1.Tayyormahsulotdebqandaymahsulotgaaytiladi? A. Sotuvga chiqarilgan mahsulot
B. Davlat standartiga xos mahsulot
C. Barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor holga keltirilgan davlat stan- dartiga javob beradigan mahsulot
D. Texnik talablarga javob beradigan mahsulot
2. Tayyor mahsulotlarning analitik hisobi nechanchi jurnal orderda yuritiladi? A. 13- jurnal orderda B. 11- jurnal orderda C. 14- jurnal orderda D. 16- jurnal orderda
3.Korxonaningxo‘jalikmahsulotlarinio‘rnatishhaqidagio‘zarokelishuvi qandayshartnomadabelgilanadi? A. Hamkorlik shartnomasida
B. Xo‘jalik shartnomasida
C. Mehnat shartnomasida
D. Olib-sotish shartnomasida
4.TayyormahsulotnechanchisonliBHMAgaasosantartibgasolinadi? A. 10-sonli BHMA B. 4-sonli BHMA
C. 5-sonli BHMA D. 20-sonli BHMA
5.Ombordamahsulotharakatihisobvaraqlardaqandayyuritiladi? A. Natura ko‘rsatkichlarida
B. Ulgurji bahosida
C. Miqdor ko‘rsatkichlarida
D. Chakana bahosida yuritiladi
6.Tayyormahsulotlaranalitikhisobi: A. 10-qaydnomada B. 16-qaydnomada C. 12-qaydnomada
D. 11-qaydnomada yuritiladi
7.Sotishxarajatlarimoliyaviynatijalargao‘tkazilgandaqandayprovodka beriladi? A. D 9010 K 2010
B. D 9900 K 9410
C. D 9110 K 2810
D. D 9210 K 2810
8. Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS hisoblanganda qandayprovodkaberiladi? A. D 6410 K 9220
B. D 6410 K 2810
C. D 6410 K 2010
D. D 4010 K 6410
9.QQSsummasibudjetgao‘tkazilibberilgandaqandayprovodkaberiladi? A. D 4010 K 5110
B. D 6010 K 5110
C. D 5110 K 6410
D. D 6410 K 5110
10. Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakati qaysi qaydnomadayuritiladi? A. 16-qaydnomada B. 12- qaydnomada C. 10- qaydnomada D. 1- qaydnomada
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT
1- t o p s h i r i q.
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboriga
2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar qabul qilindi:
1.3-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan 865 dona sirlangan kastrulka qabul qilindi. Ularning 1 donasining tannarxi 1785 so‘mni tashkil qildi.
2.7-yanvarda 2-sexdan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan 10890 dona metall qoshiq tayyor mahsulotlar omboriga topshirildi. Ularning 1 donasining tannarxi 188 so‘m.
3.14-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan oshxona pichoqlari yig‘indisi 540 komplekt tayyor mahsulotlar omborga topshirildi.
1 ta komplektning tannarxi 1986 so‘mni tashkil qildi.
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboridan 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar xaridorlarga sotildi:
1.10-yanvarda 364-sonli yuk xati asosida 500 dona sirlangan kastryulka
«Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 1865 so‘mdan berildi.
2.10-yanvarda 364 – sonli yuk xati asosida 4500 dona metall qoshiq
«Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 192 so‘mdan berildi.
3. 21-yanvarda 453-sonli yuk xati asosida 320 komplekt oshxona pichoqlari yig‘indisi «Chorsu» universal do‘koniga 2036 so‘mdan berildi.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
2. Hisobot davri davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushishiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
3. Xaridorlarga tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganligiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.