20-m o d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko‘rsatilgan ma’lumot- larning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so‘ng birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
21-m o d d a. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilgan vaqtda yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi.
Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Majburiyatlar ularni uzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlari bilan
tugatish balansida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |