O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 86,24 Kb.
Sana14.12.2019
Hajmi86,24 Kb.
#30248
Bog'liq
116-II 03.12.2010



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida g‘oyat muhim voqea bo‘ldi. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgartirishlar jarayoni, O‘zbekistonning demokratik va iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishdagi asosiy yutuqlari chuqur tahlil qilindi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ochiq demokratik davlat qurishning, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.



Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga — bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan ochiq demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, O‘zbekiston dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan o‘rin olishiga qaratilgan. Konsepsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, O‘zbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish hamda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning Konsepsiyada belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan uzoq muddatga mo‘ljallangan konkret harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lishi kerak.

Mamlakat Prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzasida qo‘yilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan, har bir senatordan va barcha darajalardagi deputatlardan yuksak tashabbuskorlikni, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligini hamda parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirishni, o‘z ishida umumdavlat va mintaqalar manfaatlari uyg‘un qo‘shib olib borilishini ta’minlashni talab qiladi. Senat Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining eng muhim vazifasi Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilik, O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi e’tiboriga yetkazishdan iborat.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoidalari va xulosalari butunlay va batamom ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining eng muhim vazifasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdan iborat deb hisoblansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

3. Qonunchilik bazasini, nazorat-tahlil ishini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining quyidagilarga qaratilgan ustuvor vazifalari sifatida belgilansin:

davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, davlat hokimiyati subyektlari o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish;

sud-huquq tizimini isloh qilish, uni demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlash, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy davlatni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy bilimlarni yaxshilash;

axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari bilan davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni barcha choralar bilan mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta’minlash;

mamlakatda amal qilib turgan huquqiy normalar demokratikligining eng muhim masalasi, xalq xohish-irodasini ifoda etishining, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishining asosiy shakli sifatida saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;

fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida o‘zaro hamkorligini huquqiy va institutsiyaviy ta’minlash;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, vazifalarini kengaytirish hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’minlash;

demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk huquqini himoya qilishni huquqiy ta’minlash, oilaviy, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik faoliyatining ishonchli kafolatlarini yaratish.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin:

vakillik hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining qoidalari va xulosalaridan kelib chiqadigan vazifalari to‘g‘risidagi masalani va ushbu qarorni ko‘rib chiqish;

mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, turar joylarda, korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda keng muhokama qilishni tashkil etish;

Konsepsiya qoidalaridan kelib chiqadigan aniq va maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni o‘zlarining 2011-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan ish rejalariga kiritish.

5. Ushbu qaror ijro etilishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga yuborilsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorni bajarishning borishi to‘g‘risida 2011-yil 1-martgacha va tegishincha har yili 10-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot taqdim etsin.

7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV

Toshkent sh.,

2010-yil 3-dekabr,

116-II-son

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli Qarori bilan


TASDIQLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan

HARAKAT DASTURI

Ma’ruzaning asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yo‘nalishlari

Asosiy tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

1.1. Davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash

1.1.1. Davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi majlislarida, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlarining sessiyalarida muhokama qilish yakunlari Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida eshitilishini ta’minlash.

Senatorlarning mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari bilan vakillik organlarining demokratik ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ilgarilatishdagi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik, fuqarolik nazoratini amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish.



2010-yil dekabr oyi — keyingi yillar

Senat Kengashi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

1.1.2. Davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi asosida Senatning, Senat Kengashining, Senat qo‘mitalari va komissiyalarining parlament oldida turgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faoliyatidan jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.

2010-yil dekabr oyi — keyingi yillar

Senat Kengashi, Senat qo‘mitalari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi

1.1.3. Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipini bosqichma-bosqich amalga oshirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti o‘rtasida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini Senatning yalpi majlislarida eshitish va muhokama qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ro‘yobga chiqarish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senat Kengashi, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

1.1.4. Xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlarining eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi masalani o‘rganish. Yakunlarini Senat Kengashining sayyor majlisida xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlari bilan birga muhokama qilish.

2011-yilning
III choragi

Senat Kengashi, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

II. Sud-huquq tizimini isloh qilish

2.1. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud hokimiyatini mustahkamlash hamda fuqarolarning sud tomonidan himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirish, huquqiy davlatni shakllantirish va jamiyatning huquqiy bilimlarini yaxshilash.

2.1.1. Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish chog‘ida sud nazoratini kuchaytirish; “Xabeas korpus” institutini qo‘llanish doirasini kengaytirish; sudning mustaqilligi, obyektivligi, xolisligini ta’minlash, jinoyat protsessida o‘zaro tortishuv prinsipini kuchaytirish; tezkor qidiruv tadbirlarini amalga oshirish chog‘ida qonuniylikka rioya qilishning, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning real huquqiy kafolatlarini yaratish; ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab Senat qo‘mitalari tomonidan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2010-yil
dekabr oyi

Senat Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

2.1.2. Toshkent shahrida “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat-tahlil faoliyati tartibida o‘rganish, bu sohada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston advokatlar palatasi

2.2. Davlat hokimiyati organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatida qonunchilikka rioya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirishda adliya organlarining rolini belgilab beradigan huquqiy mexanizmlarni o‘rnatish.

2.2.1. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tizimida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimining samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini olib borishda adliya organlarining roli. Xalqaro tajriba va amaliyot” mavzuida davra suhbatini o‘tkazish.

2011-yilning
II choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi va Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

2.3. Aholining yuksak siyosiy madaniyati va huquqiy ongini, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuyg‘usini ta’minlash.

2.3.1. Aholining yuksak huquqiy madaniyatini, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuyg‘usini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

ish rejasiga muvofiq

Senat Kengashi, Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

2.3.2. Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining ta’lim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuyg‘usini ta’minlash borasidagi faoliyati haqidagi axborotini eshitish .

2011 yilning birinchi yarmi

Senat Kengashi, Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi

III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash

3.1. So‘z erkinligini ta’minlash, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat mexanizmini bartaraf etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunlarni yanada takomillashtirish.

3.1.1. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda axborot resurslariga kirish mexanizmlarini aniqlash maqsadida:

Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda, Matbuot va axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Davlat patent idorasi, Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, Fanlar akademiyasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning birinchi yarmi

Sirdaryo viloyatida “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning birinchi yarmi

Buxoro va Namangan viloyatlarida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning ikkinchi yarmi

Navoiy viloyatida “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishining borishini nazorat tartibida o‘rganish.

Tadbirlar yakunlari bo‘yicha — “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, shuningdek bu sohalarda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2012-yilning ikkinchi yarmi

3.1.2. Mamlakatda islohotlar siyosati, davlatning tashqi va ichki siyosatini amalga oshirayotgan ijro hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligini ta’minlash; teleradiodasturlarni yaratish va tarqatish sohasidagi raqobatni yanada rivojlantirish, yangi istiqbolli eshittirish texnologiyalarini joriy etish (mobil va raqamli televideniye, teleindustriyaning yangi istiqbolli tarmoqlarini yaratish) uchun sharoit tug‘dirish; ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini yanada kuchaytirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

Tadbirlar yakunlari bo‘yicha — “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi to‘g‘risida”gi, “Teleradioeshittirish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2010-yil dekabr oyi — 2011-yil davomida

Senat Kengashi, Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi, Senatning Matbuot xizmati, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

IV. Saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish

4.1. Saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish

4.1.1. Davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida: saylov qonunchiligini demokratlashtirish yuzasidan Konsepsiyada bayon etilgan takliflar keng yoritilishini ta’minlash — saylov erkinligi prinsipini amalga oshirish va deputatlikka nomzodlarga teng sharoitlar ta’minlab berish mexanizmlarining samaradorligini oshirish, shu jumladan saylovoldi tashviqotining shakl va usullarini takomillashtirish, muddatidan oldin ovoz berish mexanizmini, saylovchilarning huquqlarini himoya qilish tartibini shakllantirish va qonunchilikni demokratlashtirish masalalariga, hokimiyatning vakillik organlariga saylov o‘tkazish amaliyotiga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish.

2011-2012-yillar — ish rejasiga muvofiq

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi (kelishuvga muvofiq) va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

4.1.2. Nazorat-tahlil faoliyati tartibida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Sirdaryo viloyatida — “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, Surxondaryo viloyatida — “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, Toshkent shahrida — “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini o‘rganish.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, doimiy komissiyalar, deputatlar guruhlarining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalarini hal qilishdagi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (kelishuvga muvofiq) va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish

5.1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti — mahalla faoliyat yuritishining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash.

5.1.1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish, mintaqalarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish borasidagi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar: Qashqadaryo viloyatida — “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Xorazm viloyatida — “Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining borishini nazorat tartibida o‘rganish.

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va “Mahalla” jamg‘armasi bilan birgalikda

Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifalari mahallalar tomonidan ro‘yobga chiqarilishi masalasi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, “Mahalla” jamg‘armasi, boshqa jamoat birlashmalarining vakillarini jalb etgan holda Andijon va Buxoro viloyatlarida sayyor seminarlar o‘tkazish.

Mahallani aholini manzilli va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, mahallaning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.



2011-yilning
III choragi

5.2. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishini ta’minlash, ularning amalga oshirilayotgan islohotlar ochiqligi va samaradorligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish, eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda hamda katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini yaratish.

5.2.1. Sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirok etishi amaliyotini joylarda o‘rganish. Eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Ana shu maqsadlarda Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining, xususan atrof-muhitni muhofaza qilish, kasanachilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga, ular tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishiga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish.



O‘rganish yakunlari bo‘yicha — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2011-2012-yillar — ish rejasiga muvofiq

Senatning Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda

5.2.2. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan:

Buxoro viloyatida “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

Surxondaryo viloyatida “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Farg‘ona viloyatida “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi

Namangan va Jizzax viloyatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

Xorazm viloyatida “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida o‘rganish.

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda

VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

6.1. Iqtisodiyot sohasida demokratik o‘zgartirishlarni, liberallashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish.

6.1.1. Konsepsiyaning xususiy mulk huquqini va uni himoya qilishni mustahkamlash, xususiy mulkdorlar uchun ishonchli kafolatlar tizimini yaratish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotni boshqarish tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishning boshqa masalalariga yo‘naltirilgan qoidalarini muhokama qilishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish. O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha — amaldagi qonunlarni takomillashtirish, shu jumladan “Xususiy mulkni muhofaza qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2011-2012-yillar — ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi

6.1.2. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida o‘rganish.

Korporativ boshqaruv va nazorat organlari vakolatlarini, huquqlari va majburiyatini yanada aniqroq belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari, umumiy yig‘ilishlari va taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish; minoritar aksiyadorlar uchun ko‘proq kafolatlarni ta’minlash; barcha aksiyadorlar va bo‘lajak investorlar aksiyadorlik kompaniyalarining faoliyatiga doir axborotdan foydalanishini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

6.1.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etish masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar vakillarini taklif etgan holda parlament eshituvlarini amalga oshirish:

Toshkent viloyatida — “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida — “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitasi

Toshkent shahrida — “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini.

2012-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Ko‘rsatib o‘tilgan nazorat tadbirlarining yakunlari bo‘yicha — davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida tayyorlanishi nazarda tutilgan yangi tahrirdagi “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

6.1.4. Kichik biznesning (xususiy tadbirkorlikning) mamlakat iqtisodiyotidagi ko‘lami va ulushining yanada kengayishini ta’minlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining borishini nazorat tartibida o‘rganish.

Nazorat faoliyatining natijalarini Senat qo‘mitasining xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikdagi sayyor majlisida muhokama qilish. Yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda

6.1.5. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida”gi, “Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini qabul qilish va amalga oshirish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bir qator davra suhbatlari o‘tkazish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi

6.1.6. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi so‘zsiz bajarilishida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’uliyati to‘g‘risidagi masala yuzasidan Senat qo‘mitasining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qo‘shma sayyor majlislarini o‘tkazish.

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari

6.1.7. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish masalasi bo‘yicha Senat qo‘mitasining Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qo‘shma sayyor majlislarini o‘tkazish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 496-modda)

Download 86,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish