g‘on, kecha, ilgari, ozg‘in, tinchlik, qora, ingichka, keyin, yolg‘onchi, xursand, dushman, yomon, bugun, hozir, qisqa, oz, keng, yer, kun, qari, semiz, rostgo‘y, uzun, ko‘p, tun, yosh, tor, osmon, do‘st, oq.
mashq. Katakchalarni to‘ldirib leksik birlikning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turini yozing.
Leksik birlik
|
Ma’nodoshi
|
Zid ma’nodoshi
|
Shakldoshi
(necha turkumda)
|
Paronimi
|
Variantdoshi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
mashq. O‘qing. Gaplar tarkibida qo‘llangan paronim so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang.
1. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e’zozlab kelgan. (I.Karimov) 2. Naql qilishlaricha, bir yigit yov qo‘liga asir tushadi. (Ch.A.) 3.Vertolyot Ola Mo‘nguning oq qorli, ko‘k muzli dovonidan oshib o‘tib, bulutlar ortida ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandan keyin ham Akbar yana anchagacha o‘ziga kelolmay, qalt- qalt titrab turdi. (Ch.A.) 4.1409-yilda Durbek o‘zining «Yusuf va Zulayho» dostonini tugatadi va alohida devon sifatida turkiy xalqlar orasida tarqalib ketadi. (M.Shoxonov) 5. Ot egar-abzali og‘ib, oyoqqa turdi. (Ch. A.) 6. Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal. (O.) 7.Ona quyosh dastlab qaldirg‘och qanotiga o‘xshab ko‘rinadi-da, zum o‘tmay tog‘ning yassi cho‘qqisida qip-qizil mis tovoqday tovlanib, vohaga ajib bir zar to‘kadi. (T.Murod) 8. – Ana endi, quyoshda mazza qilib, toblanib yotamiz. (T.Murod) 9. Onamiz qalb amri bilan paxtakorlarga yordam bergich onaxon bo‘lib surat tushar bo‘ldi. (T.Murod). 10. Buxoro amiri dorga torttirgan ziyo ahli orasida Shoakbar Zunnuniy ismli zotning buyuk salohiyat egasi bo‘lgani haqid atarix kitoblarida bir qancha satrgina bor. (T.Malik) 11. O‘n yildan beri kichik ilmiy xodimlikdan bir enlik ham siljimabdi. (T.Malik) 12. – Bundan ellik yil burun Jazoirda yashar, davra ko‘rgan, erka, bedard edim. (O.Muxtor). 13. Zelixon sof ko‘ngilda to‘yona bergan bo‘lsa-da, gaplaridagi ohangda biroz manmanlik, minnat sezilgan edi. (T.Malik) 14.Oqpodsho qamchi sopini Ibodin soqov peshonasiga nuqilaydi. (T.Murod) 15. – Ollohdan qo‘rqinglar, bunday bema’ni urushga bel bog‘lashdan tiyilinglar. (T.Malik) 16. Loy urish
oson, loy olib berish qiyin. (T.Murod) 17. Asar bugungi kitobxonni ham hayajonga solishi, hayot va muhabbat degan sehrli narsa haqida o‘ylashga undashiga umid qilaman. (O‘.H.) 18.Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi. (M.Hamrayev). 19. Derazamning ro‘parasida bir tup daraxt yaproqlari oltin tusda sarg‘ayibdi. (X.D.) 20.Yana bir payt tanbur chalganimdan keyin, yana og‘zini qulog‘im tubiga keltirib: -Endi bas qilsang ham bo‘ladi,-dedi. (S.Ayniy)
Do'stlaringiz bilan baham: |