mashq. O‘qing. Quyidagi gaplar orasidan sinonim so‘zlarni topib, sinonimik qatorni hosil qiling.
1. Bu ulkan lashkarning xatti-harakatlari go‘yo bulutdagidek aniq bir qoidaga bo‘ysunardi. (A.Ekzyuperi.) 2. Shimoliy qutbdagi yagona fonusni yoqishi lozim bo‘lgan charog‘bon bilan uning Janubiy qutbdagi hamkasbiga hammadan ham mazza edi. (A.Ekzyuperi.) 3. U fonusini yoqqan paytda go‘yo yana bir yulduz chaqnagandek, yoki yana bir gul ochilgandek bo‘ladi. (A.Ekzyuperi.) 4. Bir marhamat qiling, quyosh botsin, deb farmon bering. (A.Ekzyuperi.) 5. Kechalari osmonga boqasanu men yashaydigan, mening kulgim yangrayotgan
yulduzlarning barchasi jilmayib kulayotganini ko‘rasan. (A.Ekzyuperi.) 6. Agar sen meni qo‘lga o‘rgatsang, qorong‘I turmushimga nur kirardi. (A.Ekzyuperi.) 7. Bir lahzadan keyin ko‘z o‘ngidagi narsalar tag‘in siyrak tumanlik ichida yo‘qoldi-yu, yana alahlay boshladi. (O‘.H.)
Do'stlaringiz bilan baham: |