Amaliyotning vazifalari
1.Jizzax viloyatining tabiati, tarixiy tarkib topishi, shaharlari, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti, turizm faoliyatida tutgan o‘rni bilan tanishish, tabiati, ishlab chiqarishi, aholisi va uning joylashuv xususiyatlari hamda ichki tafovutlarini o‘rganish.
2. Talabani ushbu obyektlar faoliyatini mustaqil kuzatuv olib borishga o‘rgatish. Hududning tabiat komponentlari, tabiiy komplekslari, ularning holati, bir-biriga bog‘liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish, tabiatidagi tavofutlarni tushunib olish, geoekologik muammolarini kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish. Shu bilan birga alohida muhofaza etiladigan hududlar va ularning bioxilma-xillikni saqlashdagi ahamiyatini o‘rganish. Amaliyot mobaynida tanlab olingan sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarishi, turlari, sifati, holati, mehnat resurslari hamda rivojlanish muammolarini aniqlash.
I-QISM. BAXMAL TUMANIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF
Baxmal tumani geografik o’rni, maydoni, chegaralari
Baxmal tumani Jizzax viloyatining janubida, Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yonbag’rida joylashgan tuman hisoblanadi. Baxmal tumani ilk bor 1943-yil 8-mayda tashkil etildi. 1957-yil 12-oktyabrda G‘allaorol tumani bilan birlashtirildi. 1971-yil 31-avgustda G‘allaorol tumani tarkibidan chiqarilib yana alohida tuman sifatida tashkil qilindi.1
Baxmal tumani tabiiy geografik jihatdan Jizzax viloyatidagi eng janubiy tuman bo’lib, janubda Turkiston tog‘ tizmasi orqali Tojikiston Respublikasi bilan (80.4 km), g‘arbda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani (30.86 km), shimolda G‘allaorol (30.3 km) va Sh.Rashidov (21.2 km) , sharqda va shimoli-sharqda Morguzar tizmasi bo‘ylab Zomin tumani (49.7 km) bilan chegaradoshdir. Tuman chegarasining umumiy uzunligi 228.7 km bo‘lib, chegaraning katta qismi Chumqor va Morguzar suvayirg‘ichlariga to‘g‘ri keladi.2
Baxmal tumani hududi asosan Turkiston tog‘ tizmasi davomi hisoblangan Chumqor va Morguzar (Molguzar) tog‘lari orasida, Sangzor vodiysida joylashgan, o’ziga xos hududdir.
O‘lkaning eng shimoliy nuqtasi 390 54´ shimoliy kenglikda , Baxmal, G‘allaorol va Jizzax tumanlari chegaralari tutashgan joyiga to‘g‘ri kelsa, eng janubiy nuqtasi esa Chumqor tog‘ suvayirg‘ichidan, ya’ni 390 33´ janubiy kenglikdan o‘tadi. Bu shimoliy va janubiy chekka nuqtalari orasidagi masofa esa 38,9 km ni tashkil etadi.
Tumanning sharqiy va g‘arbiy chekka nuqtalari deyarli bir kenglikda yotadi. Uning sharqiy chekka nuqtasi , hududning shimoliy-sharqida, Morguzar tog‘ining Turkiston tizmasidan ajragan qismida, ya’ni 680 20´ sharqiy uzunlikda joylashgan bo‘lsa, uning eng chekka g‘arbiy nuqtasi esa, Zarafshon vodiysiga yaqin sayhonliklardan, 670 22´ g‘arbiy uzunlikdan o‘tadi. Bu chekka nuqtalari orasidagi masofa 83.6 km ni tashkil etadi. Baxmal tumani umumiy yer maydoni 1864.37 kv km bo‘lib, kattaligi jihatdan viloyatda to’rtinchi o’rinda turadi.
Baxmal tumani geografik o’rnining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo tuman togʻ va togʻ oldi hududda joylashganligi. Ushbu xususiyat bir qancha imkoniyatlarga yo’l ochib beradi. Tuman hududining janubiy va janubi-sharqiy qismida joylashgan Chumqor va Morguzar tog’i ushbu hududning iqlimning shakllanishining bosh omili hisoblanadi. Aynan tog’li hududning mana shunday joylashuvi nam havo massalarining tuman ustida turib qolishini ta’minlaydi. Natijada namgarchilik ortadi, bu o’z navbatida o’simlik va hayvonot dunyosining xilma-xil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonlar o’zingizga ma’lum bir-biriga uzviy bog’langan. Tog’larning joylashuvi yoz faslida tekisliklarda issiq havo massalarining turib qolishiga sabab bo’ladi, ammo tog’dagi qalin o’simlik qoplami va ichki suvlari tekislikda joyashgan hududlarga nisbatan havo haroratining past bo’lishini ta’minlaydi. Salqin tabiat qo’yni, go’zal tabiat manzarasi yoz faslida turistlar oqimini o’ziga chorlab turadi.
Tuman, viloyat va respublika darajasidagi chegaralarning mavjudligi tumanning geografik o’rnidagi yana bir xususiyati hisoblanadi. Bu mahalliy darajada tursitlarning tashrif buyurishi uchun qulay shart-sharoitni ta’minlaydi. Tojikiston Respublikasi bilan chegaralarimiz asosan tog’ suvayirg’ichlariga to’g’ri kegani saabli aholi o’tshi uchun hech qanday chegara posti mavjud emas va bu turistlar tashrifi uchun biroz noqulaydir.
Ikkita yirik turistik zona Zomin tumani va Samarqand viloyatlari orasida joylashganligi. Hududning transport gografik o’rni ham muhim rol o’ynaydi. Baxmal tumanini katta magistral yo’llar kesib o’tmagan. Bu jarayon tumanning imkoniyatlarini biroz tushurib yuborishi mumkin. Lekin, yuqori darajada tashkil etilgan turistik-rekreatsion faoliyat bu muammoning bir yechimi bo’lsa, Samarqand va Zomin turistik zonalarini bog’lovchi yo’lning Baxmal tumanidan o’tkazilishi muammoning ikkinchi yechimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |