Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi asosan tijoratning psixologik shart-sharoitlarini, ehtiyojlarning psixologik xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish psixologiyasini, moddalar psixologiyasini o‘rganadi.
Yosh psixologiyasi - turli xildagi psixik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi.
Anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya miya faoliyatini buzilishi natijasida yuzaga keluvchi turli patologiyaga ega bo‘lgan shaxslarni psixikasi bilan shug‘ullanuvchi psixologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |