O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim iqtisodiyot


Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972



Download 68,29 Kb.
bet5/5
Sana16.05.2023
Hajmi68,29 Kb.
#939158
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yevropa davlatlarida pul agregatlari

Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki qadamlarni qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

  • barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish;

  • qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish.

Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o`z ichiga oladi:

  • mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o`zining oxirgi pul funktsiyasini saqlab qoldi;

  • Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o`lchash hamda xalqaro kredit to`lovi vositasi sifatida qabul qilindi;

  • boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni, AQSH xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs bo`yicha almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi. Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli darajada tebranmagan;

  • valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o`zaro almashtirish, oltin va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan;

  • barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga nisbatan, o`z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning bozor kursi, oltin yoki
    dollarda belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og`ishi mumkin emas
    edi. Paritetlarning o`zgarishi, to`lov balansidagi buzilishlar barqaror tus olsagina,
    mumkin hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko`lamining ommaviy tus olishi bilan,
    oltindan foydalanish hajmi keskin pasaydi;

  • valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF tomonidan amalga oshiriladigan bo`ldi.

O`tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o`sib kelayotgan jahon xo`jaligining baynalmilallashuvi, TMKlarning valyuta sohasidagi chayqovchiligining boshlanishiga qarshilik qilardi.
Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi tizimiga aylanib bordi. O`tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi orqaga siljish, va asosan, G`arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining o`sishi natijasida dollarning qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo`lgan dollar zahiralari yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To`lov balansidagi yirik taqchillik, 1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi.
Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda turlicha iqtisodiy o`sish yuz berganligi ham o`z ta`sirini o`tkazdi. 1961 yil martida yuzaga kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to`lov balansi natijasida, nemis markasi va golland guldenining revalvatsiyasi yuz berdi.
Bir paytning o`zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq bosim ostida qoldi.
Ko`rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida, 1967 yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Buning natijasida oltinga bo`lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning kamayishiga olib keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib keldi.
1960 yillarga kelib, AQSH to`lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 mlrd. dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning o`zida, AQSHga nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o`sib, 1970 yilda u AQSH ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko`p edi. 1971 yilning iyuniga kelib AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortdi. Bu Brettonvud tizimining amalda bekor bo`lishini bildirardi.


XULOSA
Xulosa qilib aytamizki asta-sekin valyuta munosabatlarini maqsadga muvofiqlashtirish, ya'ni
milliy valyuta tizimlari va valyuta siyosatlari uslublarining tarkibiy tuzilmalarini o'zaro yaqinlashtirish; muvofiqlashtirgan holda boshqarish - o'zaro maslahatlar yo'li orqali valyuta siyosati maqsadlarini o'zaro kelishib olish; soddalashtirish - yagona valyuta siyosatini amalga oshirish kabilar uchun sharoitlar etildi. Biroq valyuta integratsiyasi jarayoni iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish bosqichidan boshlanadi. Ushbu ittifoq chegarasida raqobatning o'zaro teng shartlari va mazkur sohadagi qonunchilikni soddalashtirilishi asosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar, valyutalarning erkin harakati ta'minlanadi. Integratsiya jarayoni yagona bozorni shakllantirish va ushbu asosda iqtisodiy va valyuta ittifoqiga erishishga yo'naltirilgan bir necha bosqichdan iborat. 1958-1968 yillarda (o'tish davri) bojxona ittifoqi tuzilgan edi. Bojxona bojlari va o'zaro savdodagi cheklovlar bekor qilindi, Yevropa Iqtisodiy hamjamiyatini xorij raqobatidan himoyalash maqsadida uchinchi davlatlardan tovarlar olib kirishga yagona bojxona to'lovi kiritildi. 1967 yilga kelib umumiy agrar bozori shakllandi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholarini muvofiqlashtirishning maxsus rejimi kiritildi. Qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va fermer xo’jaliklarini xonavayron bo'lishdan saqlash maqsadida Yevropa Ittifoqining agrar fondi tashkil etildi. Bojxona ittifoqi iqtisodiy va valyuta siyosatining davlatlararo kelishuv elementlari bilan to'ldirilib borildi. Kapital va ishchi kuchi harakati bilan bog’liq ko'pchilik cheklovlar bekor qilindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
  1. Abel A.B., Bernanke B.S., Crouchore В. Macroeconomics. USA. 2018.


  2. Shapiro E. Macroeconomic analysis. –Oxford, 2015.


  3. Махмудов Н.М., Аскарова М. Макроиқтисодий тахлили ва прогнозлаштириш. Дарслик. Т.; Фан ва технологиялар, 2014.


  4. Ташпулатова Л.М. Макроэкономический анализ. Учебное пособие. УМЭД. Ташкент, 2006.


  5. Тешабаев Т.З., Отакузиева З.М. Макроиқтисодиет. Маърузалар матни. ТАТУ, 2015.


  6. Бобокулов Т.У.Халақаро валюта муносабатлари. Маъруза матни. Тошкент, ТМИ. 2015.



Download 68,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish