3-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari
Qonunchilik palatasi faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
4-modda. Qonunchilik palatasiga saylov
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi
bilan belgilanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |