2.3. Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasining turkum turlari
Oilaning 140 turi yer yuzining tropic o`lkalari, Afrika va Amerikaning seryomg`ir tropik o`rmonlarida keng tarqalgan. Gul tuzilishiga ko`ra, gulxayridoshlar oilasiga yaqin. Lekin gultoj barglari tuklar bilan qoplangan, changchilari silliq, kauliflariya (to`g`ridan-to`g`ri tanasidan gul va meva hosil qilish) xususiyatiga ega. Mevasi – ko`sakcha
2.3 1-rasm Afrika bobab daraxti
Baobab daraxtining (maymun daraxti deb ham yuritiladi – Adansonia digitata) balandligi 10 metrgacha bo`lgan daraxt bo`lib yo`g`onligi (diametri) ham 10 metrdan ortiq bo`ladigan, 5000 yilga qadar umr ko`radigan o`simlik. Barglari naychasimon bo`lingan, guli oq, kechasi ochiladi, badbo`y, mevasi bodringga o`xshash, o`zagi shirali, iste`mol qilish uchun yaroqli. Poyasi va ayniqsa, po`stlog`i qog`oz sanoatida ishlatiladi. Qurg`oqchilik paytlarida barglari to`kiladi. Baobab Afrika savannalarining o`ziga xos mahalliy muhitini o`zida to`liq aks ettiradigan o`simliklardan hisoblanadi.
2.3 2-rasm Bobab daraxti dastlabki gullash davri
Oilaning poyasi turpsimon, tarkibida, ko`p miqdorda suv saqlaydi. Bu uni yilning qurg`oqchilik davridagi suvsizlikdan asraydi. Savanillecia arborea deb ataladigan turpning vatani Janubiy Amerika. Oilaning jun daraxti Bombax va Ceiba deb ataladigan, tropik Amerikada tarqalgan turlari Duria zibetninus deb ataladigan, (mevasining kattaligi xandalakka teng) qimmatbaxo rezavor meva, Hindiston va Janubiy sharqiy Osiyoda keng tarqalgan turlari ham ma`lum.
2.3 3-rasm Afrika bobab daraxtzorlai
XULOSA
Ushbu kurs ishimni bajarish davomida Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasiga kiruvchi o’simliklarni muhofaza qilish va turlar sonini o’rganish hozirgi kunda dolzarb ekanligini unga sabab esa yashash muhitining yamonlashuvi,ekologiyaning buzilishi va inson antrapologiyasi eknligi yoritilgan. Tanlagan kurs ishim bo’lgan Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasiga kiruvchi turlar haqida ma’lumotlar to’plandi tabiiy sharoitda o’rganildi. Kurs ishimning vazifasi qilib Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasiga turlar va biologiyasi o’rganildi, Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi turlarini muhofaza qilish chora tadbirlari o’rganildi turli xil muhofaza qilish borasida takliflar berildi va Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi turlar bugungi kundagi axamiyati keng yoritib berildi. Adabiyotlar sharxi orqali hozirgi davrgacha yetib kelgan ko’pgina olimlar tomonidan magnoliyanomalar qabilasiga tegishli fikirlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida ma’lumotlar to’plandi va kurs ishida yoritildi. Gul tuzilishiga ko`ra, gulxayridoshlar oilasiga yaqin. Lekin gultoj barglari tuklar bilan qoplangan, changchilari silliq, kauliflariya (to`g`ridan-to`g`ri tanasidan gul va meva hosil qilish) xususiyatiga ega. Mevasi – ko`sakcha Baobab daraxtining (maymun daraxti deb ham yuritiladi – Adansonia digitata) balandligi 10 metrgacha bo`lgan daraxt bo`lib yo`g`onligi (diametri) ham 10 metrdan ortiq bo`ladigan, 5000 yilga qadar umr ko`radigan o`simlik. Barglari naychasimon bo`lingan, guli oq, kechasi ochiladi, badbo`y, mevasi bodringga o`xshash, o`zagi shirali, iste`mol qilish uchun yaroqli. Poyasi va ayniqsa, po`stlog`i qog`oz sanoatida ishlatiladi. Qurg`oqchilik paytlarida barglari to`kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |