O‘zbekiston respublikasi oli



Download 0,96 Mb.
bet143/202
Sana04.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#428643
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202
Bog'liq
Buxgal-xisobi (2)

Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
– buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);
– pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
– pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
– kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni bux- galteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
– buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi.
Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari bosh hisobchi tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart.
Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to‘liq rasmiy- lashtirilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimi va chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlarni rasmiy- lashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish