O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Darsda ko’riladigan rejalar: Yotoq yara - Uzoq yotib davolanayotganlar, ayniqsa keksa yoshlilar to‘qimalarida moddalar almashinuvining buzilishi tufayli terida o‘lik hujayralarning paydo bo‘lishi bilan yotoq yara vujudga keladi.
- Chunki yotoq yara uzoq yotib davolanishga majbur bo‘lgan ozg‘in, organizmi zaif bo‘lgan keksa yoshlilarda, qo‘l yoki oyoq singanda uzoq muddatli gips bog‘langanda, protez moslamalarning teriga bevosita tegib turishganida yuzaga keladi.
- Hattoki, bu oddiy ko‘ringan yaralar og’ir holatdagi yiringli yallig‘lanishlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Yotoq yara - Bemorlarning bir necha soatlab bir nuqtada qimirlamay yotishlari yotoq yara rivojiga asosiy turtkidir. Masalan, 4-6 soat qimirlamay yotish kasallik rivojiga kifoya qiladi.
- Dastlab teri biroz rangsizlanib dag‘allashadi. Ammo og‘riq sezilmaydi. Tez orada bu soha ko‘kimtir tusga kirib, suyuqlik to‘la pufakchalar ko‘zga tashlanadi yoki atrofi chegaralangan to‘q qizil dog‘ hosil bo‘ladi. Keyin bu joyning terisi shilinib yiringlashi mumkin.
- Buni o‘z vaqtida davolamasa, yotoq yara chuqurlashib teri osti qavatlari, mushaklar va suyak tuzilishiga ham ziyon yetqazishi ehtimoldan holi emas.
Yotoq yarada bo’lgan bemorlar parvarishi - Yotoq yara paydo bo‘lganda margansovka eritmasi, yod yoki brilliant ko‘ki (zelyonka) bilan tozalash tavsiya qilinmaydi. Chunki ular bilan terini artganda uning ustigina tozalanib, ichkaridagi mikroblar yo‘qolmay “bolalab” ketishi mumkin.
- Keyin bu vositalar terini yanada quruqlashtiradi hamda yotoq yara avj olishiga zamin yaratadi.
Yotoq yarada bo’lgan bemorlar parvarishi - Yotoq yara (yoki qotib qolgan joylar) paydo bo‘lishi kasallar yaxshi
parvarish qilinmaganligidan, tibbiy muassasada sanitariya madaniyati yuqori darajada emasligidan darak beradi. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi har gal o‘rinni qaytadan solganda, bemorning badanini, ayniqsa, yaralar paydo boiadigan (yoki qotib qoladigan) joylarni ko‘zdan kechirishi lozim. Tibbiyot sanoati oqma yaralar (yoki qotib qoladigan joylar) paydo bo‘!ishining oldini olish maqsadida, usti qat-qat burmali va elektr isitgichli shishirilgan, rezina aralashtirilgan to'shaklar ishlab chiqaradi. Yotoq yarada bo’lgan bemorlar parvarishi - Burun yo'llari, og‘iz, tanosil a ’zolari va orqa teshik suyuqlik ajralib chiqadigan asosiy manba va joylar hisoblanadi. Kasallar statsionarga yotgach, ularning har biriga alohida tufdon, siydikdon va tagiga qo‘yiladigan idish, agar zaruriyat tug'ilsa qusuq uchun toza tog‘ora ajratiladi.
- Kichik tibbiyot hamshirasi tufdonlar qopqoq bilan yopib qo‘yilishini kuzatib borishi, ichidagini muntazam ravishda to‘kib, xloraminning bir foizli eritmasi, dezokson-I ning 2 foizli eritmasi yoki boshqa dezinfeksiya vositalari bilan dezinfeksiya qilishi lozim.
- Agar bemorning burni dambadam oqib turadigan bo’lsa , unga bir marta foydalaniladigan qog'oz dastro'mollar va doka niqoblar beriladi.
Bemorlar ajratib chiqaradigan suyuqliklar gigiyenasi - Balg 'am, qusuq bo'tqasi (me’da yuvilgan suv), shuningdek laboratoriyada tekshirib ko'rish uchun olinadigan siydik va najas uchun idishlar toza, quruq va belgi qo'yilgan (kasalning ismi sharifi, yotgan bolimi, materialning xili, u qachon olingani va tekshiruvdan maqsad yozib qo'yiladi) bo'lishi kerak. Yura olmaydigan va siydigini tutib tura olmaydigan kasallarga qovug'ini bo‘shatish uchun siydikdon beriladi.
- Siydikdonlar erkaklar yoki ayollarga moijallangan bo‘lib. shisha yoki sirlangan idish bo'lishi mumkin.
- Yura olmaydigan har bir bemor uchun karavotining yonida turadigan alohida siydikdon ajratilishi lozim.
Yotoq yaradan saqlovchi chora tadbirlar - O‘rindan turishga qiynaladigan bemorlaning ostiga
kleyonkasolish umuman mumkin emas. Bu teridagi qon aylanishini izdan chiqaradi. Yaxshisi kattalar uchun bir martalik pamperslardan foydalaning; Yotoq yaradan saqlovchi chora tadbirlar - Shifokor bilan maslahatlashgan holda teri epiteliy to‘qimasini bezarar saqlaydigan surtmalardan foydalaning.
- Terida qizarish paydo bo‘lganda yodofor
eritmalari (1% li yodopirona, etadin) bilan arting.
- Bu dori teridan ichki qavatlargacha kirib ko‘plab
zararli mikroorganizmlarga qiron keltiradi;
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |