O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim


O’rta Osiyo va O’zbekistonda mevachilikni qisqacha rivojlanish tarixi



Download 88,5 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi88,5 Kb.
#251696
TuriReferat
1   2   3   4   5
2. O’rta Osiyo va O’zbekistonda mevachilikni qisqacha rivojlanish tarixi. Bog’dorchilikka doir ayrim ma’lumotlar dastlabki V-asrdayoq paydo bo’lgan. X-asrga kelganda bog’dorchilik anchagina rivoj topdi. XIX asrga kelib sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bog’lar barpo etilib, ular qishloq xo’jaligida salmoqli o’rin egallaydi.

O’rta Osiyoda mahalliy bog’bonlar ko’p yillardan beri bog’dorchilik bilan shug’ullanib kelganliklari sababli, mevaning ko’pgina navlarini yaratishga muvofiq bo’lindi. O’rik, yong’oq, shaftoli, anor, bodom kabi mevalarning mahalliy navlari ko’proq yaratildi, ularning ayrimlarini hosildorligi, sifati va mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, kasallik va zararkunandalarga, qurg’oqchilikka chidamliligi bilan farq qilar edi.

Olma, nok va behizorlar barpo etish faqat mahalliy ahamiyatga ega edi, xolos. Shuning uchun ham respublikadan tashqariga mevachilik mahsulotlari chiqarish uchun hech qanday ichki imkoniyat yo’q edi. Toshkent - Orenburg temir yo’li qurilgandan keyingina sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bog’lar barpo qilinib Rossiya tomonlarga ho’l meva yuborish miqdori yil sayin ortib bordi. Keyinchalik Toshkent vohasiga, Qrim, Fransiya, Amerikadan yangi meva navlarini olib kelib, bog’lar barpo qilina boshlandi. Keltirib ekilgan mevalar Toshkent sharoitiga ancha yaxshi moslashdi. Natijada Toshkent vohasida Yevropadan keltirilgan olma va boshqa xil meva navlari keng tarqatila boshlandi. Toshkent vohasidan asta-sekin respublikamizning boshqa viloyatlariga ham meva navlari va turlari keng tarqala boshlandi.

Meva daraxtlarning vatani O’rta Osiyo, Zakavkaze, Uzoq Sharq, Xitoy, Hindiston, Birma, Eron, Siriya hisoblanib, bundan 3-4 ming yil ilgari aniqlangan.

mevachilik — 1) qishloq xoʻjaligi ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sof B. (olma, nok, oʻrik, gilos va boshqa yetishtirish) va koʻchatchilik (koʻchatzorlarda mevali daraxtlar koʻchatlari yetishtirish) tarmoqlariga boʻlinadi. Jahon bogʻdorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yongʻoq meva turlari ekiladi, ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Olma, zaytun, finikiya palʼmasi, banan, mango, tok eng koʻp ekiladigan meva turlariga kiradi. B. Xitoy, AQSH, Hindiston, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Italiyada rivojlangan. Oʻrta Osiyodagi B. haqida dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalariga oid yunon, xitoy, rim manbalarida uchraydi. Oʻrta Osiyo koʻpgina meva turlarining vatani hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida oʻrik, olma, nok, yongʻoq, bodom, anor, tok va boshqalarning juda serhosil navlari yaratilgan. Ularning koʻplari sifat jihatidan dunyo kolleksiyasida oʻzining takrorlanmas oʻrniga ega. 20-asr boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududida taxminan 50 ming ga bogʻ, jumladan 22 ming ga mevazor, 37 ming ga tokzor boʻlgan. Bogʻlarning asosiy maydonlari Fargona vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va Zarafshon vodiysi (tokzorlarning 50%) ga toʻgʻri kelar edi. Bogʻlarda danakli mevalar 70% ni (asosan oʻrik), urugʻli mevalar (olma, nok, behi) 25% maydonni egallagan edi. Shahar va qishloqlar atroflarida alohida mevazorlarda aholining bogʻlari va chorbogʻlari (mevazor, tokzor, poliz va sayilbogʻ)da mevalar, tok, turli gullarning mahalliy navlari ekib kelingan. Yetishtirilgan mevalar yangiligida isteʼmol etilgan, lekin qoqi va mayiz solish asosiy oʻrinda turgan. 20 yillarning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan mevachilik va tokchilik xoʻjaliklari barpo etila boshladi, togʻ va togʻ etaklari zonalarida joylashgan jamoa xoʻjaliklarida ham bu tarmoqqa katta eʼtibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadlarida olma, nok, uzum va boshqa ning Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan navlari keltirib ekildi. 50- yillar oxiri — 60- yillarda 2500—3000 ga bogʻ va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.

Respublikada meva va rezavor mevaning 20 turi ekiladi. Urugʻli meva daraxtlari (olma, nok, behi va boshqalar), danakli meva daraxtlari (oʻrik, shaftoli, olxoʻri, gilos, olcha, oluvoli va boshqalar), subtropik oʻsimliklar (anor, anjir), yongʻoq mevalilar (yongʻoq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smorodina, chakanda) asosiy oʻrinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va kishki navlari muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona vodiysida taraqqiy etgan, xoʻraki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yoʻnalishlariga ega. Oʻzbekistonda meva qoqilari va mayizning noyob xillari tayyorlanadi. Respublikaga tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, unobi, sharq xurmosi, pekan kabi mevalar tobora koʻproq maydonlarda ekilmoqda. Andijon, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida koʻpgina xoʻjaliklarda issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika boʻyicha bunday issiqxonalar maydoni 427 ga dan koʻproq (2001). 90- yillardan boshlab paxta maydonlari qisqartirilishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi; Xorazm, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida koʻplab bogʻ va tokzorlar tashkil etildi. Respublikada 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan B. xoʻjaliklari bor. Respublikada bogʻlarning umumiy maydoni 320 ming ga ga yetdi (meva bogʻlari 199 ming ga, tokzorlar 120 ming ga), yalpi meva va uzum hosili 833 ming t dan oshdi (1999). Mevaning har bir viloyat, tumanning tuproq va iklim sharoitiga moslashtirilgan, r-nlashtirilgan navlari ekiladi. 2) B. fan sifatida mevali daraxtlarning tuzilishi, oʻsishi, rivojlanishi, koʻpayishi hamda hosil berish qonuniyatlarini, shuningdek ularning tashqi muhit bilan aloqadorligini oʻrganadi, turli tabiiy muhitda oʻsib, yaxshi hosil berishini taʼminlash uchun ilgʻor agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. B. biol., tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻsimliklar fiziologiyasi, agrokimyo hamda umumiy dehqonchilik bilan bevosita aloqador boʻlib, B. agrotexnikasining barcha usullari shu fanlarga asoslanadi. Oʻzbekistonda B.ni rivojlantirishda akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti va Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik institutitsht xizmati katta. Keyingi yillarda meva, rezavorlar va tokning 200 dan ortiq serhosil navlari yaratildi, boshqa mamlakatlardan keltirib ik,limlashtirildi va ekishga tavsiya etildi.

Respublikadakoʻchatchilik ishl a r i ham ilmiy asosga qoʻyilgan va markazlashtirilgan. R. R. Shreder nomidagi "Mevasharbat" korporatsiya va uning viloyatlardagi filial va xoʻjaliklarida xoʻjaliklar va bogʻbon, sohibkorlarga sotish uchun har yili 10—12 mln. dona turli meva daraxtlari va tok koʻchatlari yetishtiriladi .


Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish