Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
—
Oʻzbekiston
parlamenti
, oliy davlat vakillik, qonun
chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning
umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis
koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan
saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq
Oliy Majlisga
saylovlar 1999-yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004-yillarda faoliyat koʻrsatgan.
Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita
milliy dastur, 240 ta qonun, 468
ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta
qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy
vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy
asoslarini shakllantirish, bozor
iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik,
davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-
yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi
Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda
Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga
saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil
etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002-yil 4-aprel), "Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002-yil 12-dekabr), "Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002-yil 12-dekabr) Konstitutsiyaviy qonunlar,
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-
yil 29-avgust), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-
yil 29-avgust) kabi qonunlar tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir
mandatli saylov okruglari
boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli
bilan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat
aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar
orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat,
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli
fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25
yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi
hududida muqim yashayotgan
fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining , viloyat, tuman,