O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 327,39 Kb.
bet2/6
Sana24.01.2022
Hajmi327,39 Kb.
#407940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SQ-425-II 10.04.2014

Viloyatlar

Tumanlar

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, korxonalar

Andijon viloyati

Andijon shahri

Hokimlik

Baliqchi tumani

Hokimlik

Izboskan tumani

Hokimlik

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Hokimlik

Dehqonobod tumani

Hokimlik

Chiroqchi tumani

Hokimlik

Koson tumani

Hokimlik

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Hokimlik

Karmana tumani

Hokimlik

Navbahor tumani

Hokimlik

Namangan viloyati

Namangan viloyat hokimligi

Namangan shahri

Hokimlik

Pop tumani

Hokimlik

Chust tumani

Hokimlik

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Hokimlik

Viloyat “Elektr tarmoqlari” korxo­nasi

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘ar­masi viloyat bo‘limi

Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi

Samarqand shahar “Elektr tarmoq­lari” korxonasi

Samarqand tumani

Hokimlik

Aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishga ko‘makla­shish markazi

Pastdarg‘om tumani

Hokimlik

Tuman pensiya jamg‘armasi

Aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishga ko‘makla­shish markazi

Ichki ishlar bo‘limi

Paxtachi tumani

Hokimlik

Ichki ishlar bo‘limi

Surxondaryo viloyati

Termez shahri

Hokimlik

�o‘rchi tumani

Hokimlik

Denov tumani

Hokimlik

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

Hokimlik

Prokuratura organlari

Ichki ishlar organlari

Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi

Yangiyer tumani

Hokimlik

Prokuratura organlari

Ichki ishlar organlari

Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi

Sardoba tumani

Hokimlik

Xalq ta’limi muassasalari faoliya­tini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi

Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

Hokimlik

Xalq ta’limi muassasalari faoliya­tini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi

Farg‘ona shahar hokimligi huzuridagi uy-joy masalalari bo‘limi

Quva tumani

Hokimlik

Quva tumani hokimligining moliya bo‘limi

Quva tumani tibbiyot birlashmasi

Xalq ta’limi muassasalari faoliya­tini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi

Qo‘shtepa tumani

Hokimlik

Aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishga ko‘makla­shish markazi

Bag‘dod tumani

Hokimlik

Qo‘qon shahri

Hokimlik

Xususiy uy-joy mulkdorlari shir­katlari uyushmasi

Dang‘ara tumani

Hokimlik

Xorazm viloyati

Yangiariqtumani

Hokimlik

Xonqa tumani

Aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishga ko‘makla­shish markazi

Toshkent shahri

Tashkent shahri

Hududiy kommunal ekspluatatsiya bir­lashmasi

Chilonzor tumani

Hokimlik

Xalq ta’limi muassasalari faoliya­tini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi

Tuman tibbiyot birlashmasi

Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi

“Toshelektrotarmo” tuman bo‘limi

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘ar­masi tuman bo‘limi

“Toshissiqlikquvvati” unitar ishlab chiqarish korxonasi tuman bo‘limi

Yunusobod tumani

Hokimlik

Mirzo Ulug‘bek tumani

Hokimlik

Tuman “Mahalla”xayriya jamoat fondi

Ushbu monitoring doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) topshirig‘iga ko‘ra “Ijtimoiy fikr” Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

davlat organlariga arizalar, takliflar yoki shikoyatlar bilan murojaat qilayotgan fuqarolar tomonidan tashkilotlarga berilgan bahoni aniqlash, ushbu tashkilotlarning fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishiga doir ishlarni tashkil etish;

davlat organlari vakillarining fuqarolar murojaat qilgan vaqtda ularga nisbatan munosabati xususiyatini aniqlash;

fuqarolar davlat organlariga murojaat qilganda ularning o‘z huquqlarini amalga oshirish tartibi va tartib-taomili haqidagi bilim darajasi va xabardorligini aniqlash;

fuqarolarning “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respubliasi Qonunini bilishi va undan xabardorligi darajasini aniqlash;

davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishi sifatini oshirish maqsadida fuqarolarning fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga doir fikr-mulohazalarini bilish, shuningdek fuqarolarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga murojaat qilish tartib-taomilini soddalashtirish.

Tadqiqotlar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazildi. So‘rovning umumiy miqyosi 150 nafar respondentdan iborat bo‘ldi.

Monitoring jarayonida quyidagi to‘rtta tashkilotga keluvchilar so‘rovdan o‘tkazildi:

1. Tuman va shahar hokimliklari.

2. Tuman ichki ishlar bo‘limlari.

3. Tuman va shahar ijtimoiy ta’minot xizmatlari.

4. Fuqarolar yig‘inlari hamda tuman va shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondlarining vakillari.

Monitoring doirasida normativ-huquqiy bazani o‘rganishga oid o‘tkazilgan tadqiqotlar mazkur huquqlar mavjud qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan, deb aytish uchun asos beradi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqishni tashkil etish borasida davlat tomonidan xizmatlar ko‘rsatishga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat davlat tomonidan xizmatlar ko‘rsatish andozalari va arizachilarning barcha huquqlarigina emas, balki fuqarolarni shaxsan qabul qilishni tashkil etish va o‘tkazish chog‘ida bu huquqlarni amalga oshirish, fuqarolarning yozma hamda og‘zaki murojaatlarini ro‘yxatga olish va ijro etish tartibotlari ham batafsil bayon etilgan.

Shu bilan birga, respublikamiz mintaqalarida o‘tkazilgan monitoring tadqiqotlarining natijalarini tahlil qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular hududiy bo‘linmalarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etishga doir faoliyati, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, hozirgi vaqtga qadar ham samarali bo‘lmayotganligidan dalolat beradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish chog‘ida fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarining ko‘plab buzilish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Bunday qoidabuzarliklarning eng ko‘p uchraydigan turlari quyidagilardir:

1. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etishga doir faoliyati, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, hozirgi vaqtga qadar ham tizimli xususiyatga ega emas, bir xil va samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Fuqarolarning davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqini amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy tartibotlar har doim ham o‘z vaqtida ishlab chiqilib, joriy etilavermaydi.

2. Murojaatlar bilan ish olib borishda qonun hujjatlarining murojaatni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish shartligi, ularni xolis, har tomonlama va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ta’minlanishi kerakligi to‘g‘risidagi, fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash yoki himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligi haqidagi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslarning murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mohiyatiga ko‘ra yozma javob berish majburiyati to‘g‘risidagi talablarini buzish hollari uchrab turadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim mansabdor shaxslar fuqarolarning davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishiga nisbatan vijdonsiz munosabada bo‘lishi hokimiyat organlarining aholi orasidagi obro‘siga putur yetkazadi va qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilmaydi.

3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida hamon arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzish va bu muddatlarni uzaytirish tartibini buzish, qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibini lozim darajada tushuntirmaslik, sansalorlik, odamlarning muammolari va ehtiyojlariga yuzaki munosabatda bo‘lish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Monitoring tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, davlat hokimiyati organlarida murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilayotgan sansalorlik holatlari keng tarqalib bormoqda. Fuqarolarning murojaatlarini qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqmaslik, murojaatlarni hal qilish uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi haqida fuqarolarni xabardor qilmasdan murojaatlarning muddatlarini uzaytirish eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarlikka aylanib qoldi.

4. Fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishda foydalaniladigan murojaatlarni hisobga olish shakli, xatlarning ijrochilarga yetkazilish tartibi va arizachilarning dalillarini tekshirish, olib borilgan ish natijalari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan tahliliy umumlashtirish muhim ahamiyatga ega. Biroq ish yuritishni olib borish tartibiga har doim ham rioya etilavermaydi, og‘zaki va yozma murojaatlarni, shuningdek ishonch telefonlari orqali tushadigan murojaatlar va elektron murojaatlarni lozim darajada ro‘yxatga olmaslik hollari mavjud.

5. Fuqarolarni shaxsan qabul qilishni tashkil etish va qabulni yuritish ham takomillashtirishni talab etadi, chunki fuqarolarni qabul qilish tartibi hamma yerda ham tartibga solingan deb bo‘lmaydi, fuqarolarni qabul qilish jadvaliga har doim ham rioya etilavermaydi.

6. Fuqarolarning shikoyatlari ba’zan arizachining dalillarini tekshirmasdan fuqarolar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan organlarning o‘ziga yoxud fuqaroning u yoki bu muammosini hal qilish vakolati bo‘lmagan muassasalarga yuboriladi, shu tufayli ham fuqaro o‘z masalasini hal qilish uchun, aslida bu ish mahalliy organlarning vakolat doirasida bo‘lsa ham, markaziy organlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

7. Bir qator davlat organlarida fuqarolarning murojaatlari bilan axborot-tahliliy ishlar olib borilmaydi, qator davlat organlarining rahbarlari huzurida o‘tkaziladigan tezkor kengashlarda fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etish va bu ishlarning holati masalalarini ko‘rib chiqish amaliyoti ham lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa davlat organlarining rahbarlari tomonidan lozim darajadagi idoraviy nazorat yo‘lga qo‘yilmagan, degan xulosa chiqarishga olib keladi.

8. Ba’zan fuqaroni davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlariga shikoyat bilan murojaat qilganligi uchun ta’qib etib, fuqaro huquqlarining qo‘pol tarzda buzilishi hollariga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Holbuki fuqarolar huquqlarini buzgan organlar hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan.

9. Fuqarolar mansabdor shaxslar tomonidan poraxo‘rlik va ta’magirlikka yo‘l qo‘yilayotganligini o‘z masalalari ijobiy hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabab sifatida ko‘rsatib o‘tayotganliklari juda tashvishlanarli holdir, bu esa davlat organlari xodimlari, davlat tuzilmalarida ishlayotgan boshqa mansabdor shaxslar o‘rtasida o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish holatlariga qarshi kurashni kuchaytirishni talab etadi.

Monitoringni amalga oshirish davomida aniqlangan fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid eng ko‘p uchraydigan holatlar ana shulardan iboratdir.

“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganishga doir monitoring tadqiqotlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida fuqarolarning murojaatlari bilan yetarli darajada samarali ish olib borilmayotganligining asosiy sabablarini aniqlash imkonini berdi, quyidagilar ana shunday sabablar qatoriga kiritiladi:

murojaatlar bilan ish olib borishni huquqiy va tashkiliy-uslubiy ta’minlash masalalariga tizimli yondashuv yo‘qligi;

fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari rahbarlar tomonidan bajarilmasligi;

davlat organlari ayrim xodimlarining fuqarolar arizalari va shikoyatlari bilan ish olib borish bo‘yicha yetarli darajada huquqiy jihatdan savodxon emasligi;

ayrim davlat organlari faoliyatining yopiqligi, shaffof emasligi, bu esa fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlik va rasmiyatchilikka olib kelayotganligi;

aholi aksariyat qismining huquqiy bilimlari darajasi pastligi, ularning qonunlarni bilmasligi, bu esa ayrim beparvo amaldorlarga fuqarolarning murojaat qilish huquqini buzib, jazosiz qolaverish imkoniyatini yaratadi.

Bayon etilgan kamchiliklar shundan dalolat beradiki, fuqarolar murojaatlarini hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar aholi ehtiyojlarini qondirish, fuqarolar uchun yaxshi hayot faoliyati hamda ular manfaatlarini himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq eng muhim vazifa sifatida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan har doim ham munosib baholanavermaydi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining huquqni qo‘llash amaliyotini kuchaytirish maqsadida davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining fuqarolar arizalari va shikoyatlari bilan ish olib borish bo‘yicha huquqiy madaniyatini oshirish;

mamlakatimiz aholisining huquqiy savodxonligi darajasini hamda fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga doir bilimlarini oshirish.

Monitoring natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilindi.

III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyati

Ombudsman instituti fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirib, mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining normalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Hisobot yilida Ombudsmanga fuqarolardan 11733 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 7712 ta ariza va shikoyat — Ombudsmanning markaziy idorasiga, 979 ta murojaat esa — mintaqaviy vakillariga kelib tushgan.

T/r


Download 327,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish