10.2. USTAV FONDINING TASHKIL ETILISHI VA UNI HISOBGA OLISHNING XUSUSIYATLARI
Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarda belgilangan korxona mulkini tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgizishda ta’sischilarning (qatnashchilarning) pul ifodasida qo‘ygan mablag‘larining (ulushlari, nominal qiymatidagi aktsiyalari) yig‘indisidan iborat.
Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona Ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilar qarori bilan korxona Ustavi va boshqa ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8510 – «Ustav kapitali» (fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi subschyotlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |