2.3. Tuman qishloq xo’jaligi
Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlar ekilgan maydon jami gektarga yillar hisobi bo‘yicha taqsimlaydigan bo‘lsak, 2018 yil 27192 ge/r, 2019 – yilda 28068 ge/r va 2020 yilga kelib maydon 27690 ge/r tashkil etgan. Uch yillik hisobi bo‘yicha 2019 yilda ekin maydoni qolgan yillarga qaraganda maydoni kattaligi bilan ajralib turadi.
3 - jadval
Qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni
(ge, %) [16,22 b]
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2018 yil.
|
2019 yil.
|
2020 yil.
|
ge/r
|
o‘sish sur’ati, %
|
ge/r
|
o‘sish sur’ati, %
|
ge/r
|
o‘sish sur’ati, %
|
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydon, jami gektar
|
27 192
|
99,9
|
28 068
|
103,2
|
27 690
|
98,7
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
fermer xo‘jaliklari
|
21 274
|
97,2
|
22 419
|
105,4
|
21 898
|
97,7
|
dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari
|
4 580
|
100,1
|
4 368
|
95,4
|
4 368
|
100,0
|
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
|
1 338
|
172,9
|
1 281
|
95,7
|
1 424
|
111,2
|
Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonini 2019 2020 yil sarhisob qilinganda 2020 yil holatiga, fermer xo‘jaliklari yer 521 ge/r qisqargani, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklar maydoni o‘zgarmaganligi, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarniki esa 143 ge/r ga ortganini bilamiz.
2020 yil davomida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2375,4 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 2 298,2 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligida 76,5 mlrd. so‘mni, baliq xo‘jaligida 0,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
2.4. Tuman sanoati va transporti
Sanoat. Baxmal tumanida 2019 yil 1 - yanvar holatiga faoliyat yuritilayotgan sanoat korxonalari jami 73 tani, 2020 yil 1 yanvar holatiga 85 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil 1 yanvar holatiga esa 111 tani tashkil etadi. Shundan yirik korxonalar yo‘q, 111 ta kichik korxona va mikro firmalar shu jumladan 4 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar mavjud.
4-rasm. Sanoat korxonalar o‘sishi
Yildan yilga sanoat korxonalar soni ortib borayotganligi tuman aholisini yanada kengroq qatlamini qamrab olishiga, ishsizlik darajasi pasayishiga va tuman iqtisodiyoti yuksalishiga olib kelmoqda.
2020 yilda 22 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, ularning barchasi kichik tadbirkorlik subektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Baxmal tumanida 2020 yildagi mavjut 85 ta kichik korxona va mikrofirmalarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga (10-jadval) qaraydigan bo‘lsak, 86,2 mlrd so‘mni tashkil etganini ko‘ramiz. Shundan 1,0 mlrd so‘m Davlat ulishi ishtirokidagi korxonalar hajmiga, qolgan 85,2 mlrd so‘m esa Davlat ulishi ishtirokida bo‘lmagan korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Transporti. Baxmal tumanida 2021 - yil 1 - yanvar holatiga transport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 18 tani tashkil qilib, tumandagi jami xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kesimida 2,4 % ulushni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2020 -yilning shu davrida 19 ta korxona va 1,9 % ulushga ega bo‘lgan edi. Ko‘rib turganimizdek transport korxonasi o‘tgan yilnikidan bittaga kam bo‘lsa ham faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kesimida 2021 yilga kelib 0,5 % ga o‘sish mavjud.
5-rasm. Transport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni
(birlik va % da)
Do'stlaringiz bilan baham: |