O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
O‘quv motivlari
O‘quv topshiriqlari
O‘quv harakatlari
O‘qituvchining nazorati
O‘qituvchining baholashi
D.B.Elkonining ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi.
Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:
Ta’limning maqsadi-nima uchun o‘qitish kerak?
Ta’limning mazmuni-nimaga o‘qitish kerak?
Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari
Ta’lim beruvchi
O‘quvchi
Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalri xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi:
-faoliyatning anna shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o‘zlashtirilishiga;
-maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va foydalanishga bog‘liq.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati:
Motivatsiya.
Ma’lumot usullari.
Malumotning tushunarliligi.
Xotira
Ma’lumotni qo‘llash.
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik markaziy maslalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy hatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.YA.Galperin).
P.Y.Galperin-nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ulaga:
1. Motivatsiya
2. Tushuntirish
3. Moddiy formadagi xatti-harkatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajartiladi:
-birinchi turda–xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib etmaydi;
-ikkinchi turda-materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
-uchinchi tur-tez, samarador, va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |