mashq. O‘qing. Quyidagi gaplar tarkibidan shevaga xos so‘zlarni aniqlang.
1. Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo‘layotganini anglay оlmay sеrrayib turdi. (E.S.) 2. Sen opang Jumagulning tob o‘zisan...(J.Sh.) 3. – Ot jo‘q ekan-da, - dedi sherigi afsuslanib. – Jaxshi otdan ham qiymat bo‘ladi. Jur, ol, chig‘ayiq. (P.Q.) 4.Oldindagi moshin qayoqqa yursa, biz ham ashaqqa yurovramiz. Aqqa-baqqa qaramasdan yurishasanlar, deb buyurishgan. (T.Malik) 5. Bundaychikin polvonni yana qaytib davraga yonoshtirmaslik kerak. (T.Murod) 6. Yigit bilmas edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, katta chiroyli ko‘zlarini javdiratib: - Nevlay, - dedi.(M.I.) 7. Dim yaxshi, men ham jiyanim Bahodirni sog‘ingan edim.(J.Sh.) 8. Bizning Tarlonga go‘balak doridi.(T.Murod) 9.Hamza og‘a, karvich yetmayapti, - dedi maktab binosini qurayotgan ustalardan biri. (J.Sh.)
Do'stlaringiz bilan baham: |