Muhammad Al-Xorazmiy (782-847) 847- yilda “Kitob surat al-arz” nomli asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, qit’alari, qutblar, daryo, o‘rmon, ko‘l, o‘simliklar haqida ma’lumotlar beradi.
Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) tabiat haqida 33 ta tabobat bo‘yicha 56 ta asar yozgan. Uning “Al Xoviy” asari hajmi jihatidan, tib qonunlaridan katta bo‘lgan, uni 15 yilda ham tugata olmagan, bu asarni uning vafotidan keyin shogirdi yozib tugatgan.
Abu Nasr Farobiy (870-950) 180 ta asar yozgan. SHulardan 11 tasi tabiatga oid bo‘lgan.Abu Rayhon Beruniy (937-1048) “Saydana” nomli asarida dorivor o‘simliklarning nomlarini 31 tilda bayon qilgan. Bu asar 1-farmakageneziyaga doir yirik asar edi.
2-rasm.Abu Nasr Farobiy (870-950)
Abu Ali Ibn Sino (980-1097) hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozgan, shundan 242 tasi bizgacha etib kelgan. Asarlar ichida eng mashhuri “Tib qonunlari” bo‘lib, u 5 jildli hisoblanadi. Bunda 400 dan ortiq dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot berilgan. Bu asar 1-marta 1020 yilda nashr qilinadi. Umuman Ibn Sino asarlari XVI asrgacha Evropadagi universitetlar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lgan. 1954 yilga kelib bu asar o‘zbek tilida nashr etildi. 1980 yilda olimning 1000 yillik yubiley munosabati bilan bu asar 2-marta nashrdan chiqdi.
Botanika XV asr oxiridan boshlab taraqqiy eta boshladi. XV asr oxirida Teofrast asarlari grek tilidan lotin tiliga tarjima qilindi va Dioskarid bilan Pliniyning unutilib ketgan asarlari yana o‘rganila boshlandi. Italiya gumanistlari qadimgi botaniklar tilga olgan o‘simliklarni atrofdagi tabiatdan izlay boshlaydilar.
XV asrning oxirlari va XVI asrning boshlarida qilingan katta sayohatlar Evropada hech kim bilmaydigan o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni berdi. CHet mamlakatlarning o‘simliklari, ayniqsa ularning foydalilari botanika bog‘lari deb nom qo‘yilgan mahsus joylarda ekila boshlandi. O‘simlik quritilgan holda saqlash usuli ham namunalarinio‘sha vaqtlarda kashf etildi. Ularni gerbariylar deb atala boshlandi. Biroq to‘plangan materiallardan foydalanish uchun ularni sistemaga solish aniq bir tartibga keltirish zaruriyati tug‘ildi. Juda katta hajmda gerbariylar to‘planganligi munosabati bilan XVI asrdan boshlab, taxminan XVIII asr o‘rtalarigacha o‘simliklarni sistemaga solish vazifasi botanikaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi.
Masalan, K.Linneyning ustozi tabiatshunos Burgov (1668-1738) XVII asrning oxiri va XVII asrning boshlaridayoq botanikani tabiatning bir qismidir deb ta’riflab, uning yordamida “O‘simliklarning nomlari aniq va osongina bilib olinadi va yaxshi esda qoladi” degan edi.O‘simliklar tizimini ( sistemasini) yaratish uctida qilingan ilk urinishlardan eng ko‘zga ko‘ringan (1583) Italiya botanigi – vrach Sezolpin (1519-1603)sistemasidir. U ham 1000 tur o‘simlikni aniqlab, fanga kiritgan. Sezolpinning asosiy xizmati shundaki, u o‘z klassifikatsiyasiga sub’ektiv belgilarni emas, balki ob’ektiv belgilarni, ya’ni odam uchun ma’lum darajada ahamiyati bo‘lgan “Tasodifiy” belgilarni emas, balki o‘simlikning o‘zi uchun muhim bo‘lgan belgilarni asos qilib olish kerakligini angladi. Sezolpin o‘simliklar sistemasini tuzish uchun ko‘payish organlarining belgilari hammasidan muhimdir degan qoidani nazariy jihatdan asoslab berishga urinib ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |