Goldji apparati (GA). Ular 7-8 nm qalinlikdagi membrana bilan
o'ralgan diktiosomalar, vezikulalar va sistemalar to'plamidan iboratdir. Ular
endoplazmatik to'rdan pufakchalar holda ajralib disk tayoqchalar ko'rinishida
to'planadi. O'simlik hujayralarida bir nechtadan bir necha yuztagacha GA
uchrashi mumkin. GA ni membranasi endoplazmatik to'r va plazmolemmi
membranasi bilan tutashgan bo'ladi. GA plazmolemmi va hujayra kobig'ini
shakllanishida ishtirok etadi. Shuningdek GA, vezakulalari tufayli
hujayralarda sekretorlik ya'ni shilimshiqsimon-suyuq moddalarni chiqarib
tashlashda ham qatnashdi. Golji apparatining diktiosomalarida gliko-
proteinlar va gliko-lipidlar shakllanadi (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |