Leshiy borodu pochEsqvaet Palku sumrachno obtqEsqvaet Blok.
Sostavi jihatidan qofiya sodda va murakkab (sostavli) bo‘lishi mumkin.
Sodda. Birgina so‘zdan iborat bo‘ladi.
Ulg‘aydim, yor senga mubtalo bo‘ldim.
Ko‘zini ko‘rsatdi shunda go‘zallar
Hazil - hazil bilan muchallar o‘tdi
Kulmasin o‘spirin yoshli go‘zallar G‘.G‘ulom
Sostavli (murakkab): birdan ortiq so‘zdan tuzilgan.
- qo‘shma so‘zdan:
Er yuzida yaSHagan inson
Mayliga u qaerli bo‘lsin
Tinch mehnatda kunlari shodon
Kechalari xayrli bo‘lsin E.Vohidov
Uyg‘on, quyosh o‘ynar yuzingda,
Bugungi tong shunchalar go‘zal.
Lovillaydi SHafaqlar yal-yal,
Nechun hayol qotmish ko‘zingda.
Kiprigingda yosh olmos – olmos,
Nechun sening uyg‘onging kelmas.
sostavli so‘z yoki jumladan:
Bo‘ydoq to‘rt yuz karnay ham
SHo‘x qo‘shiq, sho‘x kulgilar
Oqsin go‘yo SHarSHara,
To‘rt yuz rubob, to‘rt yuz tang,
To‘rt yuz jezu zar nay ham. Mirtemir
pantorifma: butun misra qofiyalaSHadi.
YUlduzni uzib beray,
Kunduzni tuzib beray. H.Olimjon
Pantorifma mumtoz adabiyotda ham mavjud bo‘lib, uni tarse deb yuritiladi.
Kirsun bu savodi a’zam ichra,
Kezsun bu bilodi motam ichra. A.Navoiy
Omonim qofiya. SHakli bir xil, biroq ma’nosi turlicha bo‘lgan so‘zlardan tuzilgan qofiya.
Boqib ko‘nglim uchun necha martaba,
Nega bunday qilding, charxi kajraftor.
Bir sohilga berib yuksak martaba,
Boshqa bir sohilni qilding xokisor. E.Vohidov
Bunday qofiya SHakli mumtoz adabiyotda ham uchraydi.
Boqar oxulayin har yon o‘shal ikki qaro ko‘zlar
Hadangi g‘amzasin otmoq uchun go‘yo qaro ko‘zlar Atoyi
Qofiyaning bu turi mumtoz adabiyotda asosan tuyuq uchun xarakter-lidir.
Jangga soldi daxr g‘urbat norini (anor)
Ko‘z yoshim bo‘ldi mo‘g‘ulning norini (norin)
Bu arada men degandek bo‘lmasa,
Ko‘zlayin Issiq qo‘l, undan norini ( nariroq)
So‘z o‘yini. Qofiyaning bu turi omonimdan farqli o‘laroq bir so‘zdan iborat bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari, so‘z o‘yini (kalambur) qofiyada askiya, hazil, lutf elementlari ham bo‘ladi.
Tavtologik qofiya ham o‘z tuzilishi jihatidan omonim hamda kalambur qofiyaga yaqin turadi. Farq shundaki, tavtologik qofiya bir SHakldagi so‘zdan tuzilib, mazmun jihatidan ham bir-biridan farq qilmaydi.
Yo‘q, kerakmas, qo‘ying, kerakmas,
Menga orom istamang, do‘stlar
Xilvat soz deb qistamang, do‘stlar
Qo‘ying, bunday orom kerakmas. A.Oripov.
Grammatik tuzilish jihatidan qofiyani quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Ot qofiya. Ot hamda ism so‘zlar (sifat, son)dan yasalgan qofiya.
YOg‘ar edi pag‘a - pag‘a qor,
Dalalarda izg‘ir oq quyun.
YO‘llar jimjit. Ingrar daraxtzor,
Qishloq uzra qoru ko‘k tutun Oybek
Fe’l qofiya. Fe’l hamda boshqa yordamchi so‘zlardan tuzilgan qofiya.
SHabboda, men seni ko‘rmayman
Qo‘limga tutmayman
Jamoling ne taxlit so‘rayman
Javobing kutmayman Zulfiya
Grammatik bir xil. Bir xil so‘z turkumidan tuzilgan.OT:OT
yo‘lkalar : o‘lkalar
ko‘klam : o‘lkam
boyonlar : chayonlar
Sifatdosh : sifatdosh
yugirib : sug‘urib
otar : botar
Fe’l : fe’l
o‘rgayman : ko‘rgayman
kechmasa : ichmasa
o‘payin : ko‘payib
Grammatik har xil. Turli so‘z turkumlaridan tuzilgan.
Osonmas, osonmas shoir yurakka, = ot
Unda tumanlarning dardi, ohi bor
Unga bu dunyoda yaSHash murakkab = sifat
CHunki shoir qalbning ishtibohi bor E.Vohidov.
O‘zak qofiya. So‘zning o‘zagidan tuzilgan qofiya.
yiroq : firoq
ochiq : oshiq
SHahar : haSHar
temir : tomir
Qofiyalarning o‘rniga ko‘ra turlari.
Boshlanma (anaforik) qofiya.
Sababi shunda edi,
Ko‘nglim tugunda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |