O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti maktabgacha taʼlim(sirtqi)


«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturini tuzilish tamoillari va omillari.14



Download 186,19 Kb.
bet7/11
Sana04.11.2022
Hajmi186,19 Kb.
#860324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Farida kurs ishi (chala)

«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturini tuzilish tamoillari va omillari.14
Dasturining mazmuni quyidagi tamoyillar asosida tanlandi:

  1. Maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi

  2. Maktabgacha ta’limning bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi.

  3. Bolalarni qobilyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi.

  4. Maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatini etakchiligi.

  5. Maktabgacha ta’limning insonparvarligi.

  6. Maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi.

  7. Maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.

  8. Maktabgacha ta’limni demokratliligi.

«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tizimi quyidagi omillarga tayanadi:

  • davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan extiyojining kuchayganligi

  • milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanganiligi

  • milliy umuminsoniy tarixiy an’analarga va o‘zbek xalqining intelektual merosiga bo‘lgan ijobiy munosabatning shakllanganligi.

Dasturni bilish va uni gurppa xayotining konkret sharoitlarni hisobga olgan holda bajarish maktabgacha tarbiya sohasidagi xar bir mutaxasis uchun majburiyligidir.
Tarbiyachiga yordam tariqasida «Uchinchi ming yillikning bolasi» da ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar tafsiya etilmoqda tarbiyachining metodik ko‘rsatma va tafsiyalarini bilishi, turli qo‘llanmalardan foydalana olish xar bir yosh bosqichida bolaning muvaffaqiyatli tarbiyalanishi va kamol topishini ta’minlaydi.
Dasturning tuzilishi.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» yoki bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi maktabgacha tarbiya yoshdagi bola jismoniy va psixik rivojlanganining 6 yosh bosqichini: chaqaloqlik (1 yoshgacha), ilk yosh (1-3 yosh), kichik yosh (3-4 yosh), o‘rta yosh (4-5 yosh), katta yosh (5-6 yosh) va maktabga tayorlov davri (6-7 yosh) qamrab oladi. So‘ngi bosqichda maktabga tayyorgarlik davri alohida ajratiladi.
Bolalar bog‘chasida bolalar bilan olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishning butun mazmunini tarbiya vazifalari bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning maqsad va vazifalari: 1)bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish 2)ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish: 3) milliy va umuminsoniy qadiryatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta’minlash: 4)ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’limiga tayyorlashdan iborat.15
«Dastur» bolalarga ta’lim va tarbiya berishning mazmuni, bola o‘z rivojlanishining turli bosqichlarida erishishi kerak bo‘lgan pog‘onaga nisbatan talablarni ochib beradi. U tarbiyalanish va kamol topishda o‘yin faoliyatining etakchi roli haqidagi qoidani hisobga olish asosiga qo‘yilgan. Masalan, syujetli rolli o‘yinlar-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashning yaxshi maktabidir. Ulardan bola kishilarni xulq-atvorining normalarini, mehnatga, ijtimoiy hayotga munosabatini aktiv va ijodiy o‘zlashtiradi. SHuni aytish kerakki, o‘yinning u yoki bu turi yuqorida aytib o‘tilgan tarbiyaviy vazifalarni bajarishdan tashqari bolalar shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni quyidagi uch yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:

  1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.

  2. Bolalarni nutqi va tafakkurini rivojlantirish.

  3. Bolalarni manan rivojlantirish.

Birinchi yo‘nalishdagi bo‘lgan bo‘lim bolalarni jismonan rivojlantirish. Bolalarni maktabga tayyorgarligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o‘z yoshlariga mos bo‘lgan harakterlari, shu jumladan milliy o‘yinlar nomlarini, qoidalarini bilish va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda belgilangan normativlarni bajarish, saflanish, chaqqon harakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarish kabilarga o‘rganish maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.

Download 186,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish