2.2. Real Sektor tarkibiy tuzulishini takomillashtirish va unga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish – bu milliy
manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va nihoyat,
aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab
chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur
o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning,
istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi
farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng
asosiy shartlaridan biridir.
Tarkibiy o‘zgartirishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag‘batlantirish
iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hozirgi davr yangi
texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash islohotlarni
chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish butun milliy
iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida
rivoj topadi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina
rivojlantirish mumkin. Shuning uchun yirik tarmoqlarga investitsiyalarni
davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar boshqalarga nisbatan jadal
o‘sib boradi. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham
o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
neft-gaz sohasining rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati
tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu nafaqat energiya
manbalarini eksport qilish imkonini beradi, balki turli kimyoviy
xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga
imkon yaratadi.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport
salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr
boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida
rivojlanadi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish qoidasi amal qiladi, chunki
iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.
Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisob-
kitoblar asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
1) Rivojlanish istiqbollari;
2) Faoliyat samaradorligi;
3) Investitsion xatarlar.
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi,
ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet
tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati
holati ta’sir qiladi.
Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni moddiy ishlab
chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan
to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta’minlaydi.
Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga
mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, foiz
stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.
XULOSA
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini, shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda inflatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborot ob’ektlari hisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |