Burxoniddin Zarnudjiy (1150 - ) "o‘qituvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma" kitobining bir bo‘limi "o‘qituvchi, o‘rtoq, fanlarni tanlash haqida" deb nomlanadi. Unda o‘quvchiga quyidagicha maslahat beradi:
"O‘qituvchi tanlaganingizda eng avvalo bilimliligiga, eng oliyjanobiga va yana keksasiga to‘xtamoq kerak ... Muallim, ustozga nisbatan hurmatda bo‘lish ifodasi shUki shogird muallimdan oldin yurmasligi, uning o‘rniga borib o‘tirmasligi lozim".
Sohibkiron Amir Temur (1336-1405) ham o‘z hUkmronligi davrida ilm ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o‘rnini muhim deb biladi. Ko‘plab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin etadi. o‘zining ustozlarini ham juda qadrlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |