3-rasm. Biologik membranalarning molekulyar tuzilishi.
Membrana tarkibiga kiruvchi lipidlar o'rin almashish xususiyatiga
egadir. Bu o'rin almashishi ikki tipda ya'ni o'zining yakka qavati doirasida
(literal diffuziya) va bir-biriga qarama-qarshi qavatlarda ikkita lipid
molekulalarining o'rin almashishi (flip-flop) tipida bo'ladi. Yakka qavatdagi
lipidlar diffuziyasida 1 soniya davomida millionlab lipidlar o'rin almashishi
mumkin. Bu hodisaning tezligi esa 5-10 mkm/s atrofida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |