Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:
1 - bosqichdaquvuro`tadigantrassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 3.3.1 - rasmda ko`rsatilgan.
2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.
Mahsulot tashiladigan quvurlar to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi va tashiladigan mahsulot qovushqoqligiga qarab to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligining 1…5 % gacha qiyalik bilan o`rnatiladi, bunda mahsulot qancha quyuqroq bo`lsa, qiyalik shuncha katta bo`ladi.
Qiyalik i = h / AC (3.3.1)
bu yerda h - tushish balandligi, m; AC - to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi, m
Do'stlaringiz bilan baham: |