Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temiryo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengil- lashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |