O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi printsipi.
Mazkur printsip, dasturdan tanlab olingan o’quv materiallari va mazkur metodik materiallar asosida mashg’ulotlar mazmunini tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda har bir guruhning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga olinishi shart. Dastur asosida har bir guruhning bilim va malakalari hisobiga olingan holda, musiqa mashg’ulotlarining yillik kalendar-mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar-mavzuli ish rejasini tuzganda, uning mazmunida bolalarning yosh xususiyati, musiqiy o’quvi, yangi qo’shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi o’quv materiallari, mashg’ulotlar faoliyatlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |