O‘zbekiston respublikasi oliy ta`limi vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Download 127,35 Kb.
bet1/2
Sana03.09.2021
Hajmi127,35 Kb.
#163584
  1   2
Bog'liq
Yo'ldasheva Ziyoda


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIMI VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI

O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



Protokol va Etiket fanidan

Mustaqil ish

Mavzu: So’zlashuv nutqi




Bajardi: KU 17/1 guruh talabasi

Yo’ldasheva Z

Tekshirdi: Tursunov Sh

Reja:


Kirish

  1. So’zlashuv nutqi.

  2. Og’zaki so’zlashuv nutqining xususiyatlari.

  3. Og’zaki so’zlashuv nutqining turlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

So‘zlashuv nutqi iborasi o‘tgan asrning elliginchi yillaridan e’tiboran O‘rganila boshlangan. O‘zbek tilshunosligida bu soha bilan rasman shug‘ullanish 1970-yillardan boshlangan.“So‘zlashuv nutqi” deb yuritilayotgan lingvstik hodisa kundalik turmushda, Kishilarning o‘zaro aloqa jarayonlarida amal qiluvchi nutqiy hodisadir.So‘zlashuv nutqining asosiy mohiyati unga xos bo‘lmagan lingvistik Belgilar, mezonlar, sistemalar hali o‘zbek tilshunosligida yetarli o‘rganilmaganligi, Bu boradagi turli terminologik chalkashliklarning mavjudligi, so‘zlashuv nutqi . O‘ziga xos sistema ekanligi mavzuning dolzarbligini tashkil etadi. Bugungi kun o‘zbek tilshunoslari oldida hal qilinishi mumkin bo‘lgan qator Muammolar mavjuddir. Jumladan, badiiy matn lingvistikasi, badiiy matnning Lingvopoetik tahlili, o‘zbek nutqi madaniyati masalasi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi Madaniyati, o‘zbek terminologiyasi va uning tartiblanishi masalasi, badiiy asar Tilida personaj nutqi masalasi va boshqalar.



Bugungi kunda o‘zbek so‘zlashuv nutqi fonetikasi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi Leksikasi, sintaksisi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi o‘ziga xos sistema.So‘zlashuv nutqi, o‘zbek nutqining ichki va tashqi hodisalari, badiiy nutq Hodisasi, ilmiy nutq, rasmiy nutq, maktubiy uslublar nutqi so‘zlashuv nutqi va Adabiy nutq, radio va televedeniye nutqini, tilshunoslikning bugungi kun Muammolaridan biri sifatida har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.Shuni e’tiborga olgan holda biz bitiruv ishimizda so‘zlashuv nutqi Tushunchasi masalasini, adabiy til va so‘zlashuv nutqi va badiiy til uslublar Borasida tilshunoslikda bayon etilgan va bayon etilayotgan mulohazalar asosida Yoritib berishga harakat qilamiz.

So’zlashuv uslubi

Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.

So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!

So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.

Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi) va h.k.

“So‘zlashuv nutqi” deb yuritilayotgan lingvistik hodisa kundalik turmushda, kishilarning o‘zaro aloqa jarayonlarida amal qiluvchi nutqiy jarayondir. So‘zlashuv nutqi tilshunoslarning ishlarida qayd etilishicha, birinchi navbatda dialogik, monologik nutq ko‘rinishlari shaklida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lgan yetakchi nutqiy shakl birdan ortiq, ya’ni ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro so‘zlashuvi, fikr olishuvlarida yuzaga keluvchi holatdir. Demakki, so‘zlashuv nutqi uchun yetakchi nutqiy forma dialogdir.

So‘zlashuv nutqi atamasi tilshunoslikda yetarli ravishda aniqlanmaganligi, buni tushuntirish borasida uchrovchi turli-tumanliklarda ham yorqin ko‘rinadi. So‘zlashuv nutqi atamasining bir qancha ko‘rinishlarda: dialogik nutq, adabiy tilning og‘zaki shakli, og‘zaki nutq, xalq jonli tili, dialektal nutq, kundalik turmush nutqi va boshqalar.

So‘zlashuv nutqi kundalik hayotimizda amal qiluvchi nutq ekan uning turlari, ko‘rinishlari, qo‘lanishi, ishlatilish doirasi jihatidan kengdir. So‘zlashuv nutqining ana shunday ko‘rinishlaridan biri so‘zlashuv nutqining yuzma-yuzligidir. Har qanday nutq ham kimgadir, ikkinchi bir shaxsga suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Yozma nutq kitobxonga, xalq ommasiga, radio va televedeniye nutqi tinglovchiga va tomoshabinga, ma’ruza nutqi zalida to‘planganlarga qaratilgan bo‘ladi. Ammo tinglovchi bilan eng yaqin munosabatda bo‘luvchi suxandon nutqida tinglovchi, ya’ni ikkinchi suhbatdosh aralashmaydi, tinglovchi axborotlarni qabul qiluvchi uning axborotlarini muxokama qiluvchi sifatida qoladi. So‘zlashuv nutqi keltirilgan nutqdan ko‘rinishlaridan o‘zining eng muhim xususiyati, ya’ni bevositaligi bilan farqlanib turadi.

So‘zlashuv nutqidagi bevositalilik ma’lum vaziyat yoki sharoitlarda so‘zlayotgan shaxslarning birdan ortiq bo‘lishi. Ularning o‘zaro so‘zlashayotgan bo‘lishlari, har bir suhbatdoshning nutqi bevosita yuzma-yuz sharoitda bo‘lishini ko‘zda tutadi.

So‘zlashuv nutqi shaxslarning bevosita yuzma-yuz suhbatlari so‘zlashuvlari asosidagi nutqdir. Bevositalilik so‘zlashuv nutqi uchun lozim bo‘lgan barcha holatlarni yuzaga keltiradi. So‘zlashuv nutqining bevositaligi va suhbatdoshlarning yakkama-yakka ishtiroki ushbu nutqning diologik shaklda bo‘lishini, so‘zlovchilarning suhbat chog‘ida xabar va fikrni ifodalash uchun nolingvistik vaziyatlarning bolishi:

-imo-ishoralar;

-mimika turlaridan foydalanish;

-to‘rli vaziyatlarni yuzaga keltirishni va ulardan foydalanishni taqozo etadi. Bunday yordamchi vositalar dramatik asarlarda yozuvchilarning maxsus qisqartirishlarida o‘z ifodasini topadi. Chunonchi qavs ichida beriladi, kulib, xo‘rsinib, ko‘zlari chapaqlab, yig‘lab, g‘azablanib, o‘ksinib, itarib, javdirab, gerdayib, qovog‘i soliq, tumtayib kabi. So‘zlashuv nutqining bevositaligi uning jonliligi va abadiyligidir.

So‘zlashuv nutqi suhbatdoshlarning erkin turib, erkin so‘zlashuvlariga asoslanadi. Odatda bunday suhbat chog‘ida rasmiylik, suniylikda, ongli ravishdagi jimjimadorlikka o‘rin bo‘lmaydi. Shu sababli so‘zlashuv nutqidagi betakalluflik, erkinlik kundalik turmush nutqidagi tabiiy xususiyatni, erkin holatning aks etishidir. So‘zlashuv nutqidagi betakalluflik, undagi norasmiylik bilan qo‘shilib ketadi. Suhbatdoshlar o‘zlarini erkin kundalik odatiy tillarida fikrlashadilar, mushohada yuritadilar.

Suhbatlashuv uslubi zamonaviy Internetga xosdir. Ommaviy bloglar paydo bo'lishi bilan u Internetda dominant bo'lib qoldi va nafaqat veb-jurnalistikada, balki matnlarni, shiorlarni va boshqalarni sotishda ham o'z izini qoldirdi.

Suhbat uslubi, aslida, muallif va o'quvchi o'rtasidagi chegaralarni yo'q qiladi. U tabiiylik, yengillik, hissiyotlilik, o'ziga xos so'z boyligi va ma'lumot oluvchiga moslashishi bilan ajralib turadi.

So‘zlashuv nutqi-dialogik nutq ekanligi



  1. So‘zlashuv nutqi-dialogik (ya’ni ikki shaxsning o‘zaro munosabatlaridan kelib chiquvchi) nutq ekanligi.

  2. So‘zlashuv nutqi norasmiy nutq ekanligi.

  3. So‘zlashuv nutqi bevosita yuzma-yuz nutq ekanligi.

  4. So‘zlashuv nutqi erkin, betakalluf nutq ekanligi.

  5. So‘zlashuv nutqi situativ, ya’ni bevosita vaziyatga qarab yo‘nalishni o‘zgartiruvchi, vaziyatbob nutq ekanligi.

  6. So‘zlashuv nutqi maxsus tayyorgarliksiz so‘zlashuvchi nutq ekanligi.

  7. So‘zlashuv nutqi barcha uchun barobar nutq ekanligi va boshqalar. Keltirilgan ushbu belgilarning ahamiyati haqida o‘rganuvchilarning mulohazalari ham bir xil bo‘lmay, turli tumandir. Biz masalaning ushbu tomonlarini e’tiborga olib so‘zlashuv nutqiga xos ushbu belgilarning ayrimlari haqida o‘z mulohazalarimizni boyon etdik.

So‘zlashuv nutqi uchun har qanday nutqiy forma xarakterlidir. Dialogik nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan bir ikki kishining o‘zaro savol-javobi sosial nutq aloqalarining tabiiy ko‘rinishlari hisoblanadi. Dialogik nutqiy ko‘rinish birbiri bilan almashinib turuvchi replikalarning (luqmalarning) umumiy zanjiriga asoslanadi. Dialogda bitta suhbatdoshning tugashi bilan ikkinchi suhbatdoshning gapi boshlanadi.

So‘zlashuv nutqida dialogik va monologik nutq turlari uchraydi. Ammo monologik nutq so‘zlashuv nutqi uchun belgilovchi xususiyat bo‘la olmaydi. Buning boisi shundaki, so‘zlashuv nutqi o‘z tabiati bilan birdan ortiq shaxslarini erkin suhbatiga asoslangan bo‘lib, bunday holatning chiqishi uchun dialogik forma ko‘proq tabiiy va qulay ekanligidir. So‘zlashuv nutqidagi monologik xolatlar faqat tashqi tomondangina o‘sha formada ko‘rinsa ham aslida ular ham o‘z mohiyatiga, ichki formasiga dialogik xarakterga egadir.

So‘zlashuv nutqi hodisasining o‘rganilishi

So‘zlashuv nutqini o‘rganish rus tilshunosligida XIX asrning birinchi yarimidayoq yuzaga kelgan edi. O‘sha davrlarda so‘zlashuv nutqi hodisasi dialektal nutq materiallari asosida o‘rganilgan. O‘sha davrda ko‘pgina tilshunoslar magnit lentalariga yozib olingan dialektal materiallar asosida so‘zlashuv nutqi hodisasini o‘rganganlar. Ammo so‘zlashuv nutqining o‘zi maxsus hodisa, maxsus kategoriya, so‘zlashuv nutqining o‘zi o‘ziga xos sistema, uning badiiy, adabiy, publisiyatik, rasmiy, ilmiy uslublarga munosabati masalasini o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi.

So‘zlashuv nutqi hodisasini o‘rganish kuzatilgan materiallar asosida talqin qiladigan bo‘lsak uch muhim aspektda olib borilganligini ko‘ramiz:

1. Dialektal so‘zlashuv nutqini tekshirish yoki boshqacha aytganda, so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos tomonlarini dialektal nutq materiallari asosida o‘rganish;

2. Dialogik nutqni o‘rganish. Bunda adabiy so‘zlashuv tili boshqa nutq hodisasi materiallari asosida o‘rganish;

3. Shaharliklar nutqini, ya’ni shaharliklarning so‘zlashuv nutqini tekshirish.

So‘zlashuv nutqi termini (atamasi) birinchi ma’noda dialogik nutq, adabiy tilning og‘zaki shakli, umuman og‘zaki nutq xalq jonli nutqi, dialektal nutq, kundalik turmush nutqi sifatida ishlatilmoqda. Bundan tashqari tilshunoslikda so‘zlashuv nutqi og‘zaki nutq, xalq so‘zlashuv nutqi, jonli nutqi, og‘zaki nutq va adabiy tilning og‘zaki shakli kabi chalkash holda qo‘llanilayotgan atamalar barcha tilshunoslik uchun xos hodisadir.

So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So‘zlashuv uslubida so‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo‘ladi. Bu uslubning yana bir o‘ziga xos xususiyati –erkinligidir.

Ogzaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos bolsa,

uslub fanining ob’yekti boladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining “buzilishi” bilan,

soda gap, toliqsiz gaplarning bolishi, dialog nutqning mavjudligi bilan

xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, ogzaki nutqning ba’zi shakllari yozma nutqda

oz ornini topadi: (keluvdi, kelardi). Ogzaki nutq uslubida qisqa hajmli

boglovchisiz qoshma gaplar kop ishlatiladi, badiiy vositalar kam qollaniladi.

Ayniqsa, kop ma’noli sozlar koproq ishtirok etadi. Ogzaki nutqda qochirma,

piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud boladi. Ogzaki nutq

rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qollanilmaydi.

Ogzaki sozlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:

1. Adabiy sozlashuv uslubi

2. Oddiy sozlashuv uslubi.

Adabiy sozlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va

ishlangan bolishi bilan xarakterlanadi.

Oddiy sozlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish

xarakterli xususiyatdir.

Sozlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:

1. Fonetik xususiyatlar.

2. Leksik-frazeologik xususiyatlar

3. Grammatik xususiyatlar


Download 127,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish