Ertakni tanlay bilish katta axamiyatga ega. Maktabgacha garbiya yoshidagi
bolalarga devu-parilar, shayton, yalmog‗iz kampir, alvasti, ajina, suv parisi va shu
kabilar gapiriladigan -ertaklarni aytmaslik kerak. Bunday ertaklarni katta yoshdagi
bolalarga
tavsiya qilish mumkip, negaki ular bu vaqtda anchagina bilim olgan
bo‗ladilar va afsonalarga ishonavermaydilar. Bunday bilim ularning ertakdagi turli-
tuman devu parilar, yalmog‗iz kampir va umuman boshqa ana shunday baxaybat
maxluqlar ertakka atayin kiritilgan obrazlargina ekanligini, b\ obraiarda insonga
yomonlik sog‗inuvchi yod g‗oyalar ifodalanganligini tushunishlariga imkon beradi.
Kichik yoshdagi bolalarga esa devu parilar va boshqa
shu kabi obrazlari haqiqiy
bor obrazlar bo‗lib tuyilishi, bolanipg xayoliga g‗ul-g‗ula va daxshat solib, uni
chalkashtirib yuborishi m\ mkin.
Yosh bolalar uchun eng yaxshi ertaklar xayvonlar xakidagi ertaklardir. O‗zbek
xalq ertaklari xazinasida bunday ertaklar juda ko‗p va ular juda yaxshi ertaklardir.
Xuddi shuningdek, O‗zbekistondan boshqa xalqlarda xam yaxshi ertaklar ko‗p.
Bola katta bo‗la borishi bilap kishilarning bir-biriga
munosabati haqidagi
ertaklarga ko‗chish mumkin. Afandi xaqida ko‗p qiziq dostonlar bor, ammo
ulardan odamni g‗irt axmok qilib ko‗rsatmaydigan ertaklarni tanlamoq kerak.
Yaxshi kishilar yoki bolalar xalok bo‗lib ketadigan kayg‗uli ertaklarni aytib berish
kerak emas. Umuman aytganda, bolani xarakatga undaydigan, o‗z
kuchiga
ishonch, xayotga ishonch bilan qarashga odatlantiradigan ertaklarni aytib berish
ma'quldir. Yordamga muxtojlarga xayrixoxlik ularni notavon va ojiz ki';::!g‘!' 'ch-
tasavvur qilishga aylanib ketmasligi kerak. Zulmning daxshatli xolatlarini
tasvirlovchi ko‗rinishlarni katta yoshdagi bolalargagina ko‗rsatish mumkin.
Kitoblarni sotib olishda yirik xarflar bilan chop etilgap, rasmlari ko‗p
xamda
mazmuni tushunarli bayon etilganlarini olish kerak. unday kitoblar bolalarda
o‗kishga bo‗lgan kiziqishni uyg‗otadi, shuningdek, savod chiqarish yo‗lidagi
muayyan kiyinchiliklarni yengiptga yordam beradi.
Savod o‗rgatishdan bolalik xayotining ikkinchi davri - o‗qish va bilim orttirishga
bag‗ishlangan davri boshlanadi.Bu davrda bola xayotida maktab eng muxim o‗rin
oladi, ammo bundan aslo, ota-onalar o‗z bolalarini
tarbiyalash vazifasipi unutib,
faqat maktabgagipa tayanishlari mumkip.degan ma'no chiqmaydi. Aksincha, ota-
onalarning oiladagi madaniy tarbiya ishlari, xamma oila a'zolarining madaniy
muomalasi, xuddi shular bolaning maktabdagi o‗qishi uchun, o‗qishining sifati va
g‗ayrat bilan o‗qishi uchun, o‗qituvchilari, o‗rtoqlari va butun maktab tashkilotlari
bilan to‗gri munosabatda bo‗lishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: