Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:
1. Adabiy so`zlashuv uslubi
2. Oddiy so`zlashuv uslubi.
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va
ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa
betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Fonetik xususiyatlar.
2. Leksik-frazeologik xususiyatlar
3. Grammatik xususiyatlar
So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki
yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar,
grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo,
hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.
Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar
ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy
xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi:
Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-
0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan
foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki
ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish
so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq
foydalaniladi.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy
uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop,
o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi
umumiy xususiyatlari bor:
1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
2) nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4) muallif individualligining sezilmasligi;
5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta
so`zning tushib qolishi);
11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z
birikmalarining qo`llanishi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar,
nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat,
ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon,
tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday
uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu
uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu
uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan
ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan
foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror,
buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu
uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z
lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik
holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa
vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim,
shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni,
tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:
uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning
belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi;
ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan
almashtirilmaydi;
c) fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa,farqlanib turadi;
oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
d) bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda
bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
e) qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng
foydalaniladi;
f) so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq
gaplar ishlatiladi.
5) Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi.
Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati)
ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo
birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi.
6) Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq
foydalaniladi.
7) Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart.
8) Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
9) Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni
matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar
ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan,
maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap
bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi
fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq
undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat
paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan
barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va
og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga
bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar,
deklaratsiyalar uslubningyozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga
ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi.
Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir
va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar
mavjud bo`ladi.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda
bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar)
vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish
bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq
so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv
uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Xulosa
Shunday qilib, bugungi kunda biz nutq uslubining namunalariga qaradik, ularning barchasi boy emas, ammo xilma-xillikka qaramay. Turli vaziyatlar uchun har xil yo'nalishlar maqbul bo'ladi, lekin eng muhimi, matnni yaratishda nimalarga e'tibor berish kerak - bu tinglovchilarning tili va unga mos uslub. Ushbu ikkita parametrga urg'u sizning matnlaringizni bir nafasda o'qishga imkon beradi va shuning uchun matn oldidagi vazifani muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini oshiradi.O‘zbek so‘zlashuv nutqi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi leksikasi, o‘zbek tili madaniyatining rivoji va takomili, bu sohada olib borilgan lingvistik tadqiqotlarning samarali ta’siri, ayniqsa tilning alfaviti, grafikasi, morfologiyasi, matn lingvistikasi, til sistemasining shakllanishida va stabillashuvida yorqin ko‘rinadi. Ma’lumki, bugunga qadar barcha tillar tilshunosligida bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligida ham ko‘proq sheva va dialektlar, badiiy asar tili, o‘zbek tilining morfologiyasini tadqiq qilishga katta e’tibor berildi. Shu tufayli ham o‘zbek tilining morfologiyasi sintaksisi, leksikasi yaxshi o‘rganilgan. So’zlashuv nutqi jarayon, hodisa, muloqot va vaziyatlarga ko’ra abadiy hamda oddiy so’zlashuv ko’rinishlarida mujjasammlanadi, biroq insonning qanchalik madaniyatli va ahloq- odobi hurmatga sazovor etishini ko’rsatadigan jarayon og’zaki so’zlashuv nutqi hisoblanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Azizov O.A. Tilshunoslikka kirish, Toshkent,
2.Begmatov E.,M.Tursunpo‘latov. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. Toshkent. “O‘qituvchi”
3. Балақаев М.Б. Диалектные явления в языке художетвенной литературы. Баку.
4. Дениеов П.Н. Очерки по русской разговорной речь. Проблемы учебной лексикографии.
5. Tursunpo‘latov M. Jo‘rayev X. “So‘zlashuv uslubi nima?” Jizzax,
6. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. Toshkent.
7. Василева А.Н.Разговорная реч как функсионалный стил.
Do'stlaringiz bilan baham: |