2.3 Mebel sifatini tekshirish
Mebel sifati respublika standarti asosida tekshiriladi. Qabul vaqtida hamma mebellarning yuzasidagi nuqsonlari, qoplama materiallari, tashqi ko’rinishi va ishlatish qulayligi birma-bir tekshiriladi. O’lchami va qo’shim cha asbobsiz yig’ish qulayligini tekshirish uchun 2 marta 5 % dan buyum lar olinib nazoratdan o’tkaziladi. Tekshirish paytida bironta yaroqsiz buyum chiqsa, qabul to’xtatilib, mebellarning hammasi yaroqsizga chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi korxona mebel sifatiga 1,5 yil kafolat beradi.
Yig’iladigan hamda to’plam mebellarning yo’riqnomasi bo’lishi kerak. Har bir qism va buyumda raqam bo’lishi lozim. Mahkamlovchi qismlar, kalit. tutqich shunga o’xshash ashyolar xaltachaga solinib, yig’iladigan qismlarning biriga osib qo’yiladi yoki to’plam mebellar biror buyumining tortmasiga solib qo’yiladi. Yig’ilgan mebellarning eshiklari qulflangan bo’lib, kalitlaridan biri orqasida osilgan bo’ladi. Mebel upakovkasiga «ehtiyot bo’ling, mo’rt», «dumalatilmasin» va «namlikda buziladi» deb yoziladi.
Mebellarning 11-15 raqam dan iborat shartli belgilari (artikullari) bo’ladi.1-2 raqamlari m ebelning turini ko’rsatadi. Oxirgi raqam qiya kasr chizig’idan keyin yozilib, mebelga qo’yiladigan qo’shimcha ustama narxidan olib tashlanadigan chegirmalarning shartli belgisini bildiradi. Qolgan raqamlar har bir guruh mebel uchun turlicha ma’noga ega. Masalan, 3-4 raqamlar mebellarning tuzilishini bildirsa, qutili mebellarning shartli belgilarida 3-5 raqamlari uning tuzilishi va balandligini ko’rsatadi. Stol-stul va ish kreslolari shartli belgilarining 5-6 raqamlari suyanchiq turini ko’rsatadi, oshxona mebellarining shartli belgilarida bu raqamlar mebelning uzunligi va enini bildiradi. Yum shoq mebellarda 5-raqam yumshoq ost qism ining turini ko’rsatadi. Qutili mebellarning uzunligi va enini 6-7 raqam lar ifodalaydi. Yumshoq mebellarning shartli belgisida shu raqamlar o’lchamidan tashqari, qoplama va pardoz turini hamda yumshoqlilik darajasini ko’rsatadi. Oshxona mebellarining shartli belgisida 7-raqam o’lchamlarini bildirsa, stol-stul va ish kreslolarining shartli belgisida bu raqam qoplama matolarining narxini bildiradi. 8-raqam stol-stul, ish kreslolari o’rindig’ining yumshoqlilik darajasini, qutili va oshxona mebellarining qoplama hamda pardoz turini, yumshoq mebelning esa qoplama matolari narxini ko’rsatadi. Bulardan tashqari, yumshoq m ebellarning shartli belgisida tiredan keyin yoziladigan yon tom onlarining tuzilishini tavsiflovchi 9-11 raqam lar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |