Tarmoqlar quyidagilardan iborat:
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi.
Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyatining va bemor xulqining psixologik jihatlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘lik psixologik masalalarni o‘rganadi. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va boshqalarni tadqiq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |