O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim



Download 163,73 Kb.
bet2/13
Sana14.06.2023
Hajmi163,73 Kb.
#951122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Pulga talabning Azimboyeva Nasiba

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiskal siyosatining ahamiyatini o’rganish va xulosalar berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
-Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning mazmun mohiyati va ahamiyatini o'rganish;
-Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning tashkiliy-huquqiy asoslarini o’rganish soliq siyosatini amalga oshirish holatini tahlil qilish;
Kurs ishining predmeti sifatida Pul bozori. Pul bozorida muvozanat oshirish jarayonida, ya'ni davlat byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida hamda xarajatlardan samarali foydalanishda jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.
Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi hamda davlat byudjetining faoliyati belgilab olindi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiskal siyosatini ahamiyatini oshirish masalalarini o'rganish natijasida tadqiqot yuzasidan erishilgan yutuqlardan talabalar kelgusi ishlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I. BOB PUL BOZORI. AGREGATLARI. PULGA TALABNING NAZARIYASI.
1.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. Pulga talabning klassik nazariyasi.
Pul – iktisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshka turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra fark kilad: birinchidan, pul yukori likvidliliklar, ya`ni kiska muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshka buyumga ayirboshlanish kobiliyatiga ega; ikkinchidan baxolar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki xech kanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshka mulk turlarinikidan ancha kam. SHunga karamasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik kilishga xarakat kiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funktsiyasi mavjud deb karaladi.
Bular : 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); kiymat o`lchovi vositasi,. jamgarish ( boylik to`plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yukori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov vositasiga aylantiradi. Xozirgi zamon iktisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan amalgam oshiriladi: 1) nakd pul to`lovi; 2) bankdagi xisobvaraklarda yozuv orkali, ya`ni nakd bo`lmagan pul ko`chirish orkali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga karzdorliligini tasdiklovchi xujjatlar( veksellar, karz majburiyatlari) yordamida.
Kiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlar baxosini ifodalaydi va turli tovarlar kiymatini takkoslash imkonini beradi.
O`z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim xam birdaniga ishlatvermaydi. SHu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan kiymatni saklab turishlari juda muxim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maksadida jamgariladi. Pulning bu funktsiyasini mukobil tarzda mulkning boshka turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko`chmas mulk xam bajarishi mumkin.
Rivojlangan iktisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi jamgarish vositasi vazifasiga nisbatan muximrok ao`xamiyat kasb etadi.
Pulning yukori likvidliligi va kiymatni saklab turishi xususiyatlar barcha turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Nakd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga karaganda yukorirok. SHu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniklashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va mikdori turli mamlakatlarda o`zaro fark kilish mumkin. Kuyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshkalar;
M2 =M1 + (mikdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshkalar ;
M3 = M2+(mikdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshkalar”*
Makroiktisodiy taxlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga boglik. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezrok o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezrok o`sadi. Pulning mikdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniklaydi:

Download 163,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish