O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san`at fakulteti texnologik ta`limi yo‘nalishi


I.Bob.O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishga ijodiy yondashuv



Download 115,57 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi115,57 Kb.
#473164
1   2
Bog'liq
KASB TANLASHGA YO\'LLASH O\'QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH

I.Bob.O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishga ijodiy yondashuv.
1.1.O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishga ijodiy yondashuv.
Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, bo’lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb –hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda individual xusuyatlarni ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogic asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o’quv qo’llanmalar, dars ishlanmalari, ko’rgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash mezon va me’yorining belgilanganligi, kasb tanlash bo’yicha tezkor aloqning o’rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun o’quvchi o’z imkonoyatlarini baxolay olish ko’nikmasiga, ya’ni qiziqishi mos kasblar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axbort va yangiliklardan habrdor bo’lishi zarur. Ushbu talablaardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2003 yil 29 oktabrda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb –hunar ta’limiga izgil o’tishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora tadbirlari to’grisida” gi 473-sonli hamda Prezidentimiz I.A. Karimovning 2006 yil 27 iyuldagi “Umum ta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishlarini kengaytirish choralari to’grisida”gi PQ-427-sonli qarorlari uzluksiz ta’lim tizimida maktab bitiruvchilarining o’z kasbiy qiziqish va layoqatlari asosida ta’limning keyingi turi va bosqichlariga jalb qilinishi, o’zining tayyorlov yo’nalishlariga to’g’ri va samarali yo’naltirishning muhim masalasi sifatida qabul qilindi. Mazkur hujjatlar mazmunida qayd etilganidek “umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarni kasb –hunarga yo’naltirish bu ularni qiziqishlari va mayilliklari, layoqatlari hamda qobilyatlariga mos holda kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish bilan bir qatorda o’smirlarni kasbiy o’zligini anglash va hayot yo’lini tanlashda maslaxat beruvchi omil” sifatida qaralishi nazarda tutilgan. Hukumat qaroralarining ijrosini ta’minlash yuzasidan o’quvchilarning kasbiy qiziqishi va layoqatini shakillantirishda, ularni ta’limning keying turiga to’gri jalb qilish uchun kasbga yo’naltirishda qo’llaniladigan o’quv –metodik qo’llanmalar, ilmiy –uslubiy tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar, jamiyatda qadimdan mavjud bo’lgan hamda yangilanib, o’zgarib borayotgan kasblar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga zamon bilan hamnafas yetkazish samaradorligiga bog’liqdir. Shu bois ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimida tashkil etilgan huquqiy me’yoriy hujjatlar mazmunini yanada takomillashtirish vazifalarini hal etishi borasida bir qator ilmiy-amaliy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Jumladan, umumta’lim maktablari o’quvchilarning qiziqishlari va maylliklari, tug’ma layoqatlari hamda qobilyatlarini aniqlash borasida “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda qo’llaniladigan psixologik-pedagogik tashxis metodikalari”ning yangi taxrirdagi majmuasi yaratildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish va Vazrlar maxkamasining 2004 yil 9 iyuldagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 321-sonli qaroriga asosan o’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirish va psixologik- pedagogic tashxis ishlari samaradorligini oshirish, ularni psixalogik-pedagogik tashxis qilishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab-chiqarish, amalga tadbiq etish mqasadida xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 17 martda “O’quvchchilarni kasb- hunarga yo’naltirish va psixalogik –pedagogik Respublika tashxiz markazining tashkiliy va metodik asoslarini takomillashtirish to’g’risida”gi 60-sonli buyrug’i asosida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning zamon talablari darajasida, ilmiy-metodik kengashi, o’quv-me’yoriy xujjatlarning yangi tahriri ishlab chiqildai. Shuningdek, o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini samarali tashkil etishda, ushbu jarayonni ta’lim muassasalarida amalga oshiruvchi o’qituvchilar, pedogog hodimlar hamda aholi o’rtasida(mahalla, ota-onalar) profilaktika ishlarini olib borish maqsadida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning zamirida o’quvchi yoshlarni kasbiy qobilyati va layoqatini aniqlash asosida ularni kasbiy qarorlarini shakillantirishga qaratilgan yaxlit faoliyat jarayonida ta’limning keyingi turi va bosqichiga to’g’ri yo’naltirish yotadi. O’quvchilarni kasbiy qarorlarini shakillantirish-bu o’quvchi-yoshlarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalyotga malakali mutaxassislar ko’magida kasbga bo’lgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy vazifalarni qo’llay olish tajribasini hosil qilish, kasbiy madaniyat sifatlari (kasbiy idrok, kasbiy bilimdonlik, kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat va hakozalar)ni tarbiyalashga yo’naltirilgan izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan pedagogik faoliyat jarayonidir. Chunki, o’quvchilarni kasb hunarga to’g’ri yo’nalganligini tashkil etish murakkab, uzoq muddatli dialektik jarayon bo’lib,uning metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilishi ko’zlangan maqsadga erishish muvaffaqqiyatini kafolatlaydi. Mavjud obektiv va subektiv omillardan unumli faydolana olish ham o’quvchilarga kasb-hunarni to’g’ri tanlashlariga hissa qo’shadi. Bundan tashqari uzluksiz ta’lim tizimini joriy etilishiga yangi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning ishga tushirilishi natijasida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-yillik ta’limga o’tishga bitiruvchilarni ta’imning keyingi turi va bosqichiga to’liq qamrab olish samaradorligini ta’minlash mazkur jarayonlarni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror topdirish ta’lim islohatlari doirasida dolzarb masala sifatida qo’yilmoqda. O’quvchi-yoshlar o’ratasida kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv o’z mohiyatiga ko’ra tehnalogik bo’lishi lozim. Chunki muayyan faoliyatga nisbatan texnologik yondashuv ushbu faoliyatningyaxlitjarayoni to’g’risida oldindan to’laqonli ma’lumotga ega bo’lish imloniyatini beradi. Minglab kasblar olamidan o’quvchi tanlagan kasbiy qarori bo’yicha turli vaziyatlarni oqilona baholash asosida faoliyat mazmuniga ma’lum o’zgarishlar, yangiliklar kiritib, tarbiyalanuvchilarga mavjud bo’lgan kasbiy sifatlrni hisobga olish va ularni boyitish xususida qat’iy fikrga ega bo’lishi, kasb-hunarga yo’nalganligini samaradorligini muhim omillari bo’la oladi. Kasb-hunarga yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan texnlogk yondashuv-bu o’qvchi oshlar tomonidan o’zlashtirilagan nazriy amaliy ko’nikma va malakaga aylantirish, ularga faol kasbiy yo’naltirishni tashkil etish tajribasni yuzaga keltirish hamda kasbiy qobilyat va layoqatlari asosida kasbiy qarorlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida amalyotchi psixolog va kasb-hunarga yo’naltiruvchilar uchun kasb-hunarga yo’naltirishni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish majmuyi bo’lib xizmat qiladi. U quyidagi tarkibiy tuzilmaga asoslanadi.

Kasbga yo’naltiruvchi (o’quvchi) faoliyati:
-faoliyat ko’nikma va malakasining o’zlashtirilaishi:
- faoloyatni tashkil etish:
- faoliyatni nazorat qilish:
-natijalarni baholash:
- kamchiliklarni bartaraf etish:
- faoliyatni ikkilamchi tashkil etish:
-kasbiy sifatlarga ega bo’lish:
- kasbiy qaror qabul qilish:



Ichki omillari

Faoliyat mazmuni, shakli, metod va vositalar.

Tashqi omillar

Vazifalar

Maqsad

Boshqarish



Tavsiya berish.

Nazorat qilish.

Maslaxat berish

Kasbiy komillikni aniqlab berish

Kasbga yo’naltiruvchi (o’qituvchi) faoliyati.

Keltirilgan tuzilma mohiyatidan aniqlanadiki, o’quvchilarni bo’lajak kasbiy qarorlarini shakillantirishda ijodiy texnologik yondashuv asosida tashkil etish birinchi navbatda muayyan mavzu bo’yich kampyuterga programlashtirilgan dars rejalshtirishi talab etiladi. Nazarda tutilgan darsni o’tkazilishidan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni ta’limning keying turi va bosqichiga ongli ravishda jalb etish hamda turli kasblar orasidan tanlangan kasbi orqali kelajagi haqida tasavvur hosil qilish. Ushbu maqsadga erishish imkonini berish uchun ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan vazifalarning qat’iy, aniq va ravshan belgilab olishi, dars mazmuni (senarisi)ning puxta ishlab chiqilishi, shakillantirilgan mazmun mohiyatini to’laqnli ochib berishga xizmat qiluvchi maqbul shaxs metod va vositalarning to’g’ri tanlanganligini taqoza etadi. Ikkinchidan dars jarayoning asosiy sub’ekti sifatida kasb-hunarga yo’naluvchi shaxsning nomoyon bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Uyishtirilayotgan darsning umumiy natijasiga ma’sulik kasbga yo’naltiruvchi va amalyotchi psixologlar zimmasiga yuklanishi darkor.


Shunday sharoitdagina o’quvchilar shaxsiy imkoniyatlarini namoyon etish, o’z fikirini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Zero, kasbiy pedagogic texnologiya (kasblarni kampyuterda programmallashtirilgan versiya) larning afzalligi osib kelayotgan yosh avlodning mustaqil fikir egasi, erkin, shuningdek kelajagi haqida aniq tasvvurga ega shaxs bo’lib tarbiyalanishlarini ta’millashga yo’naltirilganligidir.

1.2. Kasb madaniyati.


Yoshlarga ta’lim –tarbiya beruvchi o’qtuvchi, ustoz, murabbiy, ta’lim hodim, mutaxassis, raxbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar soxibi bo’lishi lozim. Darhaqiqat o’quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashni, uni o`rnganish, malakali mutaxasis bo`lib yetishishiga talim-tarbiya beruvchilarning ma`lakali mutaxasis bo`lib yetishida ta`lim-tarbiya beruvchilarning ma`naviyasi axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so`z bilan aytganda, ijtimoiy-madaniy komolati muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb madaniyati ham alohida o`rin tutadi. Zero mutaxassis hodimning maxoati yoki kasb madanyati qanchalik yuksak bo`lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo`ladi.
Ma`lumki, hamma kasblar uchun bir xilda ta`luqli bo`lgan odob-qoidalar yoki madaniyat mavjud. Masalan, o`qituvchining kasb madaniyati ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ta`lim-tarbiya beradigan o`qituvchi nafaqat bilimdon, balki tarbiyalangan, ya`ni madaniyatli ham bo`lishi lozim.Demak, mamlakatimizning buyuk kelajakini yaratuvchi yoshlarni tarbiyalovchi mutaxassis xodimlar, eng avvalo, insoniy sifatlar sohibi bo`lishi, kasb madaniyatini mukammal egallashlari lozim.
Pedagog kadrlarni kasb mahoratini oshirishni, kasb madaniyatini yuksaltirishni hayotning o`zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa o`quv tarbiya muassalarda o`qituvchining kasb mahorati va kasb madaniyati haqida tez-tez kengash va suhbatlar o`tkazib turish ma`ruzalar o`qish foydadan holi bo`lmaydi. O`qituvchilar zamon talablaridan kelib chiqqan holda o`z faoliyati va bilimlarini nazorat qilish va baholash,xatolarini tahlil qilish, o`ziga o`qituvchilik sifatlarini rivojlantirish, o`z-o`zini qayta tayyorlash va tarbiyalash imkoniyatlariga duch keladi. Hozirgi vaqtda ta`lim-tarbiya ishi nafaqat vatanimiz kelajaki bo`lishi yoshlar hayotida, balki har bir kishi faoliyatida, umuman jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tizimda o`ta ahamiyatlidir. Ta`lim-tarbiyasiz kelajakda o`z samaralarini beruvchi islohat yo`q. Axloq va madaniyatni yuksaltiruvchi vosita ta`lim-tarbiyadir madaniyatsizlik esa illat. Ijtimoiy hayotni takomillashtirish uchun insonning o`zi axloqiy jihatdan komol topishi lozim inson butun hayoti orqali butun umri mobaynida tarbiyalanadi.Inson o’z umrining har bir davri, yani bolalik, o’smirlik, yoshlik, yetuklik, qarilik chog’ida o’ziga xos axloqiy olamga ega bo’ladi. Buni yaxshi tushunmagan kishi turli yoshdagi odamlar bilan muloqat qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Kasb madaniyati yuksak insongina turli yoshdagi kishilar ko’ngliga to’g’ri yo’l topa oladi, samarali yutuqlarga erishadi. Kasb madaniyatining rivojlnishi shaxs va ijod erkinligiga umumiy madaniyatdagi izchillik va an’anaviylikka bog’liq.
Aks holda kasb madaniyati rivojlanmaydi, inqirozga yuz tutadi. Qanchadan qancha madaniyat nomoyondalari ko’plab ijod axli kasb madaniyati yaratish huquqidan ma’lum bo’ladi. Chunki ma’naviy ishlab chiqarish ijod qilish yaraqtish ham mafkuralashtiriladi.
Kasbiy madaniyatga hamisha uni shakillantiruvchi ma’naviy asos mujassam bo’ladi. U hamisha g’oyalar, bilimlar, inson maqsadlarining ramziy ifodasidir.G`oyasiz, bilimsiz, maqsadsiz, kasbiy madaniyat ham shakllanmaydi. Ma`naviy madaniyat maxsuli esa moddiy shakldagina o`z ifodasini topadi. Ular huddi ana shu tarzda moddiylashadi va ijtimoiy hayot damiga aylanadi. Kasb madaniyati mohiyatini aniqlashtirib, aytishimiz mumkinki, kasb madaniyati yoki madaniyatining har qanday tashqi ifodalanishini insonning rivojlanish yoki kamolati darajsini ko’rsatadi. Demak madaniyat inson kamolatining o’lchovi, Inson o’z-o’zini faoliyati jarayonida madaniy tarixiy mavjudot tarzida shakillantiradi. Biologik nuqtai nazardan qaraganda, inson ma’lum tuzilish, vazifa qobilyatga ega bo’lgan organizimdan boshqa xech narsa emas, shuning uchun ham madaniyat insondagi insoniylik o’lchovi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Madaniyat inson faoliyatining o’ziga xos texnalogiyasini tashkil etadi. Biror avlod tomonidan topilgan tajriba endilikda shaxsiy tajriba bo’libgina bo’libgina qolmay va butinlay yo’qalib ham ketmaydi. SHu bois aytish mumkinki, ijtimoiy munosabatlar va demak madaniyat ham bitta manba tarbiyaga bo’lgan moddiy amaliy munosabatlar natijasidagina kelib chiqmagan, shuningdek, u inson faoliyatining zarury shakliga aylangan. Inson dunyoga kelgandan keyin tirikchilik o’tkazish uchun albatta biror kasb hunar bilan mashhur bo’ladi. Busiz inson umrida ma’zmun ma’no yo’q faoliyat ko’rsatishi inson hayot yo’lining zaruriy shartidir. Dunyoda esa kasb-hunarlar juda ko’p. Avvalo shunday bir kasb borki, uni barcha kasblarning ulug’I sharaflisi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu o’qtuvchilik kasbi. Chunki bilish ziyosi orqali aql-idrokimizni shururimizni yoritadi, qalbimizni g’aflatdan uyg’otadi. O’quvchilarning kasb madaniyati, shubxasis, uning kasbiy faoliyati bilan bog’liqdir. Bu sohalarda katta muvoffaqqiyatlarga erishish uchun esa, albatta o’qtuvchining kasb mahorati, uning kasb madaniyati juda yuksak bo’lishi lozim. “Kasb madaniyati nima?” degan savolga ham turlicha javob berish mumkin. Har qanday kasb madaniyati kishi umumiy madaniyatining tarkibiy qismidir.
Madaniyatlilik insondan yana juda ko’p fazilatlarni talab etadi. Insoniy fazilat manbai murakkab jarayondir. Buning uchun esa inson o’zi bilan o’zi kurashishi, yana dangasalik va nafsni yengishi, insoniy mohiyatini kashf etishi, ruhini kamol topdirishi lozim. Negaki mehnatsevarlikka o’rganmagan inson diyonatdan yiroq kimsadir.Garchand axloq-odob, yaxshi kiyish, shirinso’zlik madaniyat belgisi bo’lsada ular to’la ma’noda madaniyat ko’rsatkichi bo’la olmaydi.Madaniyatlilik nihoyatda murakkab va keng ma’noli tushunchadir. Chunki o’z vatani va xalqiga yuksak muhabbati bo’lgan, o’zi bilan yonma-yon yashayotgan yoki xizmat qilayotgan odamlarni hurmat qilgan hamisha o’zgalarga yaxshilik kishiga intilgan, o’z manfa’tini boshqalarnikidan yuqori qo’ymagan kishilarning baxt – saodati uchun xizmat qiluvchi o’z kasblarining fidoisi, halol, vijdonli, baxt va hayot ma’nosini to’g’ri tushungan, ma’sulyat anglagan hamda boshqa insoniy sifatlar sohibi bo’lgan kishi oilyjanob deb hisoblash mumkin. Demak kasb madaniyati kishining umumiy madaniyatiga bog’liq. Gap o’qtuvchilik kasbi madaniyati haqida borar ekan, u eng avvalo mehnatga to’g’ri va ijobiy munosabatda bo’lmog’i, o’z fanini chuqur bilib, pedagogik mahoratga ega bo’lishi, o’zi ta’limga yangilik kiritishi, kiritgan yangiliklarni esa maktab yoki kollej faoliyatiga singdira olishi lozim. Garchand kasb madaniyati kishi umumiy madaniyatining tarkibiyqismi bo’lsada, undan o’ziga xos jihatlari bilan farq qiladi. Kasb madaniyati tushunchasi hamma vaqt u yoki bu shaxsning kasbiy faoliyati “sifati”ni baxolash va xamisha uni yuksak na’munaviy kasbiy faoliyatlar, kasbiy qadiryatlar bilan taqqoslash imkonini beradi. Duyoda hech bir inson tayyor insoniy fazilatlar bilan tug’ilmagani kabi, unga tayyor kasb madaniyati ham berilmydi. Har qanday odamning madaniyat, yaxshilik, adolat, haqiqat, mehr-oqibat, insoniy fazilatlar haqida eshitishi, so’zlashishi lekin anashu fazilatlarni o’zida shakillantirishi va barqarorlashtirishi, hayot tarzida yashash usuliga aylantirilishi boshqa masaladir.
Kishining kasbiy madaniyati o’z kasb korini va unga bo’lgan qiziqishi, muhabbati, bilishi, jamoa orasida o’zini tuta bilishi va bosha ahloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Biz ko’pincha malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarga bir necha savollar bilan murojaat qilishimiz. Sizlar, albatta, madaniyat haqida tasavvurga egasiz, demak kasb madaniyatining nima ekanligini bilasiz. Ehtimol kasb madaniyati yoki madaniyatli inson qanday bo’lishi kerakligi haqida ma’ruza o’qishga ham unchalik zarurat bo’lmasa kerak.
Albatta bilamizda.Siz yaxshisi kasb-hunar kolleji o’qtuvchilariga kasb madaniyati qanday qilib shakillantirish borasida so’zlab bering. Xo’sh qanday kishini madaniyatli inson deya olamiz? Madanyatlilik komillik belgisimi. Kasb madaniyati nimaning hosilasi. U holda komil inson bo’lish osonmi. Xullas savollar ketidan savollar tug’ilaveradi. Xonada bir zum sukut hokum suradi. So’nglar faol tinglovchilar savolga turlicha javob bera boshlaydilar, yaxshi kiyingan xushmuomala inson madaniyati….
Halol - tartib intizomli, oily janob, mehnatkash……..
Rahm-shavqatli, marxamatli kasb madaniyati……….
Kasb madaniyati kasbga, mehnatga, ijodga, ish jarayoni va odamlarga bo’lgan munosabatlar asosida shakillanadi. Zero, kasbiy faoliyat shu ijodiy jarayon, munosabatlardan iborat. Endi kasb madaniyatini pedagogika nuqtai nazardan talqin etib ko’raylik. O’qtuvchilik faoliyati, ta’lim –tarbiya, ma’rifat, ma’naviyat, o’qtuvchilar bilan doimiy munosabatlar jarayonidan iborat. Umuman, madaniyatni ta’lim- tarbiyasiz, bilimsiz, ma’rifatsiz, ma’naviyatsiz, ijodsiz ta’savvur etib bo’lmaydi. Barcha munosabatlarga, moddiy va ma’naviy qadryatlarning asosini, insonning insoniylik sifatlari mazmunini jamiyatning taraqqiyot, ta’lim- tarbiya darajasi, fan imkoniyati, ma’rifat va madaniyat kuchi belgilab beradi. Inson qaysi kasb yoki hunar bilan shug’ullanmasin, doimo munosabat bo’ladi, bu munosabat darajasi, tartibi, saviyasi, uning madaniyatini qay darajada o’zlashtirib olganiga bog’liq. Kasbga o’rganish ham madaniyat va bu jarayonlardagi o’zaro munosabatlqr ham madaniyatdir. Agar o’qtuvchi o’z o’quvchisini kasb hunari yoki dars beradigan fani orqali tarbiyalamoqchi bo’lsa, unga kasb madaniyatini o’rgatmoq uchun eng avvalo o’z fanini yaxshi ko’rishi va yaxshi bilishi uning o’zi madaniyatli bo’lishi kasb madaniyatini yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi lozim. Kasb-hunar yoki fanni sevadi hamda ustoziga o’xshab madaniyatli bo’lishga harakat qiladi. Agar fanni yoki kasb hunarni o’qtuvchining o’zi yaxshi ko’rmasa, uning o’zi madaniyatli bo’lmasa, kasb madaniyatidan bexabar bo’lsa, u holda qanchalik o’quvchilarni majbur qilmasinbaribir bu fan ularga xech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatmaydi, ularni madaniyatli ham qila olmaydi.
Ko’pchilik hollarda o’smir yoshlar I’z o’qituvchilariga taqlid etadilar.O’qtuvchining shaxsiy namunasi o’quv tarbiyaviy ishlarining ko’p jihatlarini belgilab beradi va ma’lum darajada o’qtuvchilarga tanlangan kasb-hunarga nisbatan hurmat-e’tibor qiziqishning shakillantirishga ta’sir qiladi.
Kishining madaniyatli yoki madaniyatsizligi eng avvalo uning ma’naviyatiga dunyoqarashi hayotiy tajribasi, bilim saviyasiga bog’liq. Ma’naviy qashshoqlik hokum surgan joyda madaniyatdan asar ham bo’lmaydi. Hayotda ideal manaviyat mukammallik yo’q. Insonning ojizligi madanyatsizligi shundaki u hayolda madaniyatli yoki insoniy fazilatlar egasi bo’lishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi. Dildan insoniylikka talpinadi, insoniy bo’lishni istaydi, ammo hamma vaqt insoniy bolib qolavermaydi. Madaniyat insonga pinxoniy munosabatlar asosida shakillanadi. Demak, insonga xech qachon tayyor fazilatlar,madaniy munosabatlar berilmaydi. Inson madaniyatga, muomala muloqatiga, munosabatlarga o’rganadi ularni o’zlashtirib oladi va bu borada ko’nikma xosil qiladi.
Kasb kor sohibi barcha yo’nalish munosabatlarga madaniyatli bo’lishni istasa u o’zini barcha munosabatlarga yaxshi bo’lishi zarur. O’qituvchilarni ishlab chiqarish faollashtirishga o’rgatayotlgan o’qituvchishuni yaxshi bilishi kerak. Yosh ishchining o’z kuchini bor imkoniyatiga sarflashi emas, balki egallagan bilimi malaklakasi, o’quvchilardan to’g’ri foydalanish asosida yuqori unumdorlik bilan ishlashi hamda yuqori sifatli maxsulot ishlab-chiqarishi ham madaniyatining bir turidir.
O’qituvchining shaxsiy namuna bo’lishi, uning ish malakasi vainsoniy sifatlari yoshlarga umumiy madaniyat shakillanishiga katta ta’sir qiladi.
O’qituvchilarga xamisha ijodga rag’bat uyg’ota bilgan, raratsnopoliztorlik va ixtisoschilik faoliyatiga o’rgatgan, printsirva sezgir, adolat pasha va samimiy o’qituv chigina boshqalarga o’rnak bo’la olmaydi. Bunday o’qituvchilarga ular murabbiy va tarbiyasining benuqson xulq-atvorini o’zida insoniy sifatlarini, madaniyatini ilg’or kishilar timsolini ko’radi. U hamisha o’qituvchilar ko’z o’ngida o’z kasbkorini ustasi, katta bilim va tajriba egasi, yuksak ishlab chiqarish madanyatini egallagan shaxs sifatida gavdalanadi. O’quvchilar qanday murabbiylardan madaniyat, bilim tajriba o’rganadilar.
II.Bob.Kasbiy –yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyasi
2.1. Kasbiy –yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyasi
Kasbiy-yo’naltirilgan o’qitishtexnalogiyasi deyilganda ta’lim oluvchinalarning kelgusida kasbiy faolyitida muhim bo’lgan shaxsiy sifatlarini, shuningdek, vazifaviy majburiyatlarni bajarishga imkon beradigan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish texnolgiyasi tushiniladi.
Pedagogik amalyot ko’rsatki, kasbiy-yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarini loyihaliy va konsrtruktsiyalashda o’qituvchining birmuncha samarali ishlari kuyidagilar hisoblanadi:
-o’qitishning tashxisli maqsadlarini aniqlash, kutilayotgan natijani meyoriy ko’rsatkichlarga ifodalash;
- mutaxasining bo’lg’usi kasbiy faoliyati kontekstida o’qitish mazmynini asoslash;
-o’quv materiali tuzulmasi va axborot hajmi , shuningdek, uning tarkibiy qisimlari o’rtasidagi aloqador tuzilishini aniqlash:
-o’quv materialini o’zgartirishning talab etilgan darajasi va ta’lim oluvchilar bilimining boshlang’ich darajasini aniqlash:
-tajribaning egallashning maxsus didaktik vositalarini izlab toppish, individual va jamoviy o’quv faoliyatining tashkiliy shakl va metodlarini tanlash:
-o’zlashtirilgan tajribani yangi faoliyat sohasiga ko’chirish maqsadida sub’ekt-sub’eklt munosabatlari doirasida ta’lim oluvchilar bilan pedagogic o’zaro muloqat- faoliyatni tashkil etish mantiqni aniqlashtirish;
-dasturni o’zlashtirish sifatini nazorat qilish va baxolash vositalarini, shuningdek o’quv faoliyatini individual tuzatish (korreksiya) usullarini tanlash.
Taklif etilayotgan algaritimga mos holda kasbiy yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyihalash va konstruksiyalash asoslarini qarab chiqamiz.
Kasbiy- yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyixalash va konstruksiyalashning birinchi va hal qiluvchi bosqichi-bu maqsadlilik bosqichidir. U yaxlit didaktik jarayonning natijaviyligiga bog’liq. Bunda o’qitishning maqsadi pedagog tamonidan aniqlanadi. Bu yerda natijaviylik deyilganda ta’lim oluvchilarning belgilangan maqsadlarga erishish darajasi tushuniladi. Natijaviylik ta’lim muassasalari bitiruvchilarida shakillanadigan kasbiy ko’nikma va malakalar darajasiga ko’ra o’zgarib turadi.
V.P.Bespelko, T.A.I’lina, V.I.Klarin, V.VKraevekiy, V.A.Slatenin, N.S.Sayidaxmedov, O.Rozikov, B.Adizov, O’.Tolipov kabi pedagog-olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida maqsadlilik muammosiga e’tibor qaratganlar. Biroq bu nuammoning ilmiy ishlanganlik darajasi va uning zamonaviy holati umumiy holda aniqlangan. Bundan tashqari, u juda murakkab muammo bo’lib, ko’p hollarda ziddiyatli tasniflangan. Bu hol maqsadni aniqlashga bo’lgan zamonaviy yondashuvlarning nihoyatda xilma –xilligi bilan tushuntiriladi. Misol uchun akademik V.P.Bespol’ko pedagogoik texnalogiyada o’quv maqsadlarini tashxislanuvchan tarzda belgilash lozimligini uqtiradi va bu tushunchaga izoh beradi: “tashxislanuvchanlik deganda ta’lim oluvchilarda egallagan bilim, ko’nikma va baholash tushuniladi.” Olim mavzuning tashxislanuvchan maqsadini belgilash uchun uch shartni taklif etdi:
1). Mavzuga oid o’quv elementlarini boshqa ijtimoiy tajriba tarkibi qismlaridan farq qiladigan darajada aniq ifodalash:
2). Ta’lim oluvchilarning mavzuga oid boshlang’ich bilim darajasini o’lchashning pedogogik vositasi mavjudligi:
3). Ta’lim oluvchilar bilimlarini baholash vositasi.
Agar o’qitish tizimida ushbu shartlar amalga oshirilasa, shubxasiz o’qitish texnologiyasida maqsad aniq belgilangan bo’ladi. Pedogogik kuzatuvlar ko’rsatadiki,mavzu maqsadlari o’quvchi faoliyati, mavzumazmuni,o’qituvchi faoliyati orqali, shuningdek, shaxsining emotsional holatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. B.M. Klarinning takidlashicha, mavzu maqsadlarinibutarzdabelgilash o’qituvchiga darsni tashkil etish va boshqarish bo’yicha biror konstruqtiv ko’rsatma bera olmaydi .
N.Saidaxmedov kotor ishlarida ta’limiy uchlik:”maqsad- jarayon (vosita)-natija”ning chetki ikki “xalqasi” yordamida maqsdlarni aniqlashni taklif etadi, ya’ni kutilmayotgan natijalar asosida maqsadni belgilash lozimligini e’tirof etadi.
Bizningcha j, o’qitish maqsadlarini aniqlashga faolyatiy yonda shuv ta’lim oluvchilarni kasbga yo’llash nuqtoi nazridan birmuncha maqbul hisoblanadi.
O’qitish maqsadlariga qo’yiladigan asosiy talblar: tashxislanuvchilik, xayotiy zaruratlik, real erishuvchanlik, aynanlik, sinovchanlik, tizimlanganlik va to’lalik. Ular bo’lajak mutaxassis shaxsning barcha asosiy muhim kasbiy sifatlari bo’yisha aniqlanadi.
Tashislanuvchanlik shaxsda shakillanayotgan sifatlarining nechog’lik aniq ifodalanganligini, ularni boshqa har qanday sifatlardan xatosiz aniqlash mumkinligi, usul, vosita, tashxislanayotgan sifatlarni ajratish uchun mezonlar mavjudlkigini, o’lchov natijalariga tayanadigan baxolash shkalasining borligini bildiradi. Hayotiy zaruratlik maqsadlarining o’ylab topilmasligi va o’z –o’zidan berilmasligini, aksincha, talab etishni, buyurtma berilishini anglatadi. O’quv avditoriyasidan hayotga yo’llanma olgan mutaxassis faoliyat ko’rsatishga, maslalarni ijodiy yechishga tayyor bo’lishi lozim. Uning vazifasi faqat o’rganilgan o’quv materiallari mazmunini qayta aytib berishdan iborat emas. Maqsadga real erishuvchanlik o’qitish shart-sharoitlari, ta’lim muassasasining moddiy ba’zasi bilan bog’liq. Agar qandaydir sabablarga ko’ra ta’lim olish uchun shart-sharoit yetarli bo’lmasa, unda maqsadlar to real sharoitga mos kelguncha qadar kamaytiriladi.
Maqsadlarni aynan aniqlash o’qitish mazmuni, metod, vosita shakillarni ishlab chiqish, shuningdek hayot talabalarini qondiradigan natijalarni nazorat qilish uchun zarurdir. Shu boisdan maqsadlar faqat nomlanmaydi, balki turlicha ko’rsatgichlar bilan tavsiflanadi. (masalalarni yechish to’g’riligi ma’lumotnomadan foydalanish imkoniyati va boshqalar). Sinaluvchanlik o’quv maqsadlarini tarqoq holda emas, balki aniq ifodali zarurligini ko’rsatadi (qaysi darajada, nimani uddalash lozimligi va boshqalar). Tuzumlanganlik va to’liqlik o’quv fanlarining yaxlit (tizimli)ligi, uning mutaxassisni tayyorlash o’quv rejasidagi muayyan o’rin bilan bog’liq.
Dastlab didaktik maqsadlar aniqlanishi kerak. Ularga erishishi uchun ta’lim mazmuni belgilanadi.
Ta’lim mazmunining asoslash-didaktikaning muhim va ananaviy muammolaridan biri sanaladi. Ta’lim mazmunining ijtimoiy mohiyati va pedagogik voqelik ekanini etiborga olib, uni ta’limiy tizimiga qaratilgan ijtimoiy buyurtmaning pedagogik model sifatida aniqlash mumkin. Bu model ko’p darajali perarik tuzilmaga ega. Ta’lim mazmunini shakillantirishda o’ziga xos chegaraviy omil o’quv vaqti byudjeti, ta’lim muassasalarining o’quv-metodik va moddiy –texnika bazasi holati hisoblanadi. O’qitish mazmunini shakillantirish tamoyinlari va mezonlari o’qtuvchiga o’quv jarayonida o’qitish maqsadlarini ilmiy asosda joriy etishga imkon beradi.
4. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda kasb tanlashning o’ziga xos xususiyatlari.
Darsda kasb tanlash masalalarini taxlil qilish usullari har xil bo’lishi mumkin. O’qtuvchi kasblar haqidagi masalasini suxbat tegishli adabiyotlarni tavsiya etish, o’quvchilarga aloxida-aloxida yopshiriqlar berish, munozara o’tkazish insho ishlab chiqarish mazmunidagi vazifalar berish, mutaxassislar bilan uchrashuv va boshqa shakillarda yoritadi. O’quvchilar matematika darslarida ustaxonadagi amaliy ishlarda va zavodda turli xisoblashlarga har xil geometric yechimlarga duch keladilar. Bu hol matematika o’qtuvchilariga o’z predmetini o’quvchilarning unumli mehnati bilan bog’lanish amalga oshirish imkonini yaratadi va ular: a) o’quvchilarning matematika nazriyasini puxta bilib olishiga hamda hisoblash apparatini o’zlashirishga erishadilar: b) ularga matematikani amalda qo’llashni yaratadilar: v) o’quvchilarda muayyan (hisoblash grafika va hokozalar bo’yicha) ko’nikma va malakalar hosil qiladilar: g) o’quvchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi matematik asosni ko’ra bilish iqtidorini rivojlantiradilar. Mazkur bog’lanishni amalga oshirishda o’quvchilar matematika bo’yicha olgan bilimlar mehnat uchun ilmiy asos bo’lishini, mehnat esa o’z navbatida darsda olgan bilimlarni umumlashtirish va ongli ravishda o’zlashtirish uchun aniq material bo’lishini nazarda tutadi. Bunday faktlar jonli tabiatda ham allaqachonlar o’z ifodasini topgan, deydi o’qtuvchi. Hayvonlar va o’simlikalr, shunigdek, ularning ayrim organlari evalyutsiya jarayonida fizialogik vazifalarni bajarish chegaralarida eng tejamli shakillarga kirganki bu shakillar energiya va jonli qurilish materialini to’g’ri sarflash, bo’shlikga issiqlik chiqib ketishni kamaytirish, sklet suyuqliklarining mustaxkamligini oshirish, kamupikatsiyani maksimal darajada qisqartirish, ularning o’tkazish qobilyatini oshirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham daraxtlarning tanasi, ildiz va shoxlari ko’ndalang kesimi doiradan iborat silindir shaklidaligi bejiz emas. Bu shakl materialni eng kam sarflab, oziq moddalarni o’tkazish qobilyatini kuchaytirib, yuqori darajada mustaxkamlikni ta’minlaydi. Xuddi anashu sababga ko’ra hayvonlarning ba’zi suyaklari, vena va arteriya qon tomirlari, bo’g’im va gavdasi taxminan doirasimon ko’ndalang kesmga ega. Ichki a’zolari: miya, ko’z, buyrak, yurak, o’pka o’zining funksional vazifalariga ko’ra sferik shaklga ega. U yoki bu darajada dumaloq shakilga yaqin. O’tuvchi bu ishni quyidagicha tashkil etishi mumkin.

  1. Kasb tanlashning ahamiyati haqida kasblarning ko’p kasblar uchun matematikaning ro’li haqida suxbatlar. (“Matematika va hayot,” “Odamlar matematikasiz qanday yashaganlar” va hokozo)

  2. Matematika kerak bo’ladigan kasblar to’g’risida dokladlar sobiq o’quvchilarning o’z kasblari va ana shu kasblarida matematikaning roli to’g’risidagi chiqishlar.

  3. Ishlab chiqarish mazmunidagi masalalarni yechish

  4. Devoriy matbuot orqali kasbga yo’naltirishi

Ifodalangan shakillarda kasblarga yo’naltirishi ishchilarni olib boradigan matematika o’qituvchilarni o’quvchlarga xilma-xil kasblar olishni yaratib berishdan tashqari ularning qiziqishlarini moyilliklarini ham o’rganadilar, anashu sifatlarni tarkib topdirishi va rivojlantirishi ustida hamishlaydilar. Fizika darslarida ta’limni o’quvchilarning unumli mehnati bilan bog’lash uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu fan zamonaviy texnikaning asosidir va shunga ko’ra maktab o’quvchilarga fizika bo’yicha chuqur va puxta bilimlar berishi uchun, bu bilimlarni amalyot bilan bog’lash uchun kurashmog’I zarur. Fizika o’qtuchisi o’quvchilarning shaxsiy amalyotlaridan fodalanmasligi mumkin emas. Shuning uchun ufizikaga doir amaliy va labaratoriya ishlarini ishlab chiqarishi bilan chambarchars bog’lab amalga oshiradi. Masalan “Richaklar” mavzuni o’rganishda richagning turli asboblarda (chayka, kalitida, qaychilarda) qo’llanilishi hollardan foydalaniladi.
9-sinifda elektrni o’rganishda juda ko’p amaliy ishalar o’tkaziladi. Ulardan o’quvchilar zavod energetikasi, uning xo’jaligi bilan o’lchov asboblari bilan tanishadilar, ularning ishlatishga yaroqliligini aniqlaydilar, tokning kuchi va kuchlanishiga qarab o’tkazgichlarni to’g’ri tanash uchun hisoblashlarini bajaradilar. Olimlar fizika o’qituvchilari o’quchilariga ilg’or ishchilar qanday qilib yuqori mehnat unumdorligiga erishishlarini, ular tabiat qonunyatlariga doir bilimlar yordamida o’z ixtisoslashning nozik jixatlarini o’zlashtirishlarini tushuntiradilar 7 sinf fizika kursida kuchlarning qo’shilishi va bo’linishini o’rganishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi toshiriqlarni berishi mumkin. O’quvchilar oldida ular ilgari hech o’ylab ko’rmagan holler nomoyon bo’ladi. Pluglar ko’tarilishi bilan traktorning tezligi ortadi. Bunda traktorchi tezlikni o’zgartirmasa ham traktor matorining tovishi pasayadi. O’quvchilarda bilimga extiyoj paydo bo’ladi va tushunarsiz hodisaga taajublanishi vujudga keladi. O’quvchilar o’zlari kuzatgan narsa va hodisalar haqidagi aniq tasavvurlarini ilmiy umumlashtirishga bog’laydilar. Texnikada burilish yasaydigan kashfiyotlar to’g’risidagi hikoyalar katta tarbiyaviy axamyatga ega. Yer yo’ldoshida yil bo’yi Quyosh enegiyasi hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqargan gelrostansiyalarhaqidagi Quyosh batareyalari haqidagi Quyosh energiyasidan foydalanishi haqidagi hikoyalar uchuvchilarda Vatanimiz bilan faxrlanishni, mehnat va ilm axliga hurmatni mehnatga intilishini, insonga juda ko’p yordam bergan lekin hali unda hamma narsa amalga oshirilmagan fanga yangi yo’llar topish ishtiyoqini vujudga keltiradi. Fizika darslarida fan va texnika yutuqlar bilan tanishishi o’qitishning ko’proq ilmiyligini ta’millashda shubxasiz yordam beradi. Masalan, maktab fizika kursida o’zgarmas tok qonunlarini o’rganishni hozir fanda qobul qilingan electron nazaryasi asosida amalga oshirishi kerak. Chunki jarayonlar mehanizmi yoritmasi,o’quvchular madaniyatining tuzilmasi va undagi elektr jarayonlarning mohiyati haqidagi materiallarni, ilmiy bilimlarni o’zlashtirishda qiynaladilar.
Fizika-texnikaning asosi bo’lib, fizika qonunlarining ahamiyatini insonning o’zgartiruvchilik faoliyatiga fizikaning roli texnika misollari bilan yoritmoq ifodalash mumkin.
O’qtuchi o’quvchilarni fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari bilan tanishtirishni fizikani o’rganishning dastlabki qonunlaridan boshlash lozim.
Bunda o’tuvchi axborot uchun quyidagi xaqiqiy materiallardan foydalanadi

  1. Elektrasitatik elektirlashtirish (elektr saporator, elektr bo’lgich, elektr filtirlar, shtanpovkalash, uchquni aorizator va kandensatorlarni) qo’llash.

  2. Materiallarning o’tkazuvchanligi.

  3. Magnitlar va Elektramagnitlarning (tashish uchun magnit maydoni, magnit defektoskopi, induksiya pechi, magnitli yig’ish va meditsinada magnitizmni) qo’llanishi

  4. Elaektr toki generatorlari (quyosh elektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, shamol qazonlari, suv elektr stansiyalari)

  5. Mamlakaatni elektrlashtirish

  6. Elektr energiyasini uzatish (yagona energiya sistemasi)

  7. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida elektr (qishloq xo’jaligida, fizifa transportda elektr, meditsinada elektr)

O’qituvchi fan va texnika yangiliklarini muntazam yoritishi uchun:

  1. Fizika hodisalarini yaxshiroq aks ettiradigan.

  2. O’quvchilar tushina oladigan.

  3. Dasturdan tashqariga chiqmaydigan.

  4. O’quvchilarni kelajakdagi amaliy faoliyatiga tayyorlashda ko’proq yordam beradigan materiallarni tanlash kerak.

Mehanikaning ikkinchi qonunini o’tishda o’qtuvchi bir o’quvchidan “Siz tosh yo’lda yukli mashina yuksiz mashinaga qaraganda tekisroq yurishiga e’tibor berganmisiz?” – deb so’raydi.
O’qtuvchi o’quvchilarga murojat qilib shunday deydi. “Lakmatov mashinisti parovoz o’z joyidan kekin qo’zg’alsa, poezd uzilib ketishi mumkinligini bilishi muhimdir. O’qtuchi jisimlar muvozanatini turg’unligini o’rganishda quyidagi maslasni ko’rib chiqadi.” “Uchta bir xil mashinaga og’irligi baravar yuklar: biriga g’isht , ikkinchisiga o’tin va uchinchisiga pichan ortilgan. Qaysi mashinaning muvozanati turg’unroq?”
O’quvchilar bu masalalarni hal qilishda qiynalmaydilar. Ular muvozanat turg’unligi o’irlik markazi yer yuziga qnday oraliqda tushishiga bog’liqligini biladilar. Bu oraliq pichanga eng ko’p va g’ishtda eng kam bo’ladi. Bundan bo’ljak haydovchilar pichanni juda extiyotlik bilan eltishlari kerakligini eslab qoladilar.
V.P.Demkovichning o’rta maktab uchun fizika bo’yicha savollar va masalalar bo’yicha 83-nomerli masala ham berligan bo’lib, unda reaksiya tezligini tekshirishning oddiy usulini ifodalangan. Tekshiruvchi biror usul bilan bandbo’ladi. Mana chizg’ich tushirilgan, uni kaft bilan turtib to’xtatish kerak. H=gt2/2 formuladan tushish vaqti reaksiyaning tezligi topiladi: t= bunda g=9,8M\c2=dir.
O’qtuchi qysi kasbdagi kishilar reksiya teligini bilishlari kerak? Deb so’raydi. O’quvchilar ehtimol avtomashina haydovchilarini mashinistlarini, o’quvchilarni aytadilar. O’qtuvchi anashu haqda o’quvchilar bilan “Ish, quvvat va energiya” mavzuni o’rganishdayoq gaplashadi. Unda tormoz yo’li mashinaning massasiga bog’liq bo’lib, yengil avtomabilga qaraganda og’ir avtomabilni to’xtatish qiyinroq bo’ladi, telikning normadan ikki baravar ortishi boshqa bir xil sharoitlarda tormoz yo’lining to’rt baravar ko’payishiga olib keladi. Shuningdek, formuladan tormozlarning yo’li ko’rinadi.
Ikkinchidan, ko’pchilik o’quv muassasalari haligacha kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislar bilan to’liq ta’minlanmagan. Achinarlisi, ularning ta’lim tuzimidagi moilaviy hamda huquqiy mavqeyi faoliyat doirasida belgilanmagan. Shuningdek, kasbga yo’naltiruvchi pedagoglarning puxta bilim olishi, ularning metodik qo’llanma, tashxis vositalari va tegishli adabiyotlar ta’minlanish masalasi ham talab darajasida emas.
Haqiqatdan ham bu borada o’tkazgan pedagogik- psixalogik kuzatishlarimiz, tajribalarimizda yuqori sinf o’quvchisi birinchi galda sinf jamosining a’zosi sifatida, pedagogic ta’sirning sifatida nomoyon bo’ladi. Bu o’rinda qishloq maktabi yoki O’MKHT o’quv muassasalarining har bir o’quvchisining ijtimoiy shakillanishi masalasi kunlik rejimi va murakkab jarayon sifatida o’rganildi. Turli psixologik omillar bu jarayonga ijobiy va salbiy tasir ko’rsatishi mumkinligi taxlil qilindi.
Haqiqatdan ham pedagogik- psixologik adabiyotlar mushohadasi shuni ko’rsatadiki, muayyan kasbni tanlashi lozim bo’lgan o’quvchi shaxsining shakillanishi bu kasb, yani paxtakor- mexanizatorlik kasbiga o’quvchining shaxsiy munosabati, bu munosabatning qachalik ongli darajada ekanligi, o’quvchi faoliyatining o’quv va ishlab chiqarish jarayonidagi birligi, ma’lum ishlab chiqarish borasida mehnat sharoitining ustoz- shogirtlik, murabbiylik ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi singari muhim omillarga bog’liqdir.
Bizning fikrimizcha, kasbga yo’naltirish samaradorligi quyidagi sharoitlarga, bog’liq bo’lishi mumkin:

  • O’quvchi qishloq xo’jalik mehnatining ijtimoiy qimmatini yaxshilash tushunsa;

  • Mehnat sharoitlari fermer jamoa xo’jaliklari mehnatkashlarining hozigi zamon talablariga to’la javob bera olsa;

  • O’quvchilar o’z qurblari yetgan mehnatni jamiyatga foydasi tegadigan darajada bajara olsalar;

  • Oilalarda va murabbiylik harakatlarida o’quvchilarda bu kasbga nisbatan ijodiy intilish hosil qilinsa.

Ta’lim tarbiya jarayonini shunday tashkil etish, bizning nazarimizda, o’quvchilarda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda yuksak masulyatni xis qilish qat’iyat ko’rsatish va pirovard natijaga erishish, o’z-o’ziga talabchanlik, qishloq xo’jalik texnikasiga havas, ona zamin va tabiatga nibatan extiyotkorlik bilan munosabatta bo’lish, o’z kasbiga ijodiy yondashish kabi zarur fazilatlarni tarkib topdiradi. Ko’p yillik pedagogic tadqiqotlar va olib borilgan ommaviy tajribadan kelib chiqqan holda quyidagi muammolarni bajarishni oldimizga vazifa qilib qo’ydik.
1.Respublikamiz qishloq umumta’lim maktablari va O’MKHT muassasalarida kasb tanlash va kasbga yo’naltirish sohasining tarkibiy-funfsional tuzilish tahlilini amalga oshirish.
2. Qishloq maktablari yuqori sinf o’quvchilarining hayotiy rejalarini taxlil etish, bu rejalarning bolaning qishloq xo’jaligi kasblaridan birini tanlash yo’lidagi o’ziga xos jixatlarini aniqlash.
3. O’quvchilarning mexanizotrlik kasbini tanlashida pedagogik-psixologik ta’sir shakllari va usullarining qanchalik samara berish darajasini;
4. Qishloq maktabi va ommaning hamkorlikdagi ijodiy ta’sirida o’quvchiga mexanizotorlik kasbiga qiziqishning ortishi jaroyonini o’rganishi;
5. O’quvchi qiziqishini mexanizotorlik kasbga yo’naltirish psixalogik-pedagogoik tizimni ishlab chiqarish, tarkib topayotgan tadqiqot vositasida qiziqishning samaradorligi va mustahkamligini aniqlash;
6. Qishloq umumta’lim maktablarida kasbga yo’llash ishlari borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Ma’lumki, pedagogik-psixologiyaning barcha sohalarida bo’lagani kabi taxlil etilayotgan mavzuning ham asoschisi va rivojlantiruvchilari M.G.Davletshin, E.G’oziyev, N.Shodiyev, Z.Karimova, A.Jabborov, J.Sotiboldiyev, M.Ochilov, T.G’affarova,, Z.K.Ismoilova, I.Karimov, E.Choriyevlardir. Pedagogik-psixalogik tuzim tavsiyalarini ishlab chiqishda ularning ilmiy-ommaviy ishlariga suyandik. O’MKHT va umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga qiziqishlari samarali bo’lish uchun quyidagilar talab etiladi.

  1. O’quvchilarda kasbga qiziqishni bosqichma-bosqich o’stirib borish.

  2. Ularni bosqichma-bosqich kasb haqidagi bilimlarga ega qilish.

  3. Aniq tasavvur etuvchi kasbiy faoliyati haqida o’simirlarda dastlabki kasb ko’nikmasi hosil qilish, bu ko’nikmaning o’smir psixalogik rivojlanishiga mos bo’lishini ta’minlash.

Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan, akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd qiladi: a)jamiyat manfaatlari yo’lida mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to’g’ri anglash; b)muayyan kasb-hunarlar xaqidagi bilimlarga ega bo’lish; v)o’z-o’ziga to’g’ri baho bera olish.
Tajribalarimiz Respublikamizning Qashqadaryo viloyati qishloq umumta’lim maktablarida o’tkaziladi. Yuqori sinf o’quvchilarining ishlab chiqarish jarayoniga ishtirok etishlari ularning qishloq xo’jalik mehnatiga psixalogik tayyorlanishiga muhim omil bo’lishini, shuningdek, mehnat ta’limi, biologiya, fizika, kimyo, fizyalogiya, gigiyena fanlarining o’qitilishini o’quvchilar kasb tanlashga ta’siri nuqtai nazardan taxlil qildik. Bu borada har bir bosqich tajriba ishida o’ziga xos metadologiya va tavsiyanomalar ishlab chiqdik. Viloyatning Chiroqchi, Qamashi, Qarshi, Koson, G’uzor tumanlarida kuzatuva tadqiqot ishlari olib borildi. Shuningdek, 347ta qishloq maktabi va9 ta O’MKHT ko’llejlarida”Men kim bo’lishni istayman?”,”Men mexanizatorlik kasbiga qanday munosabatdaman?”, “Mexanizator bo’lish osonmi?”,”Mening kelajakdagi kasbim” mavusidagi insho,bayon kabi yozma ishlarini sinchiklab o’rganib chiqdik. Yozma ishlar yozdirishdan oldin o’quvchilarga ularning mexanizatorlik kasbidan qay darajada xabardorligi, bu kasbning o’ziga xos qiyinchiliklari mexanizatorlikning texnik-psixalogik talablari haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savollar berildi. Tajribamiz davomida tuzgan mexanizatorning psixo-fiziologik sifatlarini ifodalovchi professiogramma kasb tanlash bu kasbga yo’naltirish ishlarini bajarishda yordam beradi. Nihoyat, yuqori sinf o’quvchilarini mexanizatorlik kasbga yo’naltiruvchi maxsus tajribalar o’tkazildi.

  1. O’rganilayotgan fan asoslari, mehnat ta’limi va sinfdan tashqari ishlari vositasida o’quvchilarni kasbga qaratilagan tadbirlar.

  2. Maktab o’quvchilarining o’quv tarbiya maydonlarida, maktablar aro o’quv ishlab chiqarish brigadalarida, shaxsan o’z mehnatlari bilan ishtirok etishlariga yo’naltirilgan tadbirlar.

  3. O’quvchilarning mexanizatorlik kasbiga ijobiy kasbini munosabatani shakillantiruvchi tadbirlar.

Kasbga yo’naltirish asosini ishchi kuchlaridan omilkorona foydalanish, sog’liqni saqlas,insonning mehnat va ijodiy qobilyatini o’stirish, kasbiy mehnat jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, hamda kishining o’z kasbini ongli ravishta, o’z manaviy ehtiyoji talabi bilan tanlashiga erishishi kabi muhim omillar tashkil etadi .
Tarbiya jarayonida o’quvchining qobilyatlari, bu qobiliyyatlarning rifojlanish bosqichlari, u yoki bu kasb haqida muayyan malumotga ega bo’lish, bolalar psixologiyasini xisobga olish talab etiladi.
Kasbga yo’naltirish ishlarining tarixan shakillanganbosqichlari asosida biz tomonimizdan bu tizimining uch unsure aniqlandi:
1. Tashkiliy-texnik.
2. Tibbiy-psixologik.
3. Pedagogik-psixologik.
Respublikamiz sharoitida ksbga yo’llash tizimi va uning vazifalari o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega .Qashqdaryo viloyati regional jixatdan ham tabiiy sharoitlari jihatdan ham respublikamizning boshqa viloyatlaridan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, paxta terish mashinalarini qayta ko’rish, paxtani tez sifatli tez nobut qilmay yig’ishtirib oladigan kambayinlar yaratishni talab qilmoqda. Shunga ko’ra, mexanozatorlik kasbi o’zining yangi cho’qqilari sari ko’tarilishi uchun yanada ko’proq yangi, ijodiy fikrlovchi, texnikani tashkillashtiruvchi kadrlarni talab etadi. Mexanizator esa paxtachilikda hal qiluchi shaxs sanaladi.

Xulosa.


Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari vohamizning turmush darajasini yetakchi demokratik davlatlar ko’rsatkichiga chiqarish bosh maqsadlardan biri qilib belgilangan. Ma’lumki Respublikamiz aholisining ko’pchiligi qishloq yerlarida istiqomat qilib mehnat bilan mashg’uldirlar. O’quvchilarga o’zlarining qiziqishlari asosida kasb tanlashga yo’llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta’limi darslari va tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash imkoniyatlari chegaralanganligi sababli ularni to’garak faoliyatida amalga oshirish mumkin.To’garaklarda o’quvchilarni bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga yo’naltirish imkoniyatlari kattadir. Ishni bajarish davomida quyidagi xulosalarga keldim:

  1. Ta’lim –tarbiya jarayonida olib boriladigan kasbga yo’llash ishlarini uzviyligini ta’minlash maqsadida to’garaklar faoliyatiga bog’lagan holda ushbu ishlarni davom qildirish yaxshi natija beradi.

  2. To’garaklada bajariladigan ishlarni o’quvchilarning tabiiy fanlardan va mehnat ta’limida o’rgangan qonun qoidalarga xodisalarga bog’lab tushintirish ta’lim samaradorligini oshiradi.

  3. To’garaklarda bajariladigan ishlar rejasiga bog’lab kasbga yo’naltirish ishini mazmunini belgilash natija beradi.

  4. Qishloq xo’jalik kasblari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni to’garakda bajariladigan ishlar bilan fan predmetlarida va mehnat ta’limidan olgan bilimlar bilan bog’lash o’quvchilarda politexnik dunyoqarashni kengaytiradi.

Adabiyotlar.




  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutyasi.-T.: O’zbekiston, 1992.-48b.

  2. “Ta’lim to’g’risida ” O’bekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq ta’limi” jurnali. 1997, 5-son. 4-6-b.

  3. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Xalq ta’limi ” jurnali, 1998, l-son 3-39-b.

  4. Karimov I.A. o’zbekiston xxl asr bo’sag’asida: havfsizlikga taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: O’zbekiston, 1997.-326b.

  5. Karimov I.A. barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyyotining poydevori.-T.: 1997-64-b.

  6. Azizxo’jayeva N.N “Pedagogik texnologiya va pedagogic mahorat” (o’quv qo’llanma) Toshkent 2003 y.

  7. Torskiy V.Ya va boshqalar. “Texnik ijodkorlik va qishloq xo’jalik tajribaligi bo’yicha sinfdan tashqari ishlar”-T.: “O’qtuvchi”, 1991-179-bet.

  8. Torskiy V.Ya. idr. “Texnicheskoe tvorchetvo iselvskoxozlistvennoe okiytnechestvo vo vneklyassioy rabota ugashilshsa”-M.: Pravshenie, 1989-207 str.

  9. Molodobrava O.S. Izgotovlenie igrushek suvenuv-M.: “Proevisheniye”-1990-167 str.

  10. Stolyarov Yu.S. idr. Texnicheskoe tvorchetvo ugashixsya.-M.: “Proveshenie”,-1989-223 str.

Internet saydlar.
W w w.ziyonet.uz
W w w.pedagog.uz
W w w.ziyouz.uz
W w w.google.uz
W w w.phy.whu.edu.tw
Download 115,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish