11-rasm. Ikkilamchi lizosomalarning elektron mikrofotografiyasi
(N.Grin, U.Stauta, D.Teylor, 1990): 1-lizosomalarning yakka membranasi, 2-
lizomalar ichki mitoxondriyalari, 3-endoplazmatik retikulum.
Peroksisoma va glioksisomalar. O'simlik hujayralarida dumaloq
shakldagi, diametri 0,2-1,5 mkm bo'lgan va elementar membrana bilan
o’ralgan granulyar matriksli organoidlar uchraydi. Ular mikrotellar deb ham
ataladi. Mikrotellarning soni hujayradagi mitoxondriyalar miqdoriga yaqin
bo'ladi. Har xil fiziologik funksiyalarni bajaruvchi ikki tipdagi mikrotellar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |